8-MA’RUZA.
MAVZU: Texnologik jarayonlar bo’yicha uskunalarni tanlash va asoslash.
Reja:
Texnologik jarayonlarni tavsiflash.
Turli iplar uchun texnologik jarayonlarni tanlash.
Texnologik jarayonlar bo’yicha uskunalarni tanlash va izohlash.
Tayanch iboralar:
Tolaviy tarkib, ip, tavsif, chiziqli zichlik, ip o’rami, o’rama shakli, texnologik jarayon, qayta o’rash, tandalash, ohorlash, ulash, o’tkazish, to’quvchilik
To’quvchilik tanda va arqoq iplarni tayyorlash jarayonlari, ishlab chiqariladigan mahsulot va xom ashyo turi, keltiriladigan o’rama va mavjud to’quv dastgohiga bog’liq. Paxta tolali iplardan gazlamalar ishlab chiqarishda tanda iplari qayta o’rash, tandalash, ohorlash va o’tkazish (shoda terish) yoki ulash jarayonlaridan o’tsa, arqoq ipi dastgohni turiga qarab mokili dastgoh uchun, yigiruv naychasidan bobinaga, so’ngra yana bobinadan yog’och arqoq naychalarga qayta o’raladi. Mokisiz dastgohlarga esa bobinalarda o’rnatiladi.
To’qimachilik sanoatida yuqori sifatli jahon andozasiga javob bera oladigan mahsulot ishlab chiqarishda ilg’or texnologiya va texnikani joriy etish muhim omil hisoblanadi. Bunday texnika va texnologiya dunyoning ko’plab mamlakatlarida ishlab chiqariladi. Shuningdek, to’quvchilikka iplarni tayyorlash texnologik jarayonlari uskunalari va to’quv dastgohlarini dunyoda taniqli bo’lgan “Schlafhorst”, “Murata” “Benninger”, “SMH (Sucker-Myuller-Hacoba)”, “Barber-Kolman”, «Dornier GmbH», «Itema S.p.A», «Tekstilmash» OAJ, «Picanol», «Wiltop», «Shengquan», «Sulzer-Ryuti», «Nissan», «Vamatex» kabi kompaniya va firmalari tabiiy va kimyoviy tolali iplardan mato to’qishga mo’ljallangan jihozlar ishlab chiqaradi.
Quyida paxta tolali to’qimalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tanlashni ba’zi variantlari keltirilgan.
8.1-rasmda o’rta yo’g’onlikdagi pnevmomexanik yigiruv mashinasidan olingan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi. Pnevmomexanik yigiruv mashinasidan olinadigan silindrsimon o’ram turi to’quvchilik korxonalarida qayta o’ralib, keyin tanda ipi tandalash texnologik jarayoniga, arqoq ipi esa to’quvchilik texnologik jarayoniga uzatiladi.
8.1-rasm. O’rta yo’g’onlikdagi pnevmomexanik yigiruv mashinasidan olingan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.
8.2-rasm. Pishitilgan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.
8.3-rasm. Pishitilgan iplardan gazlama ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.
Jun va yarim jun gazlamalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari
Jun gazlamalarning afzalligi ularning issiqni saqlash qobiliyatining yuksakligidadir. SHuning uchun jun gazlamalaridan asosan qishki kiyimlarni tayyorlashda foydalaniladi.
Jun gazlamalarni ishlab chiqarishda iplarning tuzilishi va yigiruv usuliga ko’ra ular uchta guruhga bo’linadi: qayta tarash usulida olingan iplardan, mayin movut usulida olingan iplardan va dag’al movut usulida olingan iplardan to’qilgan gazlamalar. Qayta tarash usulida olingan iplardan to’qilgan gazlamalar boshqa so’z bilan kamvol gazlamalar deb ataladi. Ularni to’qish uchun qayta tarash usulida olingan yo’g’onligi 22,2-41,6 teks ga teng bo’lgan yakka iplar va yo’g’onligi 15,6x2 teksdan to 41,6 x2 teksgacha pishitilgan iplar ishlatiladi. Bu gazlamalar yupqa, mayin, qayishqoq, sirtlari silliq bo’ladi, o’rilish naqshi ochiq ko’rinib turadi.
Jun iplarini to’quvchilikka tayyorlashning asosiy o’timlari
8.4-rasm. Jun gazlamalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi.
8.5-rasm. Yarim jun gazlamalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlar ketma-ketligi
Nazorat savollari:
Tanda tayyorlash texnologik jarayonlarni tavsiflang.
Turli iplar uchun texnologik jarayonlar zanjirini chizing.
Texnologik jarayonlar bo’yicha uskunalarni tanlash va izohlash.
Qayta o’rash texnologik jarayoni va uskunalarini tavsiflang.
Tandalash texnologik jarayonini tavsiflang.
Turli tandalash mashinalarini asosiy ko’rstkichlarini ayting.
Turli ohorlash mashinalarini asosiy ko’rstkichlarini ayting.
Ulash yoki o’tkazish mashinalarini asosiy ko’rstkichlarini ayting.
To’quv dastgohlari va ularni turlarini ayting.
Matolarni o’lchash, saralash mashinalarini ko’rstkichlarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |