8 - laboratoriya
Konusli drobilkaning sinov tajribasi
I s h d a n m a q s a d
:
Nima uchun tayinlangani, ish tamoyili, asosiy qismlari
va konstruktiv elementlarini, kinematika va mexanizmini o'rganmoq. Konusli
drobilkaning ishlashi va konstruksiyasini har xil dispersiyalarda maydalashi uchun
konusli drobilkani moslashni o'rganish:
Ishni bajarish tartibi
Konusli drobilkaning ish tamoyili va asosiy qismlari, ish va harakat
a'zolari, boshqaruv boshqaruv a'zolari bilan tanishmoq.
Maydalash jarayoni va uning sozlamalarini batafsal o'rganmoq.
Konusli maydalagich sozlamasiga doir hisoblashlarni o'qituvchining
topshirig'iga ko'ra bajarish va moslashni amalga oshirish.
O'quv ustasining boshqaruvida maydalash va uning o'lchovini amalga
oshirish.
O'qituvchining topshirig'ini mustaqil bajarish.
Ish hisobotini tayyorlash va o'qituvchiga taqdim etish.
Konusli maydalagichni ishlashi va konstruksiyasini o'rganish.
Ish prinsipi va qo'llanilishi.
QURILMANING KO'RINISHI
Vibratsiyali konusli tegirmon-maydalagich ВКМД 6 (kuchlanishi 220 V)
- maydalagich 0,55 kVt quvvatli elektrodvigatel , aylanish chastotasi 3000
ayl/min, ta'minot kuchlanishi ~ 220/380 V;
- tayanch tirgagi;
- tushirish hajmi 0,5 l;
- boshqaruv pulti ППУ1-01 / ППУ3-02;
- tushirish varonkasining qopqog'i ;
- maxsus kalit.
Vibratsiyali laboratoriya konusli drobilkala maydalanish – ishqalanish bilan
bir vaqtda deformatsiyali siqish va surish hisobiga bo'ladi.
Konusli drobilkaning asosiy tashkil etuvchi qismlari quyidagilar: asos,
silindrik korpus, maydalovchi konus, kosa va debalans boshlovchilar va elektr
dvigatel.
Maydalovchi konus va kosa konus shaklidagi futirovkalar bilan ichki va
tashqi tarafdan himoyalangan.
Korpus o'zi bilan ikki tashqi ichki silindrga o'rnatilgan asoslarni tashkil
etadi.
Umuman olganda boshlovchi debalanslar silindrni ichki tarafdan tashkil
etadi.
Kosa silindrning tashqi tarafdagi rezbasiga qotiriladi. Aylanish hisobiga
ichki va tashqi qobiqlar orasidagi masofa o'zgaradigan mahkamlangan qopqoq
kosa bilan bog'langan; shu bilan birga mahsulotning miqdori beriladi.
Boshlovchi dibalansga aylanish momenti elektrodvigateldan tasma orqali
uzatiladi.
ISHLASH PRINSIPI
Maydalovchi material maydalash maydoniga kosa og'ziga o'ranatilib,
ichki va tashqi qobiqlar bilan himoyalanib chiqadi. Debalanslarning aylanish
hisobiga markazga intilma kuch hosil bo'ladi.
Mahsulotning ayrim qismlari qobiqlar orasiga tiqiladi va bir vaqtning
o'zida siqish deformatsiyasiga duch keladi.
Qobiqlar ikkita maydalash maydonini tashkil qiladi: tig'simon – asosiy
bo'laklash uchun va kalibirsimon – oxirigacha maydalash uchun.
Maydalangan material vibratsiya va og'irlik kuchining hisobiga potrubkalar
orqali tayyor mahsulot joyiga tushadi.
AFZALLIKLARI
Bo'laklamasdan to'liq maydalash;
Har xil o'lchamdagi mahsulotni olish:
*qobiqlar orasidagi masofani o'zgartirish va boshlovchi debalans
aylanish chastotasini o'zgartish orqali(2 tezlik);
Maydalanayotgan materialning miqdori chegaralanmagan holda ishlash
Vibratsiyalanuvchi konusli drobilka maydalagich ВКМД 6
Vibratsiyalanuvchi konusli drobilka maydalagich ВКМД 6 har xil
bikrlikdagi mayda va qattiq bo'lgan jismlarni maydalash uchun mo'ljallangan.
Vibratsiyalanuvchi konusli drobilka maydalagich ВКМД 6 – faqatgina
laboratoriya xonasida bo'libgina qolmasdan, sanoatning harxil qatlamlarida
ishlatiladi. Masalan: tog' koni, metallurgiya, qurilish, kimyoviy va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |