Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishig’a ishq o’tidin zarraye yetsa bo’lur giryon,
Bo’lur besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub yondim firoqingda,
Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zavon o’rtar.
Ushbu g’azalni o’qir va (Murodjon Ahmedov ijrosidagi) ashulasini tinglar ekansan, beixtiyor Eduard Mejelaytisning “Tungi kapalaklar”idagi ushbu mulohazaga kelasan: “Faqat yurakdan sizib chiqqan, ustidan ruhning betakror jilolari qandaydir ilohiy yog’dudek miltillab turgan so’zlargina fusunkor, hayajonli bo’ladi, titrab turadi. So’zning poetik qudrati, so’zning mavjudligi uning musiqiyligidadir”. Mashrabdek katta Shaxsga xos katta Darddadir.
Monologning ichki ko’rinishi(bunda personajlar o’z-o’zlari bilan ichdan gaplashadilar) epos va dramada ko’plab uchraydi. Ichki monologda qahramon qalbidagi yashirin o’ylarini, fikr-mulohazalarini kitobxon bilan baham ko’radi. Eposda bu kengroq, batafsilroq ifodalansa, dramada judayam keskin va dramatizmga boy shaklda voqye bo’ladi.
Jumladan, Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida Ali Qushchi Abdulatif oldidan boqqa chiqqanida uning qalbidan quyidagi o’y-saboqlar kechadi:
“hayhoth Kim aytmish, bu noraso dunyoda haq va adolat yo’q debh Borh Kimki, bu dunyoda yomonlik qilsa – xoh shoh bo’sin, xoh gado jazosiz qilmaydih Insonga aql va shuur shu maqsadda berilgankim, bu teran haqiqatni tushunsinh Kimki bu haqiqaqga tushunmay, adolatsizlik yo’lini tutar ekan, oxiri voy bo’lishi muqarrarh..
Badiiy asarda turli-tuman personajlar qatnashar ekan, albatta, ularning har biriga xos nutq ham yaratilishi kerak. Bu nutq tipikligi va individualligi, obrazliligi bilan har bir shaxsning dunyoqarashini, tajribasini, xulq-atvorini, ma’naviyatini, salohiyatini, boring-chi, butun borlig’ini mubolag’ali va ishonchli qilib ochib berishi-ko’rsatishi lozim. Chunki har bir odamning nutqida uning bo’yi-basti(ruhiy kayfiyati, his-tuyg’ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so’z-xarakter ko’zgusi sanaladi. Personaj nutqi dialog va monolog vositasida voqye bo’ladi.
Dialog(lat.dialogos-ikki kishi o’rtasidagi so’zlashuv) – ikki yoki undan ortiq personajlar o’rtasidagi nutq shaklidir. U asarda har bir qahramonning xarakterini, ruhiyatini, o’y-orzularini ifodalaydi, o’zining jo’shqinligi, ma’nodorligi qisqaligi va ixchamligi bilan diqqatni jalb etadi:
Siz... qochqoqsiz, - dedi
Siz...
Men?
Siz quvloqsiz.
- Ajab qilaman, dedi Kumush va shapalog’i bilan erining yuziga sekingina urib qo’ydi.
Bu yoqqa ham...
U yoqqa Zaynab ursin.
Zaynabni... urishga haqqi yo’q.
Kumushning ko’zida haligacha ko’rinmagan bir shodlik o’ynaydi:
To’g’ri aytasizmi?
To’g’ri aytamanh
- Mana bo’lmasa, - dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini silagandek qilib qo’ydi. Yana kulumsirashib, termulishib qoldilar... (322-bet).
Ushbu dialog qa’rida qahramonlarning shu paytgacha tortgan iztiroblariyu azoblari, ahdu paymonlarga sodiqliklari, sevgi-muhabbat tuyg’usining hayajoni judayam qabariqli va qisqa tarzda, dilbar ko’rinishda ifodasini topgan. Shuning bir qirrasini ko’raylik: Kumush “U yoqqa Zaynab ursin” deganida, Otabek “Zaynabning... urishka haqqi yo’q” javobini aytadi. Bu bilan Kumush muhabbatiga hamon oshnoligini, o’sha bilan yashayotganini, uni hyech vaqt unutmaganini, Zaynabga nisbatan “tirik haykal”ligini... bildiradi, xarakterining sobitligini isbotlaydi, qalbidagi hokim tuyg’uning haroratini uzatadi.
ha, badiiy dialog holatni, o’y-xayolni talqin qilmog’i - uning ochiq mazmunidan yashirin mohiyati sari borishga kitobxonni “majbur” qilishi – bosh talabdir.
Monolog (gr.monos-bir va logos-so’z, nutq) badiiy asardagi qahramonning o’z-o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqidir. Bu nutq, odatda, qahramonlarning ichki iztirob va dardlarining “po’rtanalari”, “to’lqinlari”ni ifoda qiladi. Lirik asarda monologning tashqi ko’rinishi (bunda lirik qahramon o’z nutqini ovoz chiqarib ifoda qiladi) yaqqol ko’zga tashlanadi, lirik qahramonning ichki tug’yonlarini ochish orqali uning xarakterini namoyon etadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |