Kuyib o‘rtanmish elning xokidurman.
Avazkim, nazm elin cholokidurman,
Boshin olmoqqa xonning pokidurman”.
Abayning “Nasihatlar” kitobidan berilgan pandlarni darslikda ancha-muncha ixchamlashtirgan holda mazmunan o‘quvchi uchun mos keladiganlarini saralagan holda berish joiz. Negaki, Abay nasihatlari adibning muayyan yoshdagi hayotiy tajribalari mahsuli sifatida 6-sinf o‘quvchisiga og‘irlik qiladi. Natijada hayotiy misollar bilan dalillanganmagan bu nasihatlarni o‘quvchi yuzaki qabul qiladi va tez yoddan chiqaradi. “Nasihatlar”dagi “Yettinchi so‘z”, “O‘n yettinchi so‘z”lar o‘quvchini qiziqtira olarmikan? “O‘n yettinchi so‘z” dagi Aql va G‘ayrat Yurakka, ya'ni ko‘ngilga bo‘ysunishi kerak degan fikr ham nisbiy va munozaralidir. Ko‘ngil istagi va amri bilan qilingan hamma ish ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. “O‘ttiz yettinchi so‘z”dan o‘rin olgan “G‘ayratsiz jahl – tul, qayg‘usiz oshiq – tul, shogirdsiz olim – tul” (2-qism, 81-bet) nasihatini o‘quvchiga qanday tushuntiramiz? Qolaversa, shu qismdan o‘rin olgan 2-,3-,8,-9-,15-nasihatlarni ham o‘quvchi hazm qila olmaydi.
Bolani kitobxon qiladigan, uni kitoblar olami sari yo‘llaydigan asosiy omil darslik. Agar shoir yoki yozuvchi ijodidan berilgan namunalar bolani o‘ziga rom etsa, u albatta, ijodkorning boshqa asarlarini ham izlab topadi. “Rangin tuyg‘ular” bo‘limi Zulfiya ijodi bilan boshlanadi. Ammo shoira ijodidan berilgan she'rlar o‘quvchini shoira ijodidan uzoqlashtiradi. Holbuki, shoiraning o‘quvchi yoshiga mos asarlari ham bor edi. Berilgan she'rlar na o‘quvchi tuyg‘ulariga ta'sir qiladi, na she'rlar yuzasidan berilgan ilmiy tahlillar uni qoniqtiradi. Zulfiyaning “Nevara”, “Men o‘tgan umrga” she'rlarida murakkab va katta hayotiy yo‘lni bosib o‘tgan ayolning umr haqidagi falsafiy qarashlari bayon etilgan. Bu she'rlardagi tuyg‘ularni 12-13 yoshli o‘quvchiga majburlab singdirib bo‘ladimi?
Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni “romanidan berilgan 23 sahifalik “Nizomning tantiligi” hikoyasini “Yulduzli tunlar” romanidan Bobur shaxsiga hurmat uyg‘otuvchi va shu orqali o‘quvchida insoniylik tuyg‘ularini shakllantiruvchi parcha bilan almashtirish mumkin edi.
Darslikda ijodkor tarjimai holining batafsil xronikasini berish qanchalik to‘g‘ri? Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi shu darajada ko‘pki, o‘quvchi emas, o‘qituvchi ham shoshib qoladi. Misol tariqasida Turob To‘la haqidagi ma'lumotni keltiramiz: “...yoshlar gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘zdavnashr) muharriri, “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ssenariy bo‘limi mudiri, Respublika Kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi san'at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Hamza nomidagi teatr direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish markazi rahbari” (1-qism, 27-bet) kabi. Bunday ma'lumotlar o‘quvchini chalg‘itadi, qolaversa, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar ham son-sanoqsiz va keraksiz ma'lumotlarni yod olishga qanchadan-qancha kuch sarflaydilar.
Har bir asardan keyin uning tahlilini berish ijobiy holat. Lekin tahlilda ham e'tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bor. Turob To‘laning 4 sahifalik hikoyasiga 5 betdan iborat izoh berilishi natijasida o‘quvchining fikrlashi uchun hojat qoldirilmaydi.
“Adabiyot” darsliklarini tahlil qilishdan maqsad katta mehnat va mashaqqatlar samarasi bo‘lgan kitobni yoki yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan mualliflarni tanqid qilish emas. Aksincha, bu mutaxassis sifatidagi burchimiz va vazifamiz bo‘lib, yangi darsliklarni yaratish, qayta nashr etish jarayonida nazarda tutish uchun bildirilgan taklif-mulohazadir.
Mаvzuni mustаhкаmlаsh uchun sаvоllаr
Ibtidоiy mакtаblаrdа mакtаb vа mаdrаsа tаlаbаlаrigа qаndаy fаnlаr o‘rgаtilgаn?
Nimа uchun sho‘rо huкumаti tа’lim tizimidаgi bаrchа muаssasаlаrning so‘zsiz коmmunistiк mаfкurа tizimidа bulishini istаgаn.
Dаstlаbкi аdаbiyot dаstur vа dаrsliкlаri haqida gаpirib bеring.
Darsliklarda uchraydigan kamchiliklar haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |