3. Raqamlarga asoslangan grafemalarmiqdor va tartib tushunchalarini yozuvda aks ettirish uchun qo`llanadigan grafemalardir. Hozirgi o`zbek yozuvida ishlatiladigan raqamlar ikki guruhga bo`linadi:
1) arab raqamlariavval Hindistonda yaratilib, keyinchalik buyuk vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy xizmatlari tufayli Arabiston, Ispaniya va butun Yevropaga tarqalgan raqamlardir: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.
2) rim raqamlari eramizdan besh asr oldin etrusk qabilalari tomonidan yaratilgan va qadimgi rimliklar qo`llagan raqamlardir: I (bir), V (besh), X (o'n), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming).
Raqamlarga asoslangan grafemalar asosan matematika faniga tegishli bo`lsa ham, tilga oid leksema va morfemalarni ifodalash uchun xizmat qilganligi tufayli “Grafika” bo`limida ham o`rganiladi.
4. Ramziy belgilarga (simvollarga) asoslangan grafemalar ilm-fan (shu jumladan, tilshunoslikda ham) sohasida qo`llanadigan maxsus belgilar tizimi: 1) matematik faniga oid ramziy belgilar - √ (ildiz), - (ayiruv), + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), x (iks), (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomiyaga oid ramziy belgilar -ʘ (Quyosh), ♂ (Mars), ♀ (Venera), ђ(Saturn) va boshqalar; d)tilshunoslikka oid ramziy belgilar - <>(o`tish belgisi), // (ajratish belgisi), : - fonemaning cho`ziqlik belgisi; e) moliyaga compyuter bilan ishlaydigan har bir insonga tanishdir, shuning uchun ularning barchasini keltirishga hojat yo`q deb hisoblaymiz.
oid ramziy belgilar – $ (dollar), € (yevro), £(funt sterling).
Kompyuterning yozuv vositasi sifatida qo`llanishi natijasida juda ko`p miqdordagi ramziy belgilar yozuv tizimiga kirib keldi. Bu
Yozuv haqida umumiy ma’lumot
Yozuv insoniyat tomonidan qilingan buyuk kashfiyotlardan biridir. U insonga oz fikrini uzoq masofaga va uzoq davrga yetkazishda yordam beradigan qulay vositadir. Demak, yozuv insonning ma’lum axborotni zamon va makon ichida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga yetkazish zaruriyatidan kelib chiqqan. Albatta, yozuv birdaniga paydo bo`lgan emas. Dastlabki “maktub”lar hozirgi yozuvdan juda katta farq qilgan. Buyuk bobokalonimiz, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy o`zining “Saddi Iskandariy” dostonida ana shunday “maktub”lardan biri haqida hikoya qiladi. Eron shohi Doro Iskandarga o`z elchisi orqali uchta narsa: chavgon tayog`i, koptok va bir idishda kunjut donalarini jo`natadi. Bunda chavgon tayog`i va koptokning ma’nosi: “Sen, Iskandar , hali men bilan jang qilishga yoshlik qilasan, yaxshisi, chavgon (hozirgi chim ustidagi xokkeyga o`xshagan o`yin) o`ynab yuraver”. Idishdagi kunjutning ma’nosi: “Mening qo`shinim shu idishdagi kunjut donalaridek son-sanoqsiz, sen unga bas kelolmaysan”. Iskandar esa bularni boshqacha talqin qiladi: “Koptok - yer shari va u mening qo`limda”. Iskandar, shunday deya, bir necha tovuq keltirishni buyuradi va ular kunjut donalarini bitta qo`ymay yeb tugatishadi. Ma’nosi: “Mening qo`shinim senikini bitta qoldirmay qirib tashlaydi”. Bu yerda har bir narsa ramziy ma’noga ega: koptok va chavgon – o`yin yoki koptok – yer shari; kunjut donalari – askarlar va h.
Ba’zan narsalar ramziy ma’no ifodalamasdan, shartli belgi vazifasini bajargan. 7-rasmda peruliklarning kipu nomli xati, 8-rasmda esa irokez qabilasining vampum nomli yozuvlari ana shunga misol bo`la oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |