birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr – homila davri, ikkinchi davr
bola tug`ilganidan 3 yoshgacha bo`lgan davr);
ikkinchi bosqich – maktabgacha ta‘lim 3-6 (7) yoshgacha bo`lgan davr;
uchinchi bosqich – umumiy o`rta ta‘lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr – 7 (6)-
yosh boshlang`ich sinf, ikkinchi davr – 11-17 yosh o`rta va yuqori sinflar);
to`rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko`rsatayotgan va band bo`lmagan yoshlar, shuningdek, o`rta maxsus kasb-hunar va oliy ta‘lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr-o`rta maxsus kasb-hunar va oliy ta‘lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko`rsatayotgan va band bo`lmagan yoshlar – 17-30 yosh, ikkinchi davr-o`rta maxsus kasb-hunar, oliy ta‘lim muassasalarining o`quvchi-talabalari 15-22
(24) yosh).
Konsepsiya doirasida 2020-2021-oq‘uv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida I-XI sinflar uchun ―Odobnoma, ―Vatan tuyg`usi, ―Milliy istiqlol g`oyasi va ma‘naviyat asoslari, ―Dinlar tarixi fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fani joriy qilindi.
Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma‟naviy merosimizning tiklanishi.
O`tgan asrning 70-80-yillarida o`zbek xalqi azaldan ardoqlab, avaylab-asrab kelgan milliy urf-odat, an‘ana, qadriyatlar, ayniqsa, milliy bayramlarga qarshi sobiq markazning asossiz kurashi boshlandi, ko`plab milliy marosimlar cheklandi. Natijada, avvallari nishonlangan ―Hosil bayrami, ―Qovun sayli, ―Gul bayrami va boshqa xalq bayramlari unutilib, ―Navro`z bayrami ta‘qiqlab qo`yildi.
O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o`z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni ma‘naviy poklantirish, milliy madaniyatlarning o`zaro uyg`un rivojlanishiga erishish, xalqimizning an‘ana, urf-odat va qadriyatlari, marosimlarini tiklashga alohida e‘tibor bera boshladi.
―Mustaqil O`zbekistonning kuch-qudrati manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir, deb ta‟kidlagan edi Islom Karimov. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo`shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O`zbekistonni yangilashning oliy maqsadi – ana shu an‟analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag„ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir” (Karimov I.A. Istiqlol va ma‟naviyat. -T.: O`zbekiston, 1994. B. 5).
Bugungi kunda ijtimoiy hayotda yuz berayotgan tub o`zgarishlar xalqimizda o`zligini anglash tuyg`usini, milliy taraqqiyotdan manfaatdorlik hissini kuchaytirmoqda. Bu holat xalqimizning milliy qadriyatlari, madaniy va ma‘naviy boyligini qayta mushohada etishni, ularning mohiyatini yanada chuqur anglashni taqozo qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |