kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig„iz, shu qadar tezkorki,
endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo„q, deb
beparvo qarab bo„lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan
yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”.
OAVning ta‘sir kuchi uning materiallari muayyan auditoriyaga mo‗ljallangani bilan
ham belgilanadi. Masalan, ichki auditoriyaga mo‗ljallangan materiallarni yoshi, jinsi, ijtimoiy
maqomi (kasb-kori), milliy, diniy mansublik kabi belgilarga ko‗ra farqlash mumkin.
OAV ijtimoiy hayotdagi muayyan voqea, hodisa yoki muammo yuzasidan axborotni
etkazib berish orqali, uning jamiyat uchun ahamiyati, keng aholi qatlamlari uchun dolzarbligini
ta‘kidlaydi. Axborot oqimi hajman keng, mazmunan rang-barang, uzatilishga ko‗ra tezkor
bo‗lgan bugungi kunda bu jarayon yanada chuqurlashib bormoqda.
OAV muayyan xabarni uzatish yoki biror bir g‗oyaning mohiyatini ochib berish orqali
uning o‗zlashtirilishiga, kishilar ongida barqaror tasavvurlar, obrazlar, qadriyatlarning
shakllanishiga ham ko‗maklashadi. Sodda qilib aytganda, u ijtimoiy fikrga doimiy va izchil ta‘sir
o‗tkazish, uni shakllantira olish imkoniyatiga egadir.
OAV va kommunikatsiya texnologiyalari rivoji hozirgi davrdagi g‗oyaviy kurashga
o‗ziga xoslik bag‗ishlamoqda. Bu jumladan, ma‘lumotlar oqimi manfaatdorlik nuqtai nazaridan
etkazilishida yoki ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma‘lumotlarni poyma-poy berish orqali
oxiroqibatda odamlarning idrokini susayishtirishga intilishida yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu
o‗ziga xoslik jamiyat a‘zolaridan tizimli ravishda axborotning muayyan qatlamini yashirish,
ularni muhokama ob‘ektiga aylantirmaslikka intilishda ham yaqqol ko‗rinadi.
O‗tgan asrning 40-yillarida ―Reyter‖ agentligini boshqargan Kristofer CHansellor
―YAngilikni targ‗ibotdan farqlash zarur. Targ‗ibot boshqa narsa, yangilik esa mutlaqo boshqa
narsa.
Inglizcha yoki amerikacha yangiliklar bo‗lmaydi, u xalqaro tovardir‖,- deb yozgan edi. Bugun
mutlaqo boshqacha sifatiy holat yuzaga keldi.
Har kuni dunyoda millionlab voqealar sodir bo‗ladi. Ammo kishilar diqqatiga OAV
muayyan ijtimoiy-siyosiy kuchlar manfaatidan kelib chiqib e‘tibor qaratgan masalalargina havola
etiladi. Bu ularning hodisalarni yoritishning ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berishini, muayyan
ma‘lumotlarni olish, talqin qilish, baholash va tarqatish orqali fuqarolarda tegishli fikr va
xulosalar shakllanishiga xizmat qilishini ko‗rsatadi. Bu OAV ning ijtimoiy fikrni kerak bo‗lgan
shaklga yo‗naltira olishi, u bilan manipulyasiya qila olishidan dalolat beradi. Mazkur jarayonda
soxta, to‗qib chiqarilgan axborotni xaqiqat sifatida taqdim etish, voqelikni biryoqlama taqdim
etish yoki buzib ko‗rsatish, reallikni adekvat qabul qilishga yordam beradigan muhim, kerak
elementlarni yashirishga alohida e‘tibor berilishini ta‘kidlash zarur.
I.Karimov ta‘kidlaganlaridek, “hozirgi paytda hayotimizni elektron
Do'stlaringiz bilan baham: |