8-ma’ruza mavzu: eritmаlаr, ulаrning turlаri. Suyultirilgаn eritmаlаr хоssаsi, оsmоtik bоsim. Ma’ruza rejasi


Eritmalar bug’ining bosimi. Raul qonunlari



Download 352,23 Kb.
bet11/13
Sana25.06.2022
Hajmi352,23 Kb.
#704963
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8 ma'ruza

8. Eritmalar bug’ining bosimi. Raul qonunlari.
Og’zi ochiq idishda turgan suyuqlik batamom bug’lanib ketadi. Berk idishda suyuqlik bilan hosil bo’layotgan bug’ orasida siljuvchan muvozanat qaror topadi, bunda vaqt birligi ichida qancha molekula bug’lansa shuncha molekula yana suyuqlikka aylanadi. Suyuqlik bilan muvozanatda bo’lgan bug’ to’yingan bug’ deyiladi. To’yingan bug’ning idish devorlariga bosimi ayni moddaning to’yingan bug’ bosimi deyiladi. Har qaysi suyuqlikning o’ziga xos to’yingan bug’ bosimi bo’ladi. Bug’lanish endotermik protsess suyuqlik ↔ bug’ – Q bo’lgani uchun Le-Shatelye prinsipiga ko’ra temperaturaning ko’tarilishi muvozanatni bug’ hosil bo’lish tomoniga siljitadi.
Demak, temperatura qancha yuqori bo’lsa, bug’ bosimi shuncha katta bo’ladi (36-rasm). Uchuvchan bo’lmagan modda eritmasi bilan hosil bo’lgan bug’ orasida ham, muvozanat qaror topadi, ammo bir xil temperaturada u toza erituvchidagiga qaraganda bug’ bosimi ancha past bo’lgandayoq qaror topadi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin.

36-rasm. To’yingan bug’ bosimining temperaturaga bog’liqligi

Suyuqlik bug’ining bosimi suyuqlining sirtidan vaqt birligi ichida bug’lanuvchi molekulalar soniga bog’liq. Eritmaning sirtida erituvchi molekulalar ham, erigan modda molekulalari ham bo’ladi. bu degan so’z, vaqt birligida eritma sirtidan , toza erituvchi sirtidan bug’langandagiga qaraganda kam molekulalar bug’lanadi, demakdir. Binobarin, erituvchi bug’ining eritma ustidagi bosimi ayni temperaturada toza erituvchi ustidagi bug’ bosimidan hamma vaqt past bo’ladi. Boshqacha aytganda, erigan modda erituvchi bug’ining bosimini pasaytiradi.


Agar toza erituvchi ustidagi bug’ bosimini p bilan, erituvchining eritma ustidagi bug’ bosimini esa p1 bilan belgilasak, unda (p-p1) bug’ bosimining pasayishi bo’lib, u odatda Δp bilan ifodalanadi. Erituvchining eritma ustidagi bug’i bosimi pasayishining toza erituvchi ustidagi bug’ bosimiga nisbati bug’ bosimining nisbiy kamayishi deyiladi. Frantsuz olimi F.Raul quyidagi qonunni (1887) kashf etdi. Eritma ustidagi bug’ bosimining nisbiy kamayishi erigan moddaning mollar soni n1 ning erituvchining mollar soni n bilan erigan modda mollar sonida n1 ning yig’indisi nisbatiga son jihatidan teng bo’ladi.

Misol. Suv bug’ining 20º C dagi bosimi 17,5 mm (2327 N/m2) ga teng. Agar 360 g suvda 36,8 g glitserin C3H8O3 eritilsa, ayni temperaturada bug’ bosimi qancha kamayadi?
Yechish: 36,8 g glitserindagi hamda 360 g suvdagi mollar sonini topamiz. Glitserinning bir moli 92g, demak uning 36,8 grami molga teng. Suvning bir moli 18 g, uning 360 grami molga teng. Mollarning umumiy soni 0,4 + 20 = 20,4. Tegishli qiymatlarni Raul qonuni tenglamasiga qo’ysak mm (yoki 45,6 N/m2).
Raul qonuni tenglamasidan ko’rinib turibdiki, bug’ bosimining kamayishi erigan moddaning tabiatiga bog’liq emas, balki faqat berilgan miqdor erituvchida erigan molekulalar soniga bog’liqdir. Eritmalarning ko’pchiligi Raul qonunidan chetda chiqadi, bu hol eritmaning konsentratsiyasi ortishi bilan kuchayadi.

Download 352,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish