8-ma’ruza: xorij ta'lim tajribasida differensial, integrativ va masofaviy ta'lim masalalari reja



Download 313,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana05.04.2022
Hajmi313,08 Kb.
#530514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-m. Dif.integ.masofa docx

Integratsiya
(lot. Integeration-tiklash, to‘ldirish, birlashtirish. Integeryaxlit) 
sintezlab bir butun qilib birlashtirmoq, mantiqiy yaxlit holga keltirmoq ma'nosida 
tushuniladi. Ta'lim mazmunini integratsiyalash deganda o‘zaro uzviy aloqador, bir-
birini taqozo etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan o‘quv predmetlari 
mazmunini sintezlash, ya'ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit) holga keltirishni 
tushunamiz.
Integratsiya (mujassamlashtirish) va differensiatsiya (tabaqalashtirish) bir-
biridan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, biri ikkinchisidan kelib ham chiqmaydi, 
balki ular har doim bir vaqtni o‘zida o‘rganilayotgan obyektning ikki tomoni sifatida 



namoyon bo‘ladi. Ilmiy bilishda ulardan biri vaqtinchalik ma'lum ustunlikka ega 
bo‘lishi ham mumkin. Masalani ikki tomonini fan-texnika taraqqiyoti natijasida 
qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishida turli kasblarning paydo bo‘lishi, ya'ni 
tabaqalanishini, mexanizatsiya, avtomatizatsiya va yana qo‘shma kasblar yoki keng 
ixtisosli mutaxassislarning dialektik rivojlanishi ekanligini ko‘rsatish mumkin. 
Integratsiyalashtirish jarayonlari hozirgi zamon ilmiy bilimlarining o‘zaro ta'siridan 
farqli o‘laroq quyidagi yo‘nalishlarda kechishi mumkin: 
— 
alohida olingan fan 
doirasida ichki ilmiy rivojlanish sifatida;
— 
fanlararo o‘zaro aloqadorlik doirasida, ya'ni bir yoki bir necha sohalar 
doirasida;
— 
maxsus yaxlit ilmiy bilimlar doirasida kabilar. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar uyg‘unligini integrativ yondoshuv 
sifatida tasavvur etish mumkin. Ikki va undan ortiq nisbatan mustaqil qismlarda 
kechayotgan jarayonlarni birlashtirish - integratsiyalashtirishning natijasi bo‘lishi 
mumkin.
Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb ataladi. 
Tizimlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy aloqadorlikni tartibga 
keltirish yo‘li bilan yaxlitlikni yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil 
bo‘ladigan yaxlitlik yangi sifat ko‘rsatgichlariga ega bo‘ladi. Integratsiyalashtirishning 
mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish natijalariga erishishdir.
Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganish quyidagi masalalarni hal 
etishga qaratilgan: 

mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab o‘rganishning mohiyati, 
mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari va vositalarini o‘rganish; 

turli fanlar mazmunini integratsiyalashtirishning ilmiynazariy va 
pedagogik-uslubiy asoslari bilan tanishish; 

tahsil oluvchilarning o‘quv-bilish faolligi, mustaqilligi va bilimlar 
darajasini integrativ oshirishda bilimlarning dolzarbligini isbotlash; 




ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik, texniktexnologik bilimlarni 
sintezlash talablari, imkoniyatlarini aniqlash. 
Ko‘p hollarda ta'lim-tarbiya ishida integrativ, tizimli va majmuaviy 
yondoshuvlar sinonim sifatida talqin etiladi. Bu tushunchalarning umumiy tomonlarini 
o‘rganilayotgan obyektlarning turli qirra, tomon va xususiyatlari tashkil etadi. Lekin 
ular bir-biridan mohiyatiga ko‘ra ham farqlanadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida integrativ 
yondoshuvni amalga oshirish tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit obyektning ichki va 
tashqi aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan holda olib 
borilishi mumkin. Kichik mutaxassislarni tayyorlashda integrativ yondoshuv 
mutaxassislikka oid bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy safat hamda fazilatlarni 
yaxlitligini ta'minlash uchun qo‘llaniladi. 
Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy bir-birini taqozo 
etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va kengaytiruvchi o‘quv fanlarini 
integratsiyalash uchun qo‘llanilib, yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat 
usullari va shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. 
"Pedagogika" o‘quv predmeti integrativ fan sifatida quyidagi masalalar o‘z 
yechimini qanday topganligiga bog‘liq holda uning samaradorligi aniqlanadi:
1. Integrativ o‘quv predmeti tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv predmetining 
qanday vazifa yechimini ta'minlashdagi roli;
2. Nisbatan tor doiradagi o‘quv predmetlarining didaktik vazifalarini 
integratsiyalash jarayonida to‘liq saklab qolgan holda umumiy maqsadga 
bo‘ysundirilishi; 
3. Integrativ o‘quv predmetini o‘rganish metodikasi, shakli, metodlari, vositalari 
va shart-sharoitlarini majmuaviy ishlab chiqish.
Yuqorida ko‘rsatilgan fikrlarga xotima berib aytganda tizimli, majmuaviy va 
integrativ yondashuvlarning umumiylik jihatlari mavjud bo‘lib, o‘ziga xos tafovutlarga 
ham egadir. Umuman olganda integrative yondoshuvga tizimli va majmuaviy 
yondoshuvlarning natijasi sifatida qarash mumkin. Integratsiya muammosini didaktik 
jihatdan tadqiq etilishi-uni ta'lim prinsipi sifatida talqin etilishini talab etadi. Metodik 
nuqtai 
nazardan 
olib 
qaraganda 
integratsiya 
ta'lim-tarbiya 
jarayonini 


10 
takomillashtiruvchi va ko‘zlangan natijani kafolatlovchi shart-sharoit va usul deb 
tadqiq etilishidir.
Integrativ yondoshuv ilmiylik, kasbiy yo‘nalganlik, politexnizm, uzviylik, 
muntazamlik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik, tabaqalashtirish kabi didaktik 
prinsiplar bilan aloqadorlik hamda uyg‘unlikda amalga oshiriladi. O‘z navbatida 
integrativ yondoshuv ham hech qachon boshqa didaktik prinsiplarga o‘xshab 
o‘qituvchiga biror tayyor retsept bermaydi, ammo undan foydalanilgan holda didaktik 
va metodik masalalar yechimini aniqlaydi. O‘quv materiali mazmunini integratsiyalash 
didaktik jarayon sifatida ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovli, tizim shaklidagi tadqiqot obyekti 
hisoblanadi. Uni tahlil qilish (o‘rganish) tizimli-tuzilmaviy yondoshuvni talab etadi. 
Chunki uning funksiyasi, tarkibi, tuzilishi va shu kabi muhim xususiyatlarini o‘rganish 
ko‘zda tutiladi. Maxsus fanlarni integratsiyalashda ulardagi barcha xarakterli 
xususiyatlarni sintezlash emas, balki eng muhim va umumiy g‘oyalar, muammolarni 
sintezlash ko‘zda tutiladi. Integratsiyalash alohida o‘quv predmetlari chegarasida 
amalga oshiriladigan nazariy sintez vositasi sifatida va fanlararo sintez shaklida 
namoyon bo‘lib, bevosita umummilmiy bilimlarni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi. 
Ingegratsiya-sintezning yuqori darajasi hisoblanadi. Bilish jarayonida, tahlil qismlarga 
ajratish, sintez esa ularni birlashtirish (umumlashtirish) sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga 
o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof-
muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta'lim 
jarayonida turli hil tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birga o‘quvchilar o‘z bilim, 
qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, 
aniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalashadi. 
Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog‘langan ichki 
tomonini tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, 
uslub va shakllarining turli - tumanligi bilan ajralib turadi. 


11 
Ma'lumki, atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda 
o‘rgatiladi. Shuning uchun ta'limning natijasi maktab ta'limining 1-bosqichiga bog‘liq. 
Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining 
bilish faoliyati cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchani ko‘rib chiqishga imkon 
beradi. Bu boshlang‘ich ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va 
yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga 
javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday 
yangilanishning asosiy masalasidir. Bir qator ishlar boshlang‘ich ta'limdagi fanlararo 
va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini 
integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish sohasidir. Boshlang‘ich maktab fanlari 
integratsion aloqalarining mohiyati haqida olimlar orasida qaramaqarshiliklar ko‘p.
Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nima ekanligini 
ko‘rib chiqaylik. 

Download 313,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish