8-MAVZU. NUTQNING JO`YALILIGI VA IFODALILIGI
Reja:
Nutqning jo’yaliligi va nutqiy muloqot
Nutqning og’zaki yozma shakllari
Nutqning ifodaliligi va uslublar
Agar nutq o’zida barcha kommunikativ sifatlarni mujassam etsa yu har jihatdan jo`yali, ya’ni o’z o’rnida bo’lmasa, u maqsad manziliga borib etmaydi. Jo`yalilik yuq joyda nutqning boyliq aniqliq ifodalilik kabi muhim sifatlarining mohiyati yuqoladi.
Sharqning buyuk pandnomachisi Kaykovusning shunday o`giti bor: "...Tilingni yaxshi hunar bila o’rgatg’il va muloyim so'zdin boshqa narsani odat qilmag’il. Nedinkim, tilga har nechuk so'zni urgatsang, shuni aytur,so'zni o’z joyida ishlat til so'z agar yaxshi bo’lsa ammo noo’rin ishlatilsa. Garchand u har nechuk yaxshi so'z bulsa ham yomon nobop eshitilur (ta’kid bizniki. - N.M.). Shuning uchun bexuda so'zlamagilki, foydasizdur. Bunday befoyda so'z ziyon keltirur va har so'zk undan xunar isi kelmasa, bunday so'zni gapirmaslik lozim. Hakimlar debdurlar: "So'z bir nash’adur, undan humor paydo bulur".
Xalqimiz donoligining bebaho yombilari, o’ktam o’zbek so'zining ko'rki bo’lmish maqol va matallarda ham ayni fikr bot-bot ta’kidlangan. Ularning ayrimlariga quloq tutaylik: "So'zga tushmagan so'zni aytma, Sozga tushmagan — g’azalni"; "Jo`yali so'z jo`yasin topar, Jo`yasiz so'z iyasin (egasin) topar"; "Jo`yaga tuya ham cho`kadi"; "O’rinli so'zga tuya cho’kadi, O’rinsiz so'zga hamma so’kadi". Notiq nutq to’zar ekan, "tuyaning cho’kishi va hech kimning uni so’kmasligi" uchun nutqining juyasini, o’rnini aniq tasavvur qilishi shart. Masalan, kimningdir og’irkasalligi yoki vafoti haqidagi fikrni ifodalash uchun to’ziladigan nutqda ortiqcha chiroyliliq jimjimadorliq kutarinkiliq tantanavorlik bo’lmasligi lozim, aks xold anutq juyali hisoblanmaydi.
Nutqning jo`yaliligi, aytish kerakki, nutqiy muloqotda jiddiy ahamiyatga ega. Bu sifat ("umestnost rechi") rus tilshunosi B.N.Golovin tomonidan juda yaxshi belgilangan.
Bu tavsifni ham hisobga olgan holda nutqning ayni sifatini shunday ta’riflash mumkin: jo`yalilik til vositalarini shunday tanlash, ularni shunday alokalantirish va bir-biri bilan bog’lashki, buning natijasida nutq konkret muloqotning maqsadi va sharoitlariga tamomila javob beradigan tarzda tarkib topadi. Ayni ta’rifdan kelib chiqqsa, juyali nutq ifodalanmoqchi bo’lgan axborotning mavzusi, uning mantiqiy va hissiy mazmuni, tinglovchi yoki o’quvchilar tarkibining yosh, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa xususiyatlari, yozma yoki og’zaki nutqning xabar berish, tarbiyaviy, estetik va shu kabi vazifalariga tula mos kelishi asosida yo'zaga keladi.
Qadimgi yunon faylasufi Galikarnaslik Dionisiy nutqning juyaliligi haqida gapirar ekan, muayyan bir mazmun uchun tanlangan ayrim so'zlar va ularning ko’shilishi o’rinli, boshqalari esa o’rinsiz bo’lishini ta’kidlaydi va borliqning o’zi bunga misol ekanligini aytib, shunday yozadi: "...Axir, biz jahlimiz chiqqanda va xursand bo’lgan imizda, noliganimizda va qurqqanimizda, boshimizga baxtsizligu musibat tushganida va qaygusiz, sokin xayollarga chumganimizda aynan bir xil so'z va so'z kutilishlaridan foydalanmaymiz-ku." Albatta, har qanday tilda fikrni ayni holatlarga uyg’un, ya’ni juyali ifodalash uchun etarli lisoniy vositalar mavjud.
Nutq uslublari haqida gap ketganda, ularning har biri uchun xoslangan til vositalari borligi hamisha ta’kidlanadi. Masalan, bir uslubga xoslangan so'z, ibora, sintaktik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o’tkazilishi nojoiz, o’rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarni uslubiy juyalilikning bo’zilishi tarzida baholash mumkin.
Bu o’rinda aytish kerakki, jo`yalilik sifatini o’rganishda nutqning yozma va og’zaki shakllarini farqlash lozim, chunki bu nutq shakllarida juyalilik o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, yozma va og’zaki nutqning voqe bo’lish sharoitlari bir xil emas, shunga ko’ra bu ikki nutq shakliningo’ziga xoslangan birliklari, grammatik shakllari, sintaktik qoliplari bor. Bu holatni hisobga olmaslik natijasida ham nutqning juyaliligiga putur etishi mumkin.
Yozma nutqda ko’p qo’llanadigan, demakki, uyga xoslangan yuqorida ko’rsatib o’tilganideq yuqorida aytib o’tilganideq yukorida kurganimizdek; quyida kurib o’tamiz, Quyidagi guruhlarga bo’linadi, mazmuni Quyidagicha shaklidagi bir qancha sintaktik qurilmalar mavjud. Albatga, ular faqat yozma nutqda juyali, lekin bu iboralar og’zaki nutq tarkibiga kirarkan, nutqning juyaliligi tamoman bo'ziladi. Oddiy mantiq bilan qaralsa, yozma nutq qog’oz (yoki boshqa material) ga bitilgan bo’ladi, sath, makon nuqtai nazaridan moddiylik kasb etadi. Sath, makondagina "yuqori" va "kuyi" tushunchalari ma’noga ega. Ammo og’zaki nutqning moddiyligi makonga emas, balki zamonga, vaqta ko’radir, ya’ni og’zaki nutq talaffo’z paytidagina mavjud. Shunday ekan, zamonga nisbatan "yuqori" va "kuyi" tushunchalari ma’noga ega emas. Zamon "oldin, avval, ilgari" va "keyin, sung" kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Ko’rinadiki, yozma nutqdagi, masalan, Yukorida ta’kidlanganideq mustaqillikni istamaydigan xalq yuq tarzidagi juyalilik sifatini mujassamlashtirgan jumla og’zaki nutqda Avval (ilgari, oldin) ta’kidlanganideq mustaqillikni istamaydigan xalq yuq shaklida berilsa, nutqning juyaliligi joyida bo’ladi.
Ba’zan kishilarning og’zaki nutqida Yuqorida so'zga chiqqanlarning hamma yaxshi tilaklariga biz ham qo’shilib, yubilyarni chin dildan tabriklaymiz qabilidagi jumlalar uchraydi-ki, yuqorida so'z shakli tufayli nutqning nafaqat juyaliligi, balki mantiqiyligi, to’g’riligi, aniqligi kabi sifatlari ham izdan chiqadi. Bu nutq jo`yali va bo shqa sifatlarga ham ega bo’lishi uchun, masalan, Oldin (oldinroq, bizdan oldin, bizgacha) so'zga chiqqanlarning hamma yaxshi tilaklariga biz ham qo’shilib, yubilyarni chin dildan tabriklaymiz shaklida bo’lishi lozim edi.
Nutq tuzishda ifodalanmoqchi bo’lgan axborotning mavzusi, uning mantikiy va hissiy- ruhiy mazmuni anik; tasavvur qilinmog’i va ana shularga uyg’un holatda til vositalari tanlanmog’i kerak. Mavzuga, mantiqiy va hissiy mazmunga muvofiq bo’lmagan har qanday til birligi, sintaktik struktura, intonatsiya, hatto metafora, metonimiya, epitet, o’xshatish kabi badiiy tasvir vositalari, maqol, matal, turli iktiboslarning nutqda begonaligi, bejoligi juda tez bilinadi va bunday nutqni juyali deb bo’lmaydi.
Aytaylik yaqin kishisini yo`qotgan odamning hissiy-ruhiy holati ma’lum. Shunday odamdan ko`ngil surash, unga ta’ziya bildirish uchun tuziladigan nutqda "o’lmoq" ma’nosini ifodalash uchun aynan o’lmoq so'zini tanlash o’rinli emas, bu so'z so'zlovchi va tinglovchi muloqotidagi mantiqiy-axloqiy munosabat ruhiga mos emas. Bu mazmundagi nutq- ning juyaliligini ta’minlash madsadida mazkur so'zning vafot etmoq, bo’lmay qolmoq, o’tib qolmoq, olamdan o’tmoq, olamdan ko’z yummoq, u dunyoga ketmoq boqiy dunyoga rixlat qilmoq kabi "yumshokroq" (evfemistik) muqobillari qo’llanadi.
Badiiy tasvir vositasi sifatida nutqda olib kiriladigan o’xshatish ham fikr mantig’i va hissiy-ruhiy holat bilan to’liq uyg’unlik kasb etmasa, nutqning juyaliligi haqida gapirish qiyin. Atoqli rus adibi M.Yu.Lermontov o’zining mashhur "Zamonamiz qahramoni" romanining dastlabki variantida oshiq ofitser Grushnitskiyning mundiridagi epo- letlar (maxsus pogon) ni ikkita kotletga o’xshatadi. Romanning keyingi tahririda esa bu o’xshatishdan voz kechadi va oshiq Grushnitskiyning epoletlarini Amo’rning qanotchalariga o’xshatadi. Ta’kidlash joizki, birinchi o’xshatish juda ham anik va konkret, chindan ham, epoletlar shaklan kotletga aynan uxshaydi, ammo oshiq qahramonning hissiy-ruhiy holati bilan mutlaqo bog’lanmaydi; ikkinchi o’xshatish esa oshiqning ruhiy holati bilan assotsiativ aloqadorlikka ega, ya’ni Amur — yunon afsonalarida sevgi xudosi demakdir. Shuning uchun ham ayni shu keyingi o’xshatish bejo yoki beta’sir emas, balki behad juyali va ta’sirlidir.
Cho’lpon "Kecha va kunduz" romanida, masalan, Razzoq so’fining eng mudhish, fojiaviy ruhiy holatini tasvirlar ekan, o’rinli, qahramon ruhiyatiga monand o’xshatishlarni qo’llaydi. Mana bir misol: Piyoladagi choyni yarim qoldirib, ko’chaga chiqqan vaqtida so’fi o’z-o’zini taniyolmay qoldi. Oyoqlari xuddi tobut ko’tarib borayotgan musulmonning oyog’iday bir- biriga tegmasidi.
Nutqdagi har qanday qiyoslash ham o’z o’rnida bo’lishi lozim. Noo’rin qo’llangan kiyoslash nutqning juyaliligiga salbiy ta’sir qiladi. Masalan mana bu jumladagi qiyoslashni juyali deb bo’lmaydi: Kishi hayotini saqlab qolish etti qavatli imorat kurishdan ham murakkabroq, deyishadi ("Xurriyat", 2006 yil 5 iyul). Avvalo, xech kim bunday demaydi, xalq orasida bunday matalnamo ibora yo`q, demak deyishadi so'z shakli joiz emas, Bunday qiyoslashning juyali emasligi shundaki, kishi hayotini saqlab qolish, albatta, murakkab va sharafli ish, ammo uning murakkabligini aynan etti qavatli imorat qurish bilan solinttirishning biron-bir mantiqiy asosi ham, me’yorga daxldor ma’nosi ham yuq. Nega olti yoki sakkiz, un, yigirma qavatli imorat kurish qiyos etaloni sifatida olinmagan? Ko’rinadiki, mazkur jumlada nutqring juyalilik sifati oqsoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |