O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Prezident o‘z farmonlari va huquqiy qarorlari bilan Konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunlarda mustahkamlangan qoidalarining hayotga to‘la joriy etilishi uchun yo‘l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Prezidentning o‘zi qonunlarga qat’iy amal qilishi bilan davlat idoralari va mutasaddi shaxslar uchun ibrat, namuna ko‘rsatib, ularni ham Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishga safarbar etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir. Prezident o‘z farmonlari va huquqiy qarorlari bilan Konstitutsiyaviy tamoyillarning qonunlarda mustahkamlangan qoidalarining hayotga to‘la joriy etilishi uchun yo‘l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Prezidentning o‘zi qonunlarga qat’iy amal qilishi bilan davlat idoralari va mutasaddi shaxslar uchun ibrat, namuna ko‘rsatib, ularni ham Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishga safarbar etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” “Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” 16-moddasi O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi qonuniy asosda kurash olib borilmoqda. SHu maqsadda, “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonning sakkizinchi bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga, Respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korruptsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqildi. U O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan hamda O’zbekiston Prezidenti tomonidan 2017 yil 3 yanvarь kuni imzolangan. “Korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun 6 bob 34 moddadan iborat bo’lib, unda “Korruptsiya”, “Korruptsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Qonunda shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari ham belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |