8-MAVZU: ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.
REJA:
1. Oligofreniyani kelib chikish tarixi.
2. Kelib chikish sababi va patogenezi.
3. Akli zaiflikning turlari.
Oligofreniya deganda homilaning ona qornida, tugilishda yoki ilk chaqaloqlik yoshida bosh miyasining zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan aqli zaiflik tushuniladi. Turli sabablar, kasalliklar natijasida umumiy, jismoniy hamda aqliy tomondan taraqqiyotda orqada qolish mumkin. Bunday bolalarni infantil yoki ruhiy rivojlanishi sustlashgan (rrs) bolalar deyiladi. Bu toifa bolalar ham aqli zaif bolalarga kirmaydilar.
Oligofrenopedagogikada aqli zaiflikning uch darajasi haqida bilimlar beriladi. Aqli zaiflikning yengil darajasi – debillik deb yuritiladi.
Urtacha darajadagi aqli zaiflikni esa - imbetsillik deb nomlanadi, Akli zaiflikning ogir darajasini - idiotlik deb yuritiladi.
Qisqacha bularning har biri haqida to’xtalib o’tamiz.
Debil bolalar akli zaiflikning eng yengil darajasi bo’lib, yordamchi maktabning 8 yillik dastur materiallarini muvaffaqiyatli egallaydilar. Bu bolalar yordamchi maktabni bitiriщ bilan birga ma’lum kasb, mutaxassislik ham egallaydilar.
Imbetsil bolalar ommaviy tarzda ta’limga jalb etilmaydi. Bu toifa bolalarning ayrimlari yordamchi maktab qoshlarida tashkid etilgan imbetsil bolalar sinflarida tajriba tarzida uqitiladi. Bu bolalarning bilim olish darajalari birmuncha cheklanganligi sababli, ularning barchasi uqiy olmaydilar. Bu darajadagi aqli zaif bolalar mustaqil hayot kechira olmaydilar.
Aqli zaiflikning ogir darajasi idiotlik deb yuritilib, ular umuman ta’limga jalb etilmaydi. Bu toifa akdi zaif bolalar ijtimoiy-ta’minot muassasalarida saqlanadilar. SHu muassasalarda bunday bolalar tarbiyalanadilar, davolanadilar. Bu bolalarda nutq deyarli rivojlanmagan. O’z-uzlariga xizmat qilish malakalari deyarli shakllanmagan. Bu bolalarning harakat tizimlari ham buzilganligi oqibatida ularning yurishggurishlari ham o’ziga xos kurinish kasb etadi. Bu bolalardagi barcha salbiy xislatlarga qaramasdan, ularda ham ma’lum darajadagi elementar kunikma, malaka, odatlar tarbiyalash mumkin.
1950 yillardan keyin I.P.Pavlov ta’limotini chuqurroq, ijodiy urganish asosida aqli zaiflikni tor tushunishga chek quyildi. Bu ta’limot asosida "himoyalovchi-saqlovchi" jarayonning mohiyati ochib berildi. Ruhiyatning reflektor nazariyasi markaziy asab tizimining kasallanishi natijasida ish qilish qobiliyatining buzilishini oydinlashtirib berdi. Akli zaif bolalar oliy asab faoliyatlarining xususiyatlari borasida A.R.Luriya, M.S.Pevzner tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlar juda katta nazariy ahamiyatga ega buladi. 1962 yildagi Xalqaro kengash oliy asab faoliyati fiziologiyasining filosofik masalalarini tugri tahlil qilishga yordam berdi.Oligofrenlar klinik jihatdan turli xil bolalardir. Oligofreniya - bu bola markaziy asab tizimining turli kasalliklar oqibatida nutqi chiqquncha, 1-2 yoshgacha boshidan kechirgan kasallik oqibatidir. Bunday kasalliklarga nasliy kasalliklar, homilaning ona qornidagi zararlanishi, tugilish vaqtidagi jarohatlar kiradi. Oligofreniyani keltirib chiqaruvchi sabablar turli-tuman bulsa-da, ularga xos belgilar mavjud. Bu belgi kasallik bola rivojining ilk davrida zararlanish va undan keyin kasallikning tuxtashi, rivojlanmasligidir. Oligofreniyada ruhiy rivojlanish nuqson asosida davom etib, olalar amalda soglom bo’ladilar. Oligofren bolalarning ruhiy rivojlanish xususiyatlari bir-biriga uxshab ketadi. CHunki, kasallik bolada nutq chiqquncha yuz bergan buladi. Oligofren bolalarning kasallik sabablari, turlaridan qat’iy nazar, bir xil guruhni, psixologik nuqtai-nazardan yagona bir turni tashkil etadi.Adabiyotlar tahlilining kursatishicha, turli mualliflar oligofreniyada yetakchi sindrom sifatida uzlarining fikr, karashlarini ilgari surmokdalar. Kurt Levin oligofreniyada yetakchi belgi - affektiv-iroda sohalarining buzilishini ta’kidlaydi. M.Pevzner esa, oligofren bolalarda umumlashtirish qobiliyatlarining qiyinlashganini, yomonlashganini asosiy belgi sifatida ko’rsatadi. A.R.Luriya esa, oligofren bolalardagi nuщning boshqaruvchilik rolining zaif darajadaligini ta’kidlaydi. Yuqoridagi fikrlarning har birining tugriligini isbot etishning bizningcha, hojati yuq. CHunki, oligofreniyada yuqorida ko’rsatib o’tilgan: umumlashtirishning qiyinlashuvi, hissiyot-iroda sohalarining rivojlanmasligi, nutqning yetarli rivojlanmasligi. hamda ularning faoliyatini boshqara olmasligi yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Aytib o’tilgan xususiyatlarga qaramay yetakchi, markaziy nuqsonni ajratib kursatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |