8-mashg’ulot geologik xaritalar turlari bilan tanishish va ularni tuzish yo’llarini o’rganish mashg’ulotning maqsadi



Download 0,63 Mb.
bet1/2
Sana18.10.2022
Hajmi0,63 Mb.
#853890
  1   2
Bog'liq
14-MASHG’ULOT.XARITALAR


8-MASHG’ULOT
GEOLOGIK XARITALAR TURLARI BILAN TANISHISH VA ULARNI TUZISH YO’LLARINI O’RGANISH


Mashg’ulotning maqsadi. Geologik amaliyotlar va mashg’ulotlar o’tkaziladigan dalalarga chiqishdan oldin geologik xarita bilan topografik xaritalarning bir-biridan farqini bilish va ulardagi ma’lumotni o’rganish.
Kerkli asbob uskunalar: har xil geologik va topografik xaritalar.
Ishning mazmuni.
Geologik tekshirishlarning muhim ish xujjatlaridan biri geologiya xaritasi xisoblanadi. Geologik xaritada tog’ jinslarining yoshi, tarkibi, paydo bo’lish sharoiti, boshqa jinslar bilan munosabati, o’rni va ular bilan bogliq bo’lgan foydali qazilmalar ko’rsatiladi. Topografik xaritalarda esa yer yuzasining tuzilishi daryolar, tog’lar ko’rsatiladi.
Geologiya xaritasining tuzilishida birinchi navbatda yer yuzasiga chiqib qolgan har xil yoshdagi tog’ jinsi qavatlari, foydali qazilmalarning shu rayon maydonlaridagi o’rni aniqlanib topografik xaritaga tegishli bo’yoq yoki shtrixlar bilan aks ettiriladi.
Geologiya xaritasini tuzish uchun geologik kengliklarda umumiy qabul qilingan har bir davr uchun tegishli rangnda bo’yoq yoki shtrix qo’llaniladi. Shuning uchun ham har bir xarita tagida shartli belgi va indekslar izohi, tepasida masshtabi va xarita muallifning nomi yoziladi. Geologiya xaritalar har xil maqsadda tuzilgan bo’ladi. Masalan: tektonika, metologiya, strukturali xaritalar, neotektonikalar, gidrologiyalar, foydali qazilmalar va boshqa xaritalar geologiya xaritasi asosida tuziladi. Har qanday xaritalarda masshtab berilishi shart. Masshtab xaritaning 2 ta ma’lum nuqtasi orasidagi masofa tegishli joydagi masofaga qaraganda necha barobar kichraytirilib olinganligini ko’rsatuvchi ko’rinishdagi sonlar ifodasidir.
Xaritalarda odatda sonli masshtab o’rniga chiziqli masshtab ham beriladi.
O’zbekistoning geologiya xaritasi har xil masshtabda tuzib chiqilgan. Geologiya xaritalari mayda masshtabli yoki obzorli bo’lib, davlat xaritalari hisoblanadi. Masalan: 1:5000000; 1:1000000 masshtabli xaritalar kiritiladi. Tuman, viloyat, o’lka xaritalarining masshtabi 1:200000; 1:100000; 1:50000 hatto 1:25000 bo’lishi mumkin.
Geologiya xaritalar ayrim maydon rayon yoki konlar uchun 1:10000, 1:5000, 1:1000 va bundan ham yirik masshtablarda bo’lishi mumkin.
Har qanday geologik, geografik xaritalarning qarab qilingan shartli belgilari ro’yxati va izohi bo’ladi. Shartli belgilar indekslar yordamida tog’ jinslarining yoshini, tarkibini xaritalardan o’qish mumkin. Geografiya xaritasida shartli belgilar stratigrafik kesma turda, oddiy sxema chizmalarida ham berilishi shart.
Geologiya xaritalariga beriladigan ranglar 1881 yilda akademik A.P.Karkinskiyning taklifi bilan Bolonya shahrida bo’lgan xalqaro geologik kongressda tasdiqlangan. Magmatik jinslar tarqalgan maydonlar tog’ jinsining tarkibiga qarab: nordon jinslar qizil, och qizil: asosli jinslar to’q yashilga bo’yaladi.
Geologiya xaritalarida, sxema va kesimlarda aks ettirilgan turli qavatlarning yoki shu qavatlarga tegishli yosh nomi, harfi va ularning qismlari raqamlar bilan belgilanadi. Geologiya xaritalarida biror davr qismlari rangi biri ikkinchisiga o’xshash bo’ladi, shu vaqtda indeks va raqamlar xaritani o’qishni yordam beradi.
Ko’pchilik xaritalarda qatlamlarning yotish elementi, strukturalari va u yerda bo’lgan shurf, konova, buru, mineralli zonalar ham beriladi. Buni quyidagi geografiya xaritalari, profil va kolonkalarga qo’yiladigan shartli belgilar va ularning nomlaridan bilib olish mumkin.
Geologik xaritalash jarayonida hamma ajratilgan geologik ob’ektlar dala xaritasiga shartli belgilar yordamida tushirilib boriladi. Bunda asosiy e’tibor geologik chegaralarga, tog’ jinslarining tarkibiga, organik qoldiqlarga va ma’danli nuqtalarga qaratiladi.




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish