Kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot Kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan ma'lumotlar
106 Tadbirkorlik sub'ekti 10-bandda talab etilganidek kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi lozim. Kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi:
(a) davr uchun jami umumlashgan daromadni, bunda ushbu daromadning bosh tashkilot egalariga va nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulushlar egalariga tegishli jami summalarini alohida ko‘rsatgan holda;
(b) kapitalning har bir qismi uchun, BHXS 8 ga muvofiq tan olingan retrospektiv qo‘llashning yoki retrospektiv qayta hisoblashning ta'sirlari; va
(g) kapitalning har bir qismi uchun, davr boshidagi va oxiridagi balans qiymati o‘rtasidagi solishtirma, bunda quyidagilardan yuzaga keladigan o‘zgarishlarni alohida ochib bergan holda:
(i) foyda yoki zarar;
(ii) boshqa umumlashgan daromadlar; va
(iii) mulk egalari bilan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi operatsiyalar, bunda mulk egalari tomonidan qilingan qo‘yilmalarni va ularga taqsimlangan summalarni hamda nazoratni yo‘qotishga olib kelmaydigan shu'ba tadbirkorlik sub'ektlaridagi egalik ulushidagi o‘zgarishlarni alohida ko‘rsatgan holda.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o‘z ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot ahborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;
Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;
Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 -dekabrgacha bo‘lgan kalendar yil hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi . Qonunning 18 - moddasiga binoan agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan qat’iy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham topshiriladi.
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi bo‘lib hisobot davrining oxirgi kuni hisoblanadi. Chunonchi, subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun hisobot sanasi bo‘lib 31 dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, to‘g‘risidagi yilik hisobot uchun hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 dekabrgacha hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshirladi:
Subyekt mulkdorlariga (davlat mulkni boshqarish vakolati berilganorganlarga, ta’sischilarga, qatnashuvchilarga binoan);
Davlat statistika organlariga;
Qonunchilika binoan boshqa organlarga.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo‘natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo‘ygan shtampasida ma’lum).
Basharti hisobotni jo‘natgan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, hisobot topshirish sanasi dam olish kundan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo‘limlarini ishlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatib yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi quyida yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘rni to‘g‘risida to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini to‘ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o‘tgan shu davrdagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-shakl)da umumiy summa bilan keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining baholash uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan vaqtdagi faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalarni qo‘llash ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan qonunchilikni buzish deb tan olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zahiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan tushumlarni hisoblash variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga doir turli investitsion loyihalarning rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.