Amorf va kristall cho’kmalar. Cho’ktirilayotgan birikmalarning o’ziga xos xususiyatlariga karab va birinchi navbatda ularning eruvchanligiga karab xamda cho’ktirish sharoitiga karab, boshlangich zarrachalarning yiriklashish protsessi ikki xil yul bilan borishi mumkin. Shunga muvofik ravishda yoki kristall yoki amorf cho’kmalar xosil bo’ladi. Kristall cho’kmalarning xosil bo’lishida qo’shilayotgan cho’ktiruvchining xar bir qismi darxol boshlangich kristallarni xosil kilmaydi va cho’ktirilayotgan modda ma‘lum vaqt o’ta to’yingan eritmada qoladi. Cho’ktiruvchini sekin asta qo’shib borilganda cho’ktirilayotgan modda asosan o’ta to’yingan eritmadan avval xosil bo’lgan boshlangich kristallar yuzasida ajralib, bu kristallar sekin asta kattalasha boradi va nixoyat boshlangich kristallarga nisbatan yiroqroq kristallardan iborat kristall cho’kma xosil bo’ladi.
Amorf cho’kmalarni xosil bo’lishi boshqacha boradi. Bu vaqtda cho’ktiruvchining xar bir qismini qo’shish, Suyuqlik ichida juda ko’p miqdorda mayda boshlangich kristallarning xosil bo’lishiga sabab bo’ladi, bu mayda zarrachalar ularning sirtiga keyingi xosil bo’lgan mayda kristallar utirishi natijasida kattalashadi va og’irlik kuchi ta‘sirida idish tubiga cho’kadi. Boshqacha aytganda, bu xolda dastlab xosil bo’lgan kolloid eritma koagulyatsiyaga uchraydi. Bu usulda xosil bo’lgan amorf cho’kmalarning umumiy satxi juda katta bo’ladi va shuning uchun ular eritmalardagi xar xil bekorchi moddalarni o’ziga kristall cho’kmalarga nisbatan ancha ko’prk adsorbilaydi. Ikkinchi tomondan xosil bo’layotgan agregatlarda boshlangich kristallar orasidagi boglanish ancha bush bo’lgani uchun bu agregatlar parchalanib kolloid eritma xosil qilishi mumkin. Juda kam eriydigan moddalar ayniksa osonlik bilan amorf cho’kmalar xosil kiladi. Masalan bunday moddalarga metallarning sulfidlari va gidrooksidlari va boshqalar kiradi. Ularning eruvchanligi juda kam bo’lganligi sababli, cho’ktiruvchidan oz miqdorda qo’shilganda xam EK (eruvchanlik ko’paytmasi) qiymati nixoyatda ortib ketadi va natijada tezda juda ko’p miqdorda boshlangich kristallar xosil bo’ladi. Aksincha yaxshirok eriydigan cho’kmalarda ionlar kontsentratsiyalari ko’paytmasi eruvchanlik ko’paytmasi qiymatidan unchalik ko’p ortib ketmaydi. Bu esa o’ta to’yingan eritmaning hosil bo’lishiga va kristall cho’kmaning xosil bo’lishiga olib keladi.
Analiz natijasida olingan ma‘lumotlar olingan modda massasiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Buning uchun tekshirilayotgan modda namunasining massasini xosil bo’lgan cho’kma massasini va uni kimyoviy formulasini aniq bilish kerak.
Ayrim xollarda elementlarning foiz miqdoriga asoslanib tekshirilayotgan modda asosini tashkil etuvchi moddaning kimyoviy formulasi keltirib chikariladi. Boshqa xollarda texnik maxsulot tarkibidagi asosiy komponent miqdori aniqlanadi. Masalan bariy xlorida tarkibidagi Ba Cl2·2H2O miqdori yoki Ва2+ ioni miqdori aniqlanadi.
Misol: Kimyoviy toza BaCl2·2H2O tarkibidagi Ва2+ ioni miqdorini aniqlang?
BaCl2·2H2O namunasini tortimi 0,4872 qizdirishdan so’ng olingan BaSO4 CHo’kmasining massasi 0, 4644 г
Do'stlaringiz bilan baham: |