4. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886-yillardan Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish Bern konvensiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvensiyalar "Xalqaro byorolar" deb nomlangan o`z kotibiyatlarini tashkil etishni ko`zda tutgan edi. 1893-yilda bu ikki kotibyat "Intellektual mulkni muhofaza qilish bo`yicha birlashgan xalqaro byorolar" yoki fransuz tilida qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda "BIMT", ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967-yil 14-iyolda imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta`sis etish Konvensiyasi"ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 1970-yilda kuchga kirgan.
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974-yil dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat. 2001yil 1-yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi.
Biz 2016-2017 yillarda “Bloomberg innovatsion indeksi” da quyidagi dunyo mamlakatlarini ko’rishimiz mumkin (13.1-rasm).
13.1-rasm. Bloomberg innovatsion indeksi14
Xozirda intellektual mulk ob'ektlarini xalqaro norma va standartlarga muvofiq huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, unga xos bo'lmagan va umrini o'tab bo'lgan vazifalarni bekor qilish, shuningdek O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatiga zamonaviy interfaol davlat xizmatlarini joriy etish zarur.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni ta`riflang
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining vazifasi nima?
O`zbekistonda intellektual mulk muxofazasi qay darajada?
14-MAVZU. ILMIY KASHFIYOTLAR, IXTIROLAR VA LITSENZIYALASH
Reja:
1.“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni.
2. Ilmiy kashfiyotlar. Kashfiyot obektlari. Kashfiyotni aniqlash tartiblari.
3.Sanoat mulki ob’ektining huquq sub’ektlari.
4.Patent berish haqidagi talabnomani ekspertizadan o’tkazish.
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni
O`zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to`g`risida”gi Qonuni 06.05.1994-yilda qabul qilingan va mazkur qonunga 30.07.2008 da o`zgartirish kiritilgan. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasidagi ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Sanoat mulki obektlari to`g`risidagi qonun hujjatlari va boshqa hujjatlardan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi sanoat mulki obektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlaydi.
Patent idorasi sanoat mulki obektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko`rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo`yicha davlat ekspertizasini o`tkazadi, ularni davlat ro`yxatiga oladi, sanoat mulki obektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, sanoat mulki obektlari to`g`risidagi qonun hujjatlarining qo`llanilishiga doir qoidalar qabul qiladi va tushuntirishlar beradi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to`g`risidagi nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (14.1-jadval).
Ishlab chiqarish texnikasi yoki yangi jarayon ko`rinishidagi texnik o`zgarishlar texnik ixtirolar va kashfiyotlarni ta`riflash uchun ishlatiladi. Bunday kashfiyotlar ishlab chiqarish va xarajatlarni firma va sanoat tarmoqlari darajasida o`zgartirishi mumkin. Soluning neoklassik o`sish modelida texnologik rivojlanish kashfiyotlar tufayliligiga to`xtalib o`tilgan. Texnologik jarayonning bir nechta pog`onaga ega ekanligiga ham batafsil to`xtalib o`tilgan.
Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o`zgartirish olib kiradigan ilgari noma`lum bo`lgan, ammo obektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi ta`limotga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |