Boshqaruv deb qo’yilgan maqsadga erishish uchun uning tashkiliy, rejalashtirish, hisoblash, tahlil, nazorat, rag’batlantirish funktsiyalarini bajarishga aytiladi.
Boshqaruvning tashkiliy funktsiyasi deb tashkilotning strukturasi va normativ hujjatlar kompleksini ishlab chiqishga aytiladi. Normativ hujjatlarda xodimlarning shtatlar jadvalida bo’ysinish tartibi, mahsuliyati, kompetentlik sohasi, huquq va burchlarini ko’rsatiladi.
Boshqaruvning rejalashtirish funktsiyasi deb rejalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga doir harakatlar tushuniladi.
Boshqaruvning hisob funktsiyasi deb firmaning ko’rsatkichlarini ishlab chiqish yoki tayyor formalardan foydalanish faoliyati, jumladan buxgalteriya hisob ishlari, moliyaviy hisob ishlari, boshqaruv hisobotlarini tayyorlash kabi ishlarni bajarish tushuniladi.
Boshqaruvning tahlil funktsiyasi deb plan va zakazlarni bajarish, tahsir etuvchi faktorlarni aniqlash, resurslarni aniqlash, rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish kabi faoliyat tushuniladi.
Boshqaruvning nazorat funktsiyasi deb planlarni bajarilishi, resurslarni sarflanishi, molyaviy mablag’larni sarflanishini nazorat qilish tushuniladi.
Boshqaruvning rag’batlantirish funktsiyasi deb xodimlar mehnatini rag’batlantirish usullari tushuniladi. Rag’batlantirish ikki xil, ya’ni moddiy ( pul, mukofotlar, mansabda ko’tarish) va ma’naviy (rahmatnoma, gramotalar, unvonlar va darajalar berish, hurmat taxtasiga chiqarish) bo’ladi.
Keyingi yillarda qaror qabul qilish (QQQ) tushunchasi va u bilan bog’liq QQQni qo’llab-quvvatlash (QQQQQ) usullari, vositalari paydo bo’ldi.
QQQ-maqsadga erishish uchun boshqaruv obyektiga vaziyatni tahlil qilib reja ishlab chiqish asosida qilingan ta’sir tushuniladi.
2.2. Ixtiyoriy tashkilotning boshqaruv strukturasi uch darajaga bo’linadi: operativ-quyi, funktsional-o’rta va strategik-yuqori. Tashkilot boshqaruvining darajalari, hokimiyat, ma’suliyatning o’sishi va QQQ dinamikasini boshqaruv darajalari piramidasida tasvirlash qabul qilingan.
Boshqaruvning quyi-operativ bo’g’inida ko’p marta takrorlanadigan va axborotning o’zgarishiga tez reaktsiya qilinishi kerak bo’lgan masalalar va amallar yechiladi.
2.1.-rasm. Boshqaruv darajalari piramidasi va unda hokimiyatning o’sishi, murakkablashuvi, ma’suliyatning ortishi, QQQ dinamikasining o’sishining tasvirlanishi.
Boshqaruvning quyi-operativ bo’g’inida yechilishi kerak bo’lgan masalalar dinamikasi, hisob masalalari juda ko’p. Misol sifatida tashkilotda kundalik vaqt, xom-ashyo, moddiy resurslar sarflarini hisoblash, buxgalteriya hisob-kitob ishlarini qarash mumkin.
Boshqaruvning o’rta-funktsional bo’g’inida dastlab vaziyat to’g’risidagi birnichi bo’g’inda tayyorlangan axborot tahlil qilinadi va so’ng QQQ. Bu bo’g’inda boshqaruvning tahlil funktsiyasi kerak bo’ladi. Yechiladigan masalalar soni kamayadi, lekin, ularning murakkabligi va ma’suliyat oshadi. Boshqaruvda QQQ vaziyat to’g’risidagi ma’lumot kelib tushishidan mahlum muddatga kechikadi. Masalan, savdoda mahsulotga bo’lgan talablar va mahsulotga qo’yilgan baholar statistk tahlil qilingach, kerakli mahsulotlarni ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qilinadi. QQQ ning natijalari bir muncha vaqt o’tgandan keyin bilinadi.
Boshqaruvning yuqori-strategik bo’g’inida tashkilotning strategik, uzoq yillarga mo’ljallangan maqsadlari to’g’risida QQQ. Natijalar uzoq yillardan keyin bilinadi va bu bo’g’inda boshqaruv funktsiyasining strategik planlashtirish funktsiyasi kerak bo’ladi. QQQ haqidagi ma’suliyat juda yuqori va ko’p jihatdan ish boshqruvchilarning mahorati, bilimi, intuitsiyasiga bog’liq. Masalan, tashkilotning moliyaviy holatini tahlil qilib, ma’lum bir tovarlar ishlab chiqarish ko’paytirilgan (kamaytirilgan, xodimlar soni kamaytirilgan) bo’lsin. QQQ to’g’riligi ancha muddatdan so’ng bilinadi va u firmaning hayot-mamotini aniqlaydi.
2.3. Tashkilotning xodimlari-bu turli xil klassifikatsiyaga ega bo’lgan quyi bo’g’indagi sekretarlar va ish bajaruvchi menedjerlardan boshlab, o’rta bo’g’indagi menedjerlar, mutaxassislardan, toki, tashkilotning strategik QQQ mutaxassislari va ish boshqaruvchi menedjerilardan, boshliqlaridan iborat bo’ladi. Ularni ham boshqaruv piramidasida tasvirlash qabul qilingan.
2.-2 rasm. Boshqaruv darajalari piramidasi va xodimlarning kvalifikatsiyasi.
Boshqaruvning yuqori bo’g’inida yuqori malakali menedjerlar, firmaning boshlig’i, uning o’rinbosarlari (rektor, prorektorlar) joylashadi. Ularning bosh vazifasi strategik rejalar qabul qilish va firmani boshqarish.
Boshqaruvning o’rta bo’g’inida o’rta malakali menedjerlar va mutaxassislar joylashadi (bo’lim, fakulg’tet, tsex, smenalar, uchastkalar boshliqlari, ilmiy xodimlar va h.k.). Ularning bosh vazifasi firmani funktsional rejalarini qabul qilish va taktik masalalarni yechish.
Boshqaruvning quyi bo’g’inida quyi malakali menedjerlar, ish bajaruvchilar joylashadi. Ularning asosiy vazifasi- vaziyatga o’z kompenetentsiyalari doirasida operativ reaktsiya qilish.
Tashkilotda standart protseduralar mavjud. Standart protseduralar-bu har xil vaziyatlarda topshiriqlarni bajarishning aniq va ravshan qoidalari. Ular tashkilot faoliyatinig barcha tomonlarini qamrab oladi: oddiy texnologik operatsiyadan tortib to hujjatlarni yuritish, hattoki, xodimlarning o’zaro munosabatlarigacha o’z ichiga oladi.
Tashkilotning submadaniyati- tashkilot ichidagi tassvurlar, printsiplar va ahloq-odob va yurish-turish normalaridan iboratdir. Bunday submadaniyat har bir tashkilotda mavjud.
AT izlarga misol sifatida quyidagilarni keltiramiz.
Iste’molchilar sinfini aniqlovchi AT izlar. Ba’zi AT izlar tovar sotishda iste’molchi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni yozib oladi va sotilayotgan tovarlar miqdori va iste’molchilarning qiziqishlarini tahlil qilib, ba’zi tovarlar narxini kamaytiradi (kam ta’minlangan ko’p miqdordagi iste’molchilar uchun, ularga kreditlar beradi), ba’zi tovarlar narxini ko’paytiradi (kam miqdordagi ko’p ta’minlagan iste’molchilar uchun, ularga reklamalar, yangi xizmatlar taklif qiladi, masalan, tovarlarni uyga etib berish). Natijada firma o’z klientlarini ko’paytiradi.
Tovarlar oqimini tezlashtiruvchi AT izlar. Firma tashkilotlarga, masalan, bolnitsa, o’quv yurtlariga xizmat qilsin. Omborda ko’p narsa ushlab turish mumkin emas deylik. Firma tashkilotlarga talablarni kiritish mumkin bo’lgan terminallar o’rnatadi. Ularga qarab omborga mahsulotlar olib keladi.
Tovarlar tannarxini kamaytiruvchi AT izlar. Ba’zi AT izlar tovar sotishda iste’molchi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni yozib oladi va sotilayotgan tovarlar miqdori va iste’molchilarning qiziqishlarini tahlil qilib, ba’zi tovarlar narxini kamaytiradi (kam ta’minlangan ko’p miqdordagi iste’molchilar uchun, ularga kreditlar beradi). Natijada firma o’z klientlarini ko’paytiradi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) o’zining organic tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (profilaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnologiyalarni boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular buspesifikasidan kelib chiqib avtomatik bo‘lolmaydi. Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgartirib boriladi), ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlab topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi mumkin, bu tizimni boshlang’ich axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar).
Do'stlaringiz bilan baham: |