8-mavzu. Buyumlarni ekspluatatsiyasi jarayonida axborot yig‘ish va ishlov berish



Download 147,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi147,2 Kb.
#712008
  1   2
Bog'liq
8-maruza matni



8-mavzu. Buyumlarni ekspluatatsiyasi jarayonida axborot yig‘ish va
ishlov berish
.
 
8.1 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsadi va vazifalari.
8.2 Axborot yig‘ish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8.2 Axborotga ishlov berish va taxlil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar. 
8.1 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsadi va vazifalari 
Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi - buyumning ishonchliligi to‘g‘risida kerakli va 
haqqoniy axborot olish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar majmuidir. 
Tizimning maqsadi quyidagilardan iborat: 
- buyumning ishonchliligini oshirish uchun uning konstruksiyasini takomillashtirish; 
- tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi, nazorat sinovlarini takomillashtirish; 
- ta’mirlash sifatini yaxshilash va uning sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab 
chiqish; 
-
ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash 
samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish; 
-
buyumni attestatsiyalash; 
-
ishonchlilik ko‘rsatkichlarini nazoratga olish va h.k. 
Tizimning vazifalari quyidagicha: 
- buyumning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash; 
- buyumning ishonchliligini pasaytiradigan konstruksion va texnologik kamchiliklarni aniqlash; 
- buyumning umumiy ishonchliligini chegaralaydigan detallar va yig‘ma birikmalarni 
aniqlash; 
- buyumning ishonchliligiga ekspluatatsiya sharoitlari va tartibotlari ta’sirini aniqlash; 
- buzilishlarning kelib chiqish qonuniyatlarini aniqlash; 
- ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish;Цыцйф\чя\\ФЙ \ 
- ehtiyot qismlar sarfini optimallash, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tizimini 
takomillashtirish; 
-
buyumlarning ishonchliligini optimal darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan tadbirlarning 
samaradorligini aniqlash. 
Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi quyidagi tashkilot va korxonalarga taalluqlidir: 
- ishonchlilik bo‘yicha axborot yig‘uvchi va unga ishlov beruvchi bosh tashkilotlarga; 
- ishlanmalarni bajaruvchi tashkilotlarga; 
- tayyorlovchi korxonalarga; 
- ekspluatatsion korxonalarga; 
- ta’mirlash korxonalariga. 
Tizim doimiy, davriy yoki bir karrali kuzatuvlarni, axborotni hisobga olish, yig‘ish, to‘plash, 
ishlov berish va tahlil, buyum ishonchliligini oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar ishlab chiqishni o‘z 
ichiga olishi kerak. 
Tizimning ishi quyidagi me’yoriy-texnik xujjat bilan tartibga solinadi: 
- tizimning muayyan buyumga taalluqliligi; 
- korxona ichida va korxonalar orasida axborot ayirboshlashning shartlari; 
- axborotga ishlov berish usullari; 
- kuzatuvlarni rejalash usullari; 
- kuzatuv jarayonida texnik vositalarni qo‘llash zarurligi va ularga qo‘yiladigan talablar; 
- ishonchlilikni oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish tartibi. 
Buyumning ishonchliligi to‘g‘risida axborot yig‘ish va unga ishlov berish texnik topshiriq va 
ishchi usullarga asosan olib boriladi.
Axborot yig‘ishni o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq quyidagilarni belgilaydi: 
-
kuzatilayotgan buyumlarning ro‘yxati; 
-
buyumlar soni; 


- ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlari ro‘yxati; 
- axborot yig‘ish usullari; 
- risoladagi tartibot va ekspluatatsiya sharoitlari; 
- axborot uzatish davriyligi. 
Axborotni yig‘ish va unga ishlov berish ishchi usullari quyidagilarni belgilaydi; 
- kuzatuvlar rejalari; 
- ish tartibotlari va ularni o‘lchash uslublarini aniqlaydigan parametrlar; 
- buzilishlar va chegaraviy holatlar mezonlari; 
- axborotni kodlash usullari; 
- axborotni hisobga olish dastlabki shakllarini to‘latish bo‘yicha yo‘riqnomalar; 
- ish hajmini va kompyuterlarning mavjudligini hisobga olgan holda buyumlarning 
ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish dasturlari. 

Download 147,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish