Avtomatlashtirilgan ish joyi Foydalanuvchi-iqtisodchi va Foydalanuvchi-boshqaruvchi alohida axborot tizimlari bilan birga, ularning bir kompleksga birlashgan majmuini ham ishlatishlari mumkin. Qaror qabul qiluvchi shaxs bo‘lgan boshqaruv xodimining maqsadlarini amalga oshirilishiga yordam beruvchi ta’minlovchi va funksional texnologiyalar kompleksi AIJ (avtomatlashtirilgan ish joyi)lar asosida amalga oshiriladi. AIJning maqsadi qaror qabul qiluvchi shaxsning oldiga quyilgan maqsadlarga erishish uchun kerakli qarorlarni tayyorlash va qabul qilinishini axborotiy ta’minlashdir.
Shaxsiy EHMlar paydo bo‘lishi bilan birga, ularni bevosita xodimlarning ish joyiga o‘rnatish va dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yangi instrumental vositalar bilan jihozlash imkoniyatlari yuzaga keldi. Avtomatlashtirilgan ish joyi – bu aniq predmet sohasidagi boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, bevosita ish joyida o‘rnatilgan axboriy, dasturiy va texnikaviy zahiralar bilan ta’minlangan personal kompyuterdir. AIJ butun funksional axborot texnologiyasini yoki uning bir qismini o‘z ichiga oladi. U yoki bu AIJga funksional axborot tizimining qaysi qismi mos kelishi obyektni boshqaruv strukturasida maqsadlarni taqsimlash (dekompozitsiya) bo‘yicha belgilanadi.
Identifikatsiyalash murojaat qilish subyektlariga identifiqatorlarni taqdim etish va (yoki) ko’rsatilgan identifiqatorlarni, egalari (tashuvchilari) obyektga kirishga ruxsat etilgan, oldindan taqdim etilgan identifiqatorlar ro’yxati bilan taqqoslashdir.
Autentifikatsiyalash murojaat qilish obyektlarini ular ko’rsatgan identifiqatorlarga to’g’ri kelishligini tekshirish, haqiqiyligini tasdiqlashdir.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifiqatori (nomi) bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funktsiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining identifiqatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.
Autentifikatsiya (Authentication) – ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o’tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o’z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.