8-mavzu. Globallashuv va axborot texnologiyalari. Reja



Download 453,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana28.05.2020
Hajmi453,85 Kb.
#57265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2.GLOBALLASHUV VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

 

axborot  

vositalari,  xususan,  televidenie  va  radiosiz  umuman  tasavvur  etib  bo„lmaydi.  Bugungi 

kunda  ular  bir  vaqtning  o„zida  ham  axborot  maydoni,  ham  ijtimoiy-siyosiy,  ma‟naviy-

ma‟rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq 

chiqaradigan  makon  vazifasini  bajarmoqda”.  Bunday  imkoniyatlar  televideniening  aniq 


maqsadlarga qaratilgan g‗oyaviy targ‗ibotni amalga oshirishning  muhim bo‗g‗iniga aylanishiga 

olib keldi.  

OAV muayyan axborotni etkazish, u yoki bu masalaga diqqatni qaratish orqali  

fuqarolarni  uning  atrofida  birlashishlariga  xizmat  qiladi,  turli  ijtimoiy  guruh  vakillariga  o‗z 

fikrlarini  ifoda  etish,  fikrdoshlarni  topish,  yagona  maqsad  va  e‘tiqod  yo‗lida  yakdillik  bilan 

harakat qilishga zamin yaratadi.  

Afsuski, zamonaviy voqelik OAVning bu funksiyasi faqat ijobiy mohiyatga emasligini  

ko‗rsatmoqda.  OAV  g‗araz  maqsadlarga  xizmat  qilganda  bu  yaqqol  ko‗rinadi.  SHu  nuqtai 

nazardan  qaraganda,  nemis  olimlarining  ―Muhim  axborotga  ega  bo‗lish  hokimiyatga  ega 

bo‗lish; muhim axborotni nomuhimidan ajrata bilish yanada ko‗proq hokimiyatga ega bo‗lish; 

muhim  axborotni  o‗ziga  ma‘qul  bo‗lgan  ruhda  tarqata  olish  imkoniyatiga  ega  bo‗lish  yoki  u 

haqida  ko‗pchilikka  hech  narsa  ma‘lum  bo‗lmasligiga  erishish  ikki  karra  hokimiyatga  ega 

bo‗lishni anglatadi‖,-degan fikrlari diqqatga sazovordir.  

Ma‘lumotlarga ko‗ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40  

foizi, hafta oxiriga kelib bor yo‗g‗i 10 foizi esda qoladi. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga 

ta‘sir o‗tkazishga qaratilgan, turli g‗oyaviy mazmun bilan sug‗orilgan axborotlarni vaqti-vaqti 

bilan takrorlab turishga ham alohida e‘tibor berilayotganini ta‘kidlash zarur.  

OAV bu so‗z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi  

va ommaviy tarqatilishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, 

tinglovchi  yoki  o‗quvchilar  auditoriyasining  kengligi  kabi  xususiyatlar  xosdir.  SHu  nuqtai 

nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‗sganini 

qayd etish lozim.  

OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy  

yoki  xalqaro  (global)  miqyosda  faoliyat  ko‗rsatishi  ham  uning  ta‘sir  doirasini  ko‗rsatuvchi 

omillardan biri hisoblanadi.  

1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24  

soat  davomida  axborot  uzatish  bilan  shug‗ullanadi.  Hozirda  CNN  tarkibida  yangilik  tarqatish 

bilan  shug‗ullanadigan 14 kabel va  sputnik kanallari, 2  ta radiostansiya, 6 ta  internet  sayti  va 

xorijiy  mamlakatlardagi  37  ta  byuro  faoliyat  ko‗rsatmoqda.  CNN  yangiliklari  38  ta  kosmik 

yo‗ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir 

vaqtning  o‗zida  ko‗rish  imkoniga  ega.  1991  yilning  yanvarida  aynan  CNN  yordamida  Fors 

ko‗rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 

11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli 

butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‗g‗ridan-to‗g‗ri uzatib turildi.  

Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20  

dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 40 

dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi.  

Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 

2300  jurnalist,  fotomuxbir  va  videooperatorlar  ishlaydi.  Reyter  agentligi  dunyoning  turli 

mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har kuni 1 milliard odam tanishadi.  

Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov doirasining naqadar kengligini  

muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi.  

Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat  

kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‗rish 

mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‗nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga 

ma‘lum  qilish,  ilm-fan,  madaniyat,  adabiyot  va  san‘at  yutuqlaridan  har  bir  odam  foydalana 

olishiga zamin yaratmoqda.  

 

Global   miqyosdagi   ijtimoiy   va   madaniy-ma‘naviy   maydon 



 

shakllanayotgani  

madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‗l ochmoqda.  

YUqoridagi mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson va  




jamiyat  hayoti,  taraqqiyoti  va kamolotining  zaruriy shartiga,  OAV  esa uni tarqatishning  muhim 

bo‗g‗iniga aylanganini ko‗rsatadi. Xususan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarsiz har qanday 

ma‘lumotli kishi ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda to‗g‗ri yo‗l topa olishi 

qiyin. OAV esa, kishilarga o‗zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli 

jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi.  

OAV odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq atvorlariga ta‘sir  

ko‗rsatishda  katta  imkoniyatlarga  ega.  OAVning  bugungi  kundagi  rivoji  g‗oyaviy  ta‘sir 

o‗tkazishning miqyosi va ko‗lamining keskin darajada o‗sishiga olib keldi.  

OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‗ talab qilmaydigan g‗oyaviy ta‘sir va  

tazyiqning  o‗ziga  xosligi  shundaki  u  o‗quvchi,  tinglovchi  yoki  tomoshabinga  sezdirilmasdan 

amalga  oshiriladi  va  bevosita  qurbonlarni  keltirib  chiqarmaydi.  Axborot  dushmanni  yo‗q 

qilmagan,  katta  xarajatni  talab  qilmagan  holda  yuqori  samara  beradi.  Bunda  g‗oyaviy  ta‘sir 

yo‗naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy 

o‗rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta‘sir ko‗rsatishga, shakllangan 

qadriyatlarni  o‗zgartirishga,  ularning  regulyatorlik  rolini  kamaytirishga  yoki  butunlay  yo‗qqa 

chiqarishga qaratiladi. Bunday ta‘sir o‗tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie 

fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda.  

Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Hozirda internetdan  

nafaqat kompyuter tarmog‗i, balki kosmik aloqa yo‗ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, 

telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga 

aylanib  bormoqda.  Bugungi  kunda  1  milliard  250  million  kishi  u  yoki  bu  darajada  undan 

foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‗g‗riligini tasdiqlaydi.  

 

Ana   shunday   vaziyatda   I.A.Karimov   ta‘kidlaganlaridek,   shuni 



 

unutmaslik  

kerakki, “bugungi kunda inson ma‟naviyatiga qarshi yo„naltirilgan, bir qarashda arzimas 


Download 453,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish