Jun gazlama — jun tolasidan toʻqiladigan mato. Toza junli va yarim junli xillari boʻladi. Toza J. g .lar 100% jun ipdan toʻqiladi. Junli kiyim-kechaklarning tashqi koʻrinishini yaxshilash maqsadida jun tarkibiga 6—10% gacha (umumiy ogʻirligiga nisbatan) paxta ipi, viskoza, sunʼiy ipak, shtapel tolasi va b. aralashtirilgan gazlama ham toza J. g . jumlasiga kiritiladi. Yarim junli gazlamalar tarkibida 85% gacha tabiiy yoki sunʼiy jun boʻladi. Iplarning sifatiga qarab J. g .lar, asosan, kamvol va movut gazlamalarga boʻlinadi. Kamvol gazlamalar yuqori va oʻrta raqamli jun ipdan toʻqiladi. Kamvol gazlama sirti tekis, koʻpincha, tuksiz pishiq, yengil, changni oʻziga kam oladi, undan tikilgan kiyim chidamli boʻladi, taxi tez buzilmaydi, chang va b. iflosliklardan oson tozalanadi. Erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tikish uchun ishlatiladi. Koʻylakbop, kostyumbop, shimbop, paltobop va maxsus kamvol gazlamalar bor. J. g .lardan kiyim-kechak, adyol, roʻmol, gilam va b. mahsulotlar ham tayyorlanadi.[1
Jun.Junli hayvonlarning teri qatlamidagi shoxsimon o’simta. U ikki qismdan iborat: ildiz va tana. Ildiz qismi- junning teri qatlami ostidagi qismi. Tana- terining chiqib turgan va oqsil keratindan iborat bo’lgan qismi. Jun tolasining tanasi tangachali, qobiq va o’zak qatlamlaridan iborat. Tangachali qatlam- tola tanasini tashqaridan qoplab turgan shoxsimon tangachalardan iborat. Tangachali qatlam tolalar tanasini yemirilishdan saqlaydi. Tolalarni tovlantirib turadi. Qobiq qatlam- tola tanasini hosil qiladigan urchiqsimon hujayralardan iborat. Tolaning pishiqligi, elastikligi va boshqa sifatlarini belgilaydigan asosiy qatlam hisoblanadi. O’zak qatlam- tola o’rtasidan o’tadi. U havo bilan to’ldirilgan hujayralardan iborat. Yo’g’onligi va tuzilishiga qarab quyidagi tiplarga bo’linadi:
1. Momiq.
2. Oraliq.
3 . Qiltiq.
4. O’lik.
Ipak, pilla tolasi — ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat. Bu tolada 70—75% fibroin (oqsil modda), 20—25% seritsin, 2—3% turli mineral moddalar, 1 — 1,5% mum va yogʻlar bor. Ipak qurtining turiga qarab, pilla tolasining uzunligi 400—1500 m, ingichkaligini ifodalovchi koʻrsatkich — metrik nomeri (№) 2500—3500 yoki 0,4—0,3 teks boʻladi. Bitta pilladan olinadigan tola juda ingichka boʻlgani sababli sanoatda ishlatilmaydi. Pillakashlik fabrikasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchi topib, chuviladi. Tolalarning 5—10 tasi uzunasiga qoʻshib yigirilib, kalava holidagi xom ipak olinadi. Qaynatilgan pillaning hammasidan Ipak chiqmaydi; pilla tolasining 10—15% gʻumbak bilan birga qoladi.[1]
Bu qoldiq pilla chiqindisidir. Ularni ham yigirib Ipak olinadi. Nam Ipak tolasining pishiqligi 10—15% ga kamayadi. Ipak yaxshi elektr izolyatsiya materiali hisoblanadi. Ipak olish uchun katta mehnat sarf boʻladi. Shu sababli Ipak qimmatbaho toʻqimachilik xom ashyosiga kiradi. Ipakdan shoyi toʻqish, pishitilgan ip tayyorlash va texnika, aviatsiya, kosmonavtika, elektrotexnika maqsadlarida foydalaniladi (qarang
Nazorat savollari:
1.Tolalar necha xil bo`ladi ?
2.Tabiiy tolalar qanday olinadi ?
3.Tabiiy tolalarning qanday xossalari bor ?
4.Hayvonlardan olinadigan tola nomini ayting?
5. Tabiiy jun tola nimalardan olinadi?
6. Tabiiy jun tolasining tuzilishi va kimyoviy tarkibini aytib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |