8-MAVZU. DAROMADLARNING TAQSIMLANISHI, TENGSIZLIK VA QASHSHOQLIK.
Reja:
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Davlatning ijtimoiy siyosati
I. Daromadni aholi o‘rtasidagi taqsimotining notekislik
darajasini (Jini koeffitsientini) aniqlash.
Daromadni taqsimlashdagi tengsizlikni Lorens egri chizig‘i deb ataluvchi egri chiziq yordamida tahlil qilish mumkin. Lorens egri chizig‘ini quyidagi rasmdagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin (1-rasm).
1-rasm. Lorens egri chizig‘i
Bu yerda OBA egri chiziq daromad foizi bilan aholi foizi o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Agar daromad aholi o‘rtasida tekis taqsimlansa, u holda Lorens egri chizig‘i OA bissektrisadan iborat bo‘ladi. OA bissektrisa bilan Lorens egri chizig‘i orasidagi OAB soha yuzasining OAC uchburchak yuziga bo‘lgan nisbati Jini koeffitsienti deb ataluvchi k songa teng bo‘ladi. Bu son daromadni aholi o‘rtasida notekis taqsimlanganlik darajasini aniqlaydi. Jini koeffitsienti:
k = = 1 - (1)
= bo‘lgani uchun Jini koeffitsienti
k = 1 - 2 = 1 - 2 (2)
munosabat yordamida topiladi. Bu yerda y=f(x) Lorens egri chizig‘ini ifodalovchi funksiya.
1-misol. Ma’lum bir mamlakatdagi daromadni taqsimlash jarayonini tahlil qilish natijasida Lorens egri chizig‘ini y = 1 - , funksiya orqali ifodalash mumkin ekanligi aniqlandi. Daromadlar taqsimotining notekislik darajasini, ya’ni Jini koeffitsientini aniqlang.
Yechish. Yuqoridagi (2) ifodadan foydalanib,
k =1 – 2 =1 – 2[ - ] =1 – 2[1- ],
ni topamiz. x=sint belgilash kiritib,
= ,
ekanligini aniqlaymiz. Demak,
k = 2 – 1 = – 1 0,57.
Jini koeffitsienti yetarli darajada katta ekanligi daromad taqsimotida notekislik ham yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi.
Masalalar
1. Ma’lum bir mamlakatdagi daromadni taqsimlash jarayonini tahlil qilish natijasida Lorens egri chizig‘i quyidagi funksiya ko‘rinishida
y = 0,5 -
ekanligi aniqlandi. Daromadlar taqsimotining notekislik darajasini, ya’ni
Jini koeffitsientini aniqlang.
Javob: k=0,66(6) (notekislik yuqori darajada).
2. Ma’lum bir mamlakatdagi daromadning taqsimlanishi tahlil qilinib, Lorens egri chizig‘i
y = x - ,
funksiya orqali ifodalanishi aniqlangan. Daromadlar taqsimotining notekislik darajasini ifodalovchi Jini koeffitsientini toping.
Javob: k=1/3=0,33(3).
3. Lorens egri chizig‘i
y = x - ,
funksiya orqali ifodalanishi aniqlangan. Daromadlar taqsimotining notekislik darajasini aniqlang.
Javob: k=1/3=0,33(3).
4. Lorens egri chizig‘i
y = ,
funksiya orqali ifodalanishi aniqlangan. Daromadlar taqsimotidagi notekislikni aniqlang.
Javob: k=0,8 (daromad taqsimotining notekislik darajasi yuqori darajada).
5. Lorens egri chizig‘i
y = x - ,
funksiya ko‘rinishda aniqlang. Daromadlar taqsimotining notekislik darajasini, ya’ni Jini koeffitsientini aniqlang.
Javob: k = .
6. Lorens egri chizig‘i
Y = ,
funksiya orqali ifodalangan bo‘lsa, u holda Jini koeffitsienti qanday bo‘ladi?
Javob: k=0,8 (2).
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati.
Quyidagi ma’lumotlar asosida Lorens egri chizig‘ini chizing:
Oilalar guruhlari (20% dan) Daromadlar % da
Birinchi guruh (20%) 2
Ikkinchi guruh (20%) 8
Uchunchi guruh (20 %) 10
To‘rtinchi guruh (20%) 15
Beshinchi guruh (20%) 65
Egri chiziqni chizish uchun belgilangan nuqtalaringizni aniq ko‘rsating.
Quyida Lorens egri chizig‘ini tasvirlang.
Agar shtrix chiziqlar bilan to‘ldirilgan vatar, ya’ni M figuraning yuzasi 8 ga, OKE uchburchakning yuzasi 32 ga teng bo‘lsa, u holda Jini koeffitsentini toping.
3) Narxlar darajasi 1,2 barobar ortsa va nominal daromadlar o‘zgarmas bo‘lsa aholining real daromadlari qanday o‘zgaradi?
4) Nominal daromad 10 % ga narxlar darajasi esa 7 % ortdi. Real daromadning o‘zgarishini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |