8 ma’ruza mashg‘uloti o‘zbek tili ta’limida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi


Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlari



Download 172,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.07.2022
Hajmi172,45 Kb.
#823793
1   2   3
Bog'liq
8-ma'ruza -O‘zbek tili ta’limida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi

Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlari. 
Xalqaro baholash dasturlarini mamlakat ta’lim tizimiga joriy etish O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish vazifasi davlat inspeksiyasi huzurida 
yangi tashkil etilgan Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy 
markazi zimmasiga yuklatilgan.
Quyidagilar Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib 
belgilangan:

xalqaro tadqiqotlarni 
tashkil 
etish 
hamda 
muvofiqlashtirishda 
O‘zbekiston 
Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish; 
- ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini 
rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy 
izlanishlar olib borish; 
- ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab 
chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va 
o‘tkazishda ishtirok etish; 
- ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish; 
- ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda
muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; 
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa 
davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash; 
- xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib 
borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun 
tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish; 
- o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy 
tavsiyalar tayyorlash. 
Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga 
tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. 
Xalq ta’limi vazirligi 2019 yil 1 fevralga qadar Milliy markaz bilan birgalikda 
o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfidan 
boshlab aniqlash va rivojlantirish, o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro 
baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni ta’minlash dasturini ishlab chiqadi. Bundan 
tashqari, xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagi fanlardan o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish, xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollar 
milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish, o‘quvchilar savodxonligini 
baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019-2021 yillarda amaliy ko‘nikmalarini 
shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish, xalqaro 
tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv 
dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratish, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch maktablarni belgilash, umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy 
tadqiqotlarga jalb qilish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
vositalari bilan jihozlanganlik va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganlik holatini 
inventarizatsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish vazifalarini 
ham amalga oshiradi. 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xalqaro tadqiqotlar 
o‘tkaziladigan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar 
tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va 
tarmoq markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish, xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-
mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash singari 
vazifalarni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi Milliy markazning murojaatiga asosan uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu 
jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida 
O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti bilan hamkorlik shartnomalarining imzolanishini tashkil etadi.
Nazorat uchun savollar: 
1. Xalqaro baholash dasturlari deganda nimani tushunasiz? 
2. Bu dasturlarning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati nimalarda deb o‘ylaysiz?
3. PISA qanday baholash dasturi? 
4. PIRLS xalqaro dasturida o‘quvchilar bilimi qaysi jihatlariga ko‘ra baholanadi? 
5. Xalqaro baholash dasturlarini mamlakatimizda amalga oshirish istiqbollari haqida o‘z 
fikrlaringizni bildiring? 

Download 172,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish