8-mavzu: Badiiy nutq uslubi



Download 92,5 Kb.
bet6/7
Sana25.09.2021
Hajmi92,5 Kb.
#185110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8- Y mavzu BADIY NUTQ

Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,

Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishig’a ishq o’tidin zarraye yetsa bo’lur giryon,

Bo’lur besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub yondim firoqingda,

Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zavon o’rtar.
Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay,

Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarim nihon o’rtar.
Na qattig’ kun ekan, jono visolingdin judo bo’lmoq,

Meni ohim tutunig’a zaminu osmon o’rtar.
Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,

G’aming boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Bu Mashrab dardiki, jonoki, hyech kim boshig’a solma,

Agar mahsharda oh ursam, behishti jovidon o’rtar.1

(Boborahim Mashrab)


Ushbu g’azalni o’qir va (Murodjon Ahmedov ijrosidagi) ashulasini tinglar ekansan, beixtiyor Eduard Mejelaytisning “Tungi kapalaklar”idagi ushbu mulohazaga kelasan: “Faqat yurakdan sizib chiqqan, ustidan ruhning betakror jilolari qandaydir ilohiy yog’dudek miltillab turgan so’zlargina fusunkor, hayajonli bo’ladi, titrab turadi. So’zning poetik qudrati, so’zning mavjudligi uning musiqiyligidadir”. Mashrabdek katta Shaxsga xos katta Darddadir.

Monologning ichki ko’rinishi(bunda personajlar o’z-o’zlari bilan ichdan gaplashadilar) epos va dramada ko’plab uchraydi. Ichki monologda qahramon qalbidagi yashirin o’ylarini, fikr-mulohazalarini kitobxon bilan baham ko’radi. Eposda bu kengroq, batafsilroq ifodalansa, dramada judayam keskin va dramatizmga boy shaklda voqye bo’ladi.

Jumladan, Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida Ali Qushchi Abdulatif oldidan boqqa chiqqanida uning qalbidan quyidagi o’y-saboqlar kechadi:

“hayhoth Kim aytmish, bu noraso dunyoda haq va adolat yo’q debh Borh Kimki, bu dunyoda yomonlik qilsa – xoh shoh bo’sin, xoh gado jazosiz qilmaydih Insonga aql va shuur shu maqsadda berilgankim, bu teran haqiqatni tushunsinh Kimki bu haqiqaqga tushunmay, adolatsizlik yo’lini tutar ekan, oxiri voy bo’lishi muqarrarh.. Mana, shahzodah Toju taxt va shon-shavkat ishqida o’z padarini qatl qilishdan ham toymagan edi, allomalar sarvari yoqqan ilm mash’alini so’ndirib, Movarounnahrni zulmat qo’yniga tashlagan edi, oqibati ne bo’ldi? hah Bu foniy dunyoda ham haq va adolat bordur. Bundan mo’minlarga qatlu qirg’in keltirgan, mehr-shafqat o’rniga jabru jafo, ilmi ma’rifat o’rniga zulmat urug’ini sochgan hyech bir kimsa intiqomsiz qolmaydurh..” (“Ulug’bek xazinasi”, T., G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994, 309-bet).

Ko’rinadiki, monolog ham qahramon ruhiy dunyosini ochadi va o’z kashfi bilan asar mohiyatini chuqurlashtiradi, bosh maqsadni yoritishga, tirikligini ta’minlashga hissasini qo’shadi.

Yana “... yozuvchi so’zlarni siqilgan mushtday ixcham ishlatish uchun va boshqalar tomonidan qattiq siqishtirilgan so’zlarni yoziltirib yuborish, ularda yashiringan, davr vazifalariga qarama-qarshi bo’lgan, umri tugagan narsalarni fosh bo’ladigan darajada yoziltirib yuborish uchun maqollarni o’rganish zarur”(M.Gorkiy, Adabiyot to’g’risida, 98-bet).

Xullas, badiiy asar tili go’zal bo’lishi kerak, chunki san’atkorning vazifasi go’zallik yaratishdir. Buning uchun tasvir etilayotgan xulq, manzara, holat so’z tufayli kitobxonning ko’z oldida aniq (ushlab ko’radigan darajada) va yorqin (bironta xira qiladigan chiziq bo’lmasligi), borlig’icha namoyon bo’lishi lozim. Badiiy asar tili – muallif nutqi va personajlar nutqi deb nomlanadigan bir-biri bilan murakab bog’lanishda bo’lgan ikkita katta qismdan iborat.

1. Muallif nutqi. Muallif barcha asarlarining hikoyachisi bo’lganligi sabab, u “qo’mondonlik” vazifasini bajaradi: har bir personajning o’rnini, o’y kechinmalarini, fikr-mulohazalarini, harakatlantiruvchi muhitning shart-sharoitlarini, muomala – munosabatlarini ta’rif-tavsiflash, ko’rsatish orqali - hammasini bir maqsadga – asarda ifodalanayotgan fikr – g’oyani ro’yobga chiqarish uchun harakatga keltiradi. Bu harakatning zarur ikir-chikirlarigacha tasvirlaydi. Ularni bir-biriga mustahkam qilib bog’laydi. Go’yo qildan arqon to’qiydi. Va “arqon”ning qanday to’qilganini kitobxonga tushuntirib boradi. Ayni paytda, tasvirlanayogan hamma narsa (obraz, muhit, tafsilot, detal)ga munosabatini bilvosita bildiradi. hatto, G’aybullo as-Salom aytganlaridek “Bir atirning o’zi har xil odamda har xil hid taratadi”.

Bitta misolga, “O’tgan kunlar”dagi “Qudalarni kutib olish” bobidagi bir lavhaga diqqat qilaylik: “hasanali yo’lakka qarab imladi... Qip-qizarg’an holda Kumush ko’rindi: paranjisi qo’lida, qora atlas ko’ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro’mol boshida. Shahlo ko’zlari kulumsirashga yaqin holda, uyatlik edilar.

hasanali tanitti:



  • Mana bu kishi qayin onangiz – bekoyim bo’ladilar.

Kumush salom berdi va qo’lidag’i paranjisini yerga tashladi, yugurib kelib o’zini o’zbek oyimning quchog’iga oldi. O’zbek oyim ham uni mahkam siqib, quchaqlab olg’an, yuzidan shap-shap o’pib, aylanib, o’rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig’lar edi”(311-bet).

Ushbu lavhadagi hasanalining “Mana bu kishi qayinonangiz bek oyim bo’ladilar” gapidan tashqari hammasi yozuvchining nutqidir. Yozuvchi Kumush va O’zbekoyimning ko’rinishidan boshlab to ularning holatlarigacha, holatlaridan hatti-harakatlarigacha, harakatlaridan ichki ruhiy kechinmalarigacha xarakterlaydi. Bu nutq aniq, tiniq, yorqin, bo’yoqdor, jonli bo’lgani sabab, ochiq aytilmagan ko’p gaplarni ham ilg’aydi, sezadi. Chuqurroq tahlil etsa uning mohiyatiga ham yetadi.

Kitobxon “Shahlo ko’zlari kulumsirashga yaqin holda uyatlik Kumushning” salom berishini, qo’lidagi paranjisini yerga tashlab, shoshib yoki yurib emas, balki yugurib kelib O’zbekoyimning quchog’iga kirib ketishi – behad sog’ingan, bu uchrashuvni intiqib kutgan yaqin odamning samimiyatiga teng, balki undan ham zo’rroq odamiylik nuri bor edi. Bu nur Kumushni ko’rmasdan, unga adolatsizlik qilgan, sodda dil, “dumbul tabiatli O’zbek oyimni birdan o’ziga keltiradi: U qilmishlariga pushaymon bo’ladi, Kumushning samimiyligidan unda ham odamiylik uyg’onadi. (Buni yozuvchi “nima uchundir” deydi xolos) Kumushni mahkam quchoqlab emas, “mahkam siqib quchoqlab” oladi, yuzidan shap-shap “tinimsiz” o’padi, aylanayin, o’rgilayin deya, ko’z yosh to’kmaydi, balki, “tikilib-tikilib yig’laydi”. Shuning uchun ham bu lavhani qayta-qayta o’qigan yirik san’atkor Odil Yoqubov deydi: “Bir kitobxon sifatida buni men ham sezaman va beixtiyor ko’zimga yosh olaman... Yozuvchining mahorati deb, o’z qahramonining dilini bilishi deb – mana buni aytadilarh..”

Mana shu misolning o’zidanoq ko’rinadiki, avtor nutqi badiiy asar qurilishida asosiy o’rinni egallaydi. U doimo adabiy til normalari asosida ish ko’radi, vulgarizm, varvarizm, jargonizm, sheva so’zlarga o’xshash leksik boyliklardan uzoqda bo’ladi. Faqatgina bir holatda, voqea yozuvchining nutqi bilan emas, balki hikoyachi nutqi orqali (“Shum bola”, “Mening o’g’rigina bolam”- G’.G’ulom, “Davr mening taqdirimda” - A.Muxtor) olib borilganda istisno bo’lishi mumkin. Unda hikoyachining yoshi, jinsi, saviyasi, ma’naviyati, madaniyati, shevasi, kasbi-kori aks etishi tabiiydir.





Download 92,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish