5.
Mulkchilikning aralash
shaklida: erishilgan bitimga ko‘ra mol-mulkning
ma’lum bir qismi davlat va nodavlat yuridik yoki jismoniy
shaxslarga tegishli
bo‘lishi mumkin. Ikki tomonning hamkorligida amalga oshiriladi.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni
erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining To‘qqizinchi
sessiyasida qilgan ma’ruzasida respublikada demokratik o‘zgarishlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “bozor
islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish,
barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan
erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat”,
4
muhim ustuvor yo‘nalishini
belgilab berdi.
Ushbu ustuvor yo‘nalishni amalga oshirish
uchun avvalombor xususiy
sektorning mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish
lozim bo‘ladi. Endilikda xususiylashtirish jarayonlari tobora ko‘proq yirik
korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o‘z ichiga qamrab olishi, korporativ
xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aksiyalarni
sotishning birlamchi va
ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining
noo‘rin aralashuviga barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu
jumladan, kredit mablag‘lari bilan ta’minlanishini yaxshilash,
ishlab chiqarilgan
tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish
dolzarb ahamiyatga ega. SHuningdek, shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga
aylantirish hamda ularga servis xizmati ko‘rsatuvchi va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning
filiallarini tashkil etish muhim ustuvorlikka ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Bozor munosabatlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish
sohasidagi ustuvor
yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmonining mazmun va mohiyati. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini
amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan bo‘lib, mazkur farmon bevosita shunga
bag‘ishlangan. Dasturga ko‘ra bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni
yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda
ro‘yobga chiqarish borasida katta ishlar qilingan. Mazkur farmonda bozor
islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni
bartaraf etish ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan. Qonunlarning, O‘zR
Prezidenti Faronlari va Qarorlari,
hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjat
loyihalari ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va
ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham bu
4
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти
асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. //Иккинчи чақириқ Ўзбекистон
Республикаси Олий
Мажлисининг Тўққизинчи сессиясидаги маъруза. //Халқ сўзи, 2002 йил 30 август.
farmonda belgilab berildi. Prezidentimiz farmoni bilan qabul qilingan 2017-2021
yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining
Do'stlaringiz bilan baham: