8-mavzu. Har XIL psixologiya maktablarida shaxs nazariyalari(2 soat) Reja



Download 37,85 Kb.
bet1/10
Sana26.04.2022
Hajmi37,85 Kb.
#581874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu


8-MAVZU. HAR XIL PSIXOLOGIYA MAKTABLARIDA SHAXS NAZARIYALARI(2 SOAT)
Reja:



  1. K.Levin maydon nazariyasining asosiy prinsiplari.

  2. Maydon nazariyasining strukturaviy qismi: psixologik maydon va shaxs, shaxs ichki hududi, perseptual-motor qatlam, subhudud tushunchasi, valent ob’ektlar.

  3. Nazariyaning dinamik qismi: psixik quvvat, haqiqiy ehtiyojlar va kvaziehtiyojlar, zo‘riqish, zo‘riqishning reduksiya prinsipi.

  4. K. Levin maktabining eksperimental ishlari.

  5. Kognitiv psixologiyaning vujudga kelishi.

  6. Dj. Kelli shaxslik konstruktlari nazariyasi.

  7. Konstrukt tushunchasi. Bipolyarlik, qo‘llanish diapazoni va individuallik.

  8. Konstruktlar tizimining rivojlanishi .

  9. Repertuar panjara testi. Reymond Kettelning shaxs qirralariga strukturali yondashuvi.

  10. Fiske, Maddining faollashtirish konsepsiyasi. K.Goldshteynning tashkiliy konsepsiyasi.

  11. Nyuttenning ma’naviyatli inson konsepsiyasi.

  12. E.Eriksonning shaxs taraqqiyoti konsepsiyasi.

  13. R.Assadjioli bo‘yicha shaxsning psixosintez konsepsiyasi.

G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. Shaxs nazariyasining asosiy konsepsiya va qonuniyatlari. Ekstravert va introvertlar o‘rtasidagi farqlar. Kognitiv psixologiyaning vujudga kelishi. Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi. Konstrukt tushunchasi. Bipolyarlik (ikki qutblilik), qo‘llanilish diapazoni va individuallik. Konstruktlar tizimining rivojlanishi. Repertuar panjaralar testi.




1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.
Ayzenk Kettelning: “psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir”, - degan fikriga qo‘shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan foydalanganligini ma’qullaydi. Lekin Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan o‘zgacharoq qo‘llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini qiziqtirgan qandaydir shaxs xususiyatini belgilab, to‘liq asoslangan ilmiy farazdan boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi o‘laroq, Kettelning aytishicha, shaxsni tashkil qiluvchi asosiy elementlar batareya testlari hamda ma’lumotlarni qayta ishlash orqali namoyon qilinadi. Shunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o‘laroq, Ayzenkning ta’kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bo‘lishini tushuntirish uchun uchta superbelgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo‘lsa, Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e’tiborni genetik omillarga qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta’sirini inkor qilmagan, balki shaxs xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq-atvoriga qay darajada ta’sir etishi aniqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga qo‘shilishadi.1
Ayzenk nazariyasining mohiyati shundan iborat-ki, shaxs elementlari ierarxik joylashishi mumkin. Uning sxemasida (6-4 rasm) ekstraversiya singari ma’lum bir shaxs xususiyatlari yoki tiplari keltirilgan bo‘lib, ular xulq-atvorga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, har bir keltirilgan superbelgilar bir qancha tarkibiy belgilardan tashkil topganini ko‘rsatgan. Bu tarkibiy belgilar asosiy tipning yuzaki aksi bo‘lishi yoki bo‘lmasam, shu tipga tegishli o‘ziga xos xususiyat sifatida ko‘rilishi mumkin. Va nihoyat, belgilar ko‘p sonli odatiy reaksiyalar dan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, ko‘plab o‘ziga xos reaksiyalardan shakllanadi. Misol uchun, biron shaxsni kuzatadigan bo‘lsak, agar u boshqa bir inson bilan iliq yuz va samimiy tabassum bilan qo‘l uzatib ko‘rishsa va bu holat har safar kim bilandur uchrashganda sodir bo‘laversa, bu uning odatiy reaksiyasi hisoblanadi. Ushbu odatiy reaksiya boshqa odatiy reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib, boshqa odamlar bilan suhbatlashish, turli bazmlarga borishni yoqtirish va hakazolarni aytish mumkin. Bu odatiy reaksiyalar guruhi kirishimlilik xususiyatini shakllantiradi. 6-4 rasmda ko‘rsatilganidek, kirishimlilik bosqichida aktiv va o‘ziga ishongan xatti-harakat asosiy hisoblanadi. Umumiy holatda bu xususiyatlar superbelgi yoki tipni tashkil qiladi. Ayzenk uni ekstraversiya deb ataydi.



Shaxs strukturasining ierarxik modeli. 
PR – odatiy (privichnaya) reaksiya; SR – o‘ziga xos (spesificheskaya) reaksiya. 



Download 37,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish