8-mavzu. Banklararo hisob-kitoblar. Reja: Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanish tarixi


  Banklararo  hisob-kitoblarning  tashkil  etilishi,  banklarning  vakillik



Download 83,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi83,91 Kb.
#333826
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.3-мавзу БМХ

2. 

Banklararo  hisob-kitoblarning  tashkil  etilishi,  banklarning  vakillik

 

hisob  varaqlari,  banklararo  hisob-kitoblarning  elektron  to’lov  tizimi  orqali

 

yuritilishi.

Hozirgi  paytda  tijorat  banklarining  faqat  Bosh  banklari  o‘rtasidagi  hisob- 

kitoblar Markaziy bank orqali o‘tkaziladi.  Buning uchun Markaziy bank qoshidagi 

Hisob-kitob  markazida  alohida  tranzit  hisobvarag‘i  ochilgan.  Bunday  tranzit 

hisobvaraqlari  tijorat  banklarining  hech  birida  yuritilmaydi.  Shu  bilan  birgalikda 

tijorat  banklari  o‘zlarining  banklararo  munosabatlarini  olib  borish  uchun  Hisob - 

Kitob markazida vakillik hisobvarag‘ini ochishlari lozim.

Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i ikki xil ochilishi mumkin:

•  Tijorat  bankining  har  bir bo‘limi  uchun Markaziy  bankning  hududiy  bosh 

boshqarmasida alohida vakillik varag‘i ochiladi.

•  Faqat  Bosh  bankka  Markaziy  bankning  Hisob-kitoblar  Markazida  yagona 

vakillik hisobvarag‘i  ochiladi, ya’ni Markaziy bank faqat Bosh bankka banklararo 

operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Vakillik  hisobvarag‘i  ochilayotganda  Markaziy  bankning  hududiy  bosh 

boshqarmasi o‘rtasida vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.  Tijorat 

banki  vakillik  hisobvarag‘i  ochilishini  rasmiylashtirish  uchun  quyidagi  hujjatlar 

taqdim etiladi:

•  Hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi ariza;

•  Soliq  to‘lovchining  identifikatsiya  raqami  berilganligi  to‘g‘risida 

guvohnoma nusxasi;

•  Bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi 

Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;

•  Statistika  idoralari  tomonidan  berilgan  korxona  va  tashkilotning  yagona 

Davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;



114


•  imzolar va muhr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlangan nusxasi.

Vakillik  hisobvarag‘i  Markaziy  bank  farmoyishiga  ko‘ra  ochiladi.  Vakillik 

hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitorlari Milliy Axborot  Bazasi 

(BDMAB)  belgilaydi.  Vakillik hisobvarag‘i  ochish to‘g‘risidagi  farmoyish tijorat 

banki  hududiy  boshqarmasi  va  bo‘limiga,  uning  nusxasi  Respublika  Markaziy 

bankining Toshkent shahar Hisob-kitob Markaziga jo ‘natiladi.

Shunday  qilib,  bankning  vakillik  hisobvarag‘i  bu  -   tijorat  bankiga 

O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  Toshkent  shahar  Hisob-kitob 

Markazida  ochilgan  hisobvaraq  bo‘lib,  u  banklararo  hisob-kitoblarni  o‘tkazishga 

mo‘jallangan.  Tijorat  banklarining  filiallariga  esa  Bosh  bankda  vakillik 

hisobvarag‘i ochiladi.

Yuqorida  ko‘rsatilgan  vakillik  hisobvarag‘i  Toshkent  shahar  Hisob-  Kitob 

Markazida  yuritilib,  Hisob-Kitob  Markazi  uchun  passiv  hisobvaraqlardir. 

Mablag‘larning  kelib  tushishi  va  hisobvarag‘  qoldig‘i  hisobvaraqning  kredit 

qismida,  mablag‘larning kamayishi  esa uning  debet  qismida aks  ettiriladi.  Barcha 

to‘lovlar vakillik hisobvarag‘i qoldig‘i chegarasida amalga oshiriladi.

Har  bir bankning  balansida ham  vakillik hisobvarag‘i  ochiladi va yuritiladi. 

Bu  hisobvaraq  bank  balansining  aktiv  qismida  yuritilib,  bankning  ichki  vakillik 

hisobvarag‘i  deb  nomlash  mumkin.  Bosh  bankning  ichki  vakillik  hisobvarag‘i 

10301  -  balans hisob raqamida yuritiladi.  Tijorat bankining Hisob-kitob Markazida 

ochilgan 21302  -  vakillik hisobvarag‘i  tashqi  vakillik hisobvarag‘i  deb  yuritiladi. 

To‘lovni  amalga  oshirish  uchun  asosiy  mezon  operatsion  kunning  boshida  ichki 

va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanmalarning va qoldiq mablag‘larining bir- 

biriga mos  kelishi hisoblanadi.  To‘lovning  eng katta summasi  cheklanmagan.  Har 

kuni  ertalab  hisob  markazi  tomonidan  berilgan  tijorat  banki  hisobvarag‘idan 

ko‘chirmasi  tijorat  banki  tomonidan  tasdiqlangandan  so‘ng  ushbu  hisobvaraq 

bo‘yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi.


Download 83,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish