3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal
foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning
turmush darajasi va
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat,
qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali
foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish ko’llamini
kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan
tuman va shaharlarni, eng
avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish
hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis
markazlarini tashkil etish, kichik sanoat
zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning
kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar
va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal
rivojlantirish hisobiga
subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning
daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay
shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining
turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-
kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va
modernizasiya qilish.
2019 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish sur’ati 5,4
foiz belgilangan prognoz ko‘rsatkichi o‘rniga
5,5 foizni
tashkil etdi hamda 2018
yilda erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.
YaIM o‘sish sur’ati asosan sanoatning 6,4 foizga (prognoz – 5,2 foiz), qurilish
11,8 foizga (8,4 foiz) va xizmatlarning 6,1 foizga (6,3 foiz)
oshishi hisobiga
ta’minlandi.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi 1 741 dollarni tashkil etib, 2018 yilga qaraganda
13,6 foizga oshdi (2018 yilda – 1 533 dollar).YaIM umumiy o‘sishida 1,9 foiz bandi
xizmatlar, 1,5 foiz bandi sanoat, 0,9 foiz bandi qishloq xo‘jaligi, 0,6
foiz bandi
qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Iqtisodiy o‘sishning barqarorligi iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yalpi taklif
va ichki talab o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati, investitsiyalarni yuqori sur’atda ya’ni
28,6 foizga hamda aholi real daromadlarini 10 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlash
hisobiga ta’minlandi. Harakatlar strategiyasi doirasida keyingi 5 yilda boshqa
sohalar singari iqtisodiyot sohasida ham juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Aholi
o‘zining turmush tarzidan mamnun yashay boshladi.