daxlsizligi tushunchalari yasribliklar ongiga vaqt o‘tishi
bilan asta-sekin singib
bordi. Nihoyat, qurayshiylarning shimolga zo‘ravonlik bilan Yasrib yerlaridan
o‘tishda davom etishlari ularni o‘z hududlarining himoyasi uchun qo‘lga qurol
olishga majbur qildi.
624 yil 20 fevralda (ramazon oyining 17 kunida) yuz bergan Badr jangi
taqdir taqozosi bilan birinchi musulmon davlati uchun hal qiluvchi voqea bo‘ldi.
Kuchlar nisbati teng bo‘lmagani bois payg‘ambar ansorlar bilan aniq maslahatga
kelishib olishi zarur edi. Banu Avs qabilasining rahnamosi Sa’d bin Muozz
vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda payg‘ambarni to‘la qo‘llab-quvvatladi. Abu Jahl
rahbarlik qilgan quraysh askari 1000 jangchi, shundan 100 tasi otliq va 700 tasi
tuya mingan bo‘lsa, musulmonlar 300 jangchi, 70 tuya va atigi 2 otdan tarkib
topgandi. Jang taqdirini birinchi navbatda musulmonlarning ma’naviy-g‘oyaviy
ruhi hal qildi, deyish mumkin. Ular avvalo qulay mavqeni egallab oldilar, so‘ng
payg‘ambarning buyruqlarini bekami-ko‘st ado etdilar.
Abu Jahl va unga
qarindoshlik yuzasidan yaqin bo‘lgan eng jangovar askarlar halok bo‘lib,
bayroqdorlar asir olingach, makkaliklar tartibsiz ravishda qochaboshladilar.
Pirovardida jang musulmonlarning to‘la g‘alabasi bilan tugadi. Qurayshning
dongdor zodagonlaridan 70 kishi halok bo‘ldi va yana 70 kishi asirga tushdi.
Shuningdek, talaygina boylik va ot-ulov o‘lja bo‘ldi.
Ko‘lami aytarlik yirik bo‘lmasada, Badr jangi tarixda chuqur iz qoldirgan
ma’rakalardan hisoblanadi. U musulmonlarning Arabiston yarim orolida ta’sirini
kuchaytirgan, keyinchalik misli ko‘rilmagan imperiya paydo bo‘lishiga olib kelgan
birinchi jang edi.
Badr jangining ta’siri Makka va Madinada ikki hil ko‘rinishda bo‘ldi.
Qurayshiylar Makkaga eng nufuzli kishilaridan ayrilgan holda qaytdilar. O‘sha
davr taomuliga ko‘ra ular tezda qasos olish chorasini ko‘rmoqlari lozim edi. Shu
boisdan Dor an-Nadvada majlis chaqirildi. 50 ming dinor mablag‘ni tashkil qilgan
Abu Sufyon karvonining daromadini to‘lig‘icha
vaqfga aylantirib,
musulmonlardan qasos olish maqsadida tuziladigan askarga sarflash haqida qaror
qabul qilindi. Shuningdek, ahobish, ittifoqchilar va Madina yahudlari bilan
aloqalar bog‘lanildi.
Madinada esa bu jang shahar-davlatda kim
asl hokimiyat egasi ekanini
ko‘rsatdi. Ikki yil avval Makkadan quvilgan Muhammad (sav) va uning safdoshlari
to‘la hukmronlikni endi qo‘lga kiritdilar, deyish mumkin. Uch yirik yahudiy
qabilasi, ularning ichida ayniqsa shahar markazini egallab turgan Banu qaynqo’
doimo musulmonlarga adovatda edilar. Badr jangidan g‘alaba
bilan qaytgach,
musulmonlar nihoyat o‘zlarida jur’at sezdilar va quraysh bilan bo‘lajak
urushlardan oldin ichki dushmandan xalos bo‘lish maqsadida qaynqo’ni shahar
markazidan quvib chiqardilar.
Badr g‘alabasidan so‘ng Madinada vujudga kelgan nisbiy sokinlik uzoq
davom etmadi. Tabiiyki, Arabiston bo‘ylab yetakchi kuch hisoblanib kelgan
quraysh tinch tura olmasdi. Oradan 1 oy o‘tgach, Abu Sufyon 200
kishilik
jangovor guruh tuzib, ular tunda yashirincha banu Nadir qabilasining boshlig‘i
Sallom bin Mushkam qo‘rg‘oniga kelib tushdilar, «mehmon bo‘lib, yeb-ichib, sir-
asrordan voqif bo‘lib ketdilar». Shu tundayoq ortga qaytib, makkaliklar «al-Arid»
degan joyda 2 uyga o‘t qo‘ydilar, ansorlardan bir kishi va uning halifini qatl
qildilar. Bu xabar yetib kelgach, payg‘ambar zudlik bilan bir guruh sahobalarni
Abu Sufyon ortidan jo‘natdi. Ular Madinadan 24 mil masofagacha ta’qib qilib
bordilar. Abu Sufyonning kishilari ortiqcha yukdan xalos bo‘lish uchun qoplardagi
arpani
tashlab qochgan ekanlarki, tarixda «arpa-yem jangi» nomini olgan bu
voqeadan so‘ng Abu Sufyonning obro‘si yanada pasayib ketdi.
Shom savdosidan mahrum bo‘lgan makkaliklar Najd orqali Iroqqa 100000
dirham qiymatga teng karvonni jo‘natdilar. Ammo bundan xabar topgan
payg‘ambar sariyya yubordi va u «al-Qarada» degan joyda karvonga hujum qildi,
qo‘riqchilar bu safar ham mol-mulkni tashlab qochib qoldilar.
Asirga tushgan
yo‘lboshlovchi esa Madinaga keltirilgach, islom diniga kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: