8-Ma’ruza-Qotish kinetikasini tartibga soluvchi superplas-tifikatorlar
Relamiks T-2 superplastifikator va qotishni tezlashtiruvchi Mahsulotni tasnifi. Superplastifikator va qotishni tezlashtiruvchi Relamiks T-2 ni tarkibi noorganik ( politianid) va organik ( polinaftalmetil sulfanat) tuzlarini aralashmasidan iborat.
Qo‘llanish sohasi: - yakuniy mustahkamligiga yuqori talabli xar xil belgili og‘ir va mayda donador betondan konstruksiya va yig‘ma betonlar ishlab chiqarishda opalubkadan keyin mustaxkamligiga yuqori talab bilan murakkab konfiguratsiyasi va yuqori armalashtirish darajali monolit inshootli konstruksiyalar tayyorlash;
- yengil betonlar shu jumladan g‘ovakli betonlar ishlab chiqarish;
- qurilish qorishmalarini tayyorlash.
Qo‘llash samaradorligi: - qorishmani harakatchanligini P1 dan P5 gacha, mustahkamligini hamma qotish muddatida pasaytirmasdan ko‘paytiradi;
- suv bilan aralashtirganda suvga talabchanligini 20-25 % gacha pasaytiradi (teng harakatchan qorishmalarda);
- betonni mustaxkamligini birinchi 3 sutka normal qotishida 40-50% dan kamga ko‘paytiradi, 28 sutka esa mustaxkamligini ko‘payishini 20% kamini tashkil etadi;
- past faol portland sement ishlatilganda betonni vaqtli bo‘shatish mustaxkamligiga ta’minlanishiga ko‘maklashadi;
- issiqlik ishlov rejimini yoki izotermik isitish xaroratini qisqartirish imkonini ta’minlaydi.
Qo‘llanish alomatlari: - ishlab chiqarish uchun qo‘shimchani tavsiya etiladigan qo‘shish chegarasi;
- og‘ir betonlar uchun 0,6-1,5% ni tashkil etadi;
- g‘ovakli betonlar uchun quruq mahsulotga xisoblaganda bog‘lovchi massasidan 0,1-0,6% qo‘shimchani qo‘llanishidan maksimal effektga erishish uchun oldindan laboratoriya sharoitida berilgan qo‘shimchali va nazorat tarkibli namunalarni parallel tadqiqotlarni o‘tqazishi kerak asta sekin izotermik qizdirish haroratini kamaytirib va issiqlik ishlovi rejimini qisqartirib beton qorishmasini tarkibiga superplastifikatorning kiritilishi har xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kiritilgan suvni birinchi porsiyasi bilan oldindan aralashtirilgan beton qorishmasiga (10_20%) kiritilgan suv qismi bilan aralashtirishni tugatilishidan oldin. Ushbu usul katta suv ajratish effektini olish imkonini beradi. Uzoq tashishida yoki tez qotishga moyil bo‘lgan qo‘shimchali portlandsementni ishlatishda beton qorishmasini harakatchanligini saqlanish vaqtini ko‘paytirish uchun 2-4 soatga tavsiya etiladi.
1. Qo‘shimchani bo‘lib kiritilishi quruq mahsulotga hisoblaganda sement massasidan 0.1-0.2% bo‘yicha ikkitadan ortiq bo‘lmagan superplastifekotorini qo‘shimcha porsiyasini kiritilishi va kiritiladigan qo‘shimchani jamiy miqdorini qat’iy nazoratini ta’minlaydi.
Normativ-texnik hujjatlar.
Texnik shartlar TU 5870 022 14153 664-04 N≤ 1 o‘lchami bilan.
GOSTR tuzilishiga moslashgan sertifikat.
Mahsulotga sanitar epidemiologik xulosa.
NIIJB ni betonni himoyalovchi xossalariga STS EV 4421-83 ga muvofiq po‘lat armaturaga nisbatan yarim funksional modifikator “Relamiks T-2” ni ta’siri to‘g‘risida NShJB xulosasi. Yo‘l qurilish konstruksiyalar tuzilishi bo‘yicha SNIIS xulosasi.