8-mavzu. Kreditning zarurligi,funksiyalari,turlari va shakllarstrreplA



Download 32,2 Kb.
bet7/14
Sana28.06.2022
Hajmi32,2 Kb.
#712797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
8-Мавзу Кредитнинг зарурлиги,функциялари

Kreditning maqsadliligi.
Bu tamoyilning moxiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar anik bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va xakozo anik biror ob’ektga maqsadli yunaltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko’rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak.
Bunda kredit muayyan, anik ob’ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor maxsulotga, jo’natilgan tovarlarga, xisob-kitob xujjatlariga va xakozolarga beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud bo’lishi va xarakat qilishining muxim tomonlarini o’zida ifodalaydi.
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g’arb mamlakatlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qo’llaniladi. Bu qoida kreditlashda «5 «S» lar koidasi» deb yuritiladi.
Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi.
Kredit-qiymatning harakati bo’lib pul va tavar ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to’lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo’sh qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi;
ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo’lishi zarur. Shu masala bo’yicha ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko’proq e’tibor berilganini ko’rsatib o’tish mumkin. Kredit munosabati bo’lishi uchun:
birinchidan, kredit munosabati ishtirokchilari – qarz beruvchi va qarz oluvchi – huquqiy jihatdan mustaqil sub’ekt bo’lishi kerak. Mustaqil sub’ekt sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o’zaro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub’ekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.
ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari birbiriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor, ob’ektiv jarayonlar, o’zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog’liq.
Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag’larini qarzga berish bo’yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag’larni olish bo’yicha qiziqish tug’ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi.
Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo’nalishiga bog’liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. Shu bilan birga, kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo’lishining asosiy sababi bo’lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o’xshash boshqa aniq sharoitlar bo’lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo’lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to’g’ri deb qaraydigan bo’lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo’ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob’ektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo’lib qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning ob’ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zarurat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo’sh mablag’lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:

  • asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari;

  • tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo’sh pul mablag’lari;

  • tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to’lash vaqtlari orasida vaqtincha bo’sh turib qolgan pul mablag’lari;

  • kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan va kapitallashtirish uchun mo’ljallangan qo’shimcha mablag’lar;

shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari va boshqa bo’sh pul mablag’lari

Download 32,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish