8.3. Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish "Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish" (BHXS 1) standart umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosini tadbirkorlik sub'ektining oldingi davrlardagi moliyaviy hisobotlari hamda boshqa tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy hisobotlari bilan qiyoslanuvchanlikni ta'minlash maqsadida belgilaydi. U moliyaviy hisobotlarni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, ularning tuzilishiga oid ko‘rsatmalarni hamda ularning mazmuniga doir minimal talablarni o‘rnatadi.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi Moliyaviy hisobotlar - tadbirkorlik sub'ektining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining tartibga solingan ifodasidir. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi turli foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydali bo‘lgan, tadbirkorlik sub'ektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ta'minlashdan iboratdir. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, rahbariyat tomonidan unga ishonib topshirilgan resurslar boshqarilishining natijalarini aks ettiradi. Ushbu maqsadga erishish uchun, moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik sub'ektiga tegishli bo‘lgan quyidagi jihatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ta'minlaydi:
(a) aktivlar;
(b) majburiyatlar;
(v) kapital;
(g) daromad va xarajatlar, jumladan foyda va zararlar;
(d) mulk egalari tomonidan ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi qilingan qo‘yilmalar va ularga taqsimlanadigan summalar; va
(e) pul oqimlari.
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan ma'lumotlar
Minimum darajada, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot quyidagi summalarni aks ettiradigan, satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini o‘z ichiga olishi lozim:
(a) asosiy vositalar;
(b) investision mulk;
(v) nomoddiy aktivlar;
(g) moliyaviy aktivlar ((d), (z) va (b) lar bo‘yicha ko‘rsatilgan summalardan tashqari);
(d) ulush bo‘yicha hisobga olish usuli bo‘yicha hisobga olingan investisiyalar;
(e) biologik aktivlar;
(j) tovar-moddiy zaxiralar;
(z) savdo bo‘yicha va boshqa debitorlik qarzlari;
(i) naqd pullar va naqd pul ekvivalentlari;
(y) MHXS 5 «Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat» ga muvofiq sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan aktivlar jami;
(k) savdo bo‘yicha va boshqa kreditorlik qarzlari;
(l) rezervlar;
(m) moliyaviy majburiyatlar ((k) va (l) lar bo‘yicha ko‘rsatilgan summalardan tashqari)
Joriy aktivlar Tadbirkorlik sub'ekti aktivni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:
(a) u o‘zining odatiy operasion sikli davomida aktivni pulga aylantirishni mo‘ljallagan bo‘lsa, yoki uni sotishni yoki iste'mol qilishni rejalashtirsa;
(b) u asosan savdo uchun aktivni o‘zida saqlasa;
(v) u aktivni hisobot davridan so‘ng o‘n ikki oy ichida pulga aylantirishni mo‘ljallagan bo‘lsa; yoki
(g) aktiv (BHXS 7 da ta'riflanganidek) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti bo‘lsa, bunda hisobot davridan so‘ng kamida o‘n ikki oy mobaynida aktiv almashtirilishi yoki majburiyatni so‘ndirish uchun foydalanilishi taqiqlanmagan bo‘lsa.
Tadbirkorlik sub'ekti boshqa barcha aktivlarni uzoq muddatli sifatida tasniflashi lozim.Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak: