Kislotali suvlarni neytrallovchi materiallar orqali filtrlab neytrallash. Bu holatda kislotali suvlarni neytrallash uchun ularni magnezit, dolomit, qattiq Chiqindilar (shlak, kul) qatlami orqali filtrlanadi. Jarayon gorizontal, vertikal ko’rinishdagi filtr-neytralizatorlarda olib boriladi. Vertikal filtrlar uchun ohaktosh bo’laklari yoki o’lchami 30-80 mm bo’lgan dolomit bo’laklari qo’llaniladi. Material qatlami qalinligi 0.85-1.2 m bo’lganda tezligi 5 m/s, ta’sirlashuv vaqti 10 daqiqadan kam bo’lmasligi lozim. Gorizontal filtrlarda oqova suvlarning oqim tezligi 1-3 m/s.
Keyingi vaqtlarda ishqoriy oqova suvlarni neytrallash uchun CO2; SO2; NO2; N2O3. Singari gazlardan foydalanilmoqda.
CO2 ning yomon eruvchanligi natijasida neytrallangan eritmalarning qayta oksidlanishi xavfi kamayadi. CO2 ning yomon eruvchanligi oqibati neytrallash, eritmalarning qayta oksidlanishi xavfini kamaytiradi. Hosil bo’lgan karbonatlar sulfat va xloridga qaraganda kengroq qo’llaniladi, bundan tashqari suvdagi CO32-ionlarining korroziya va zaxarlilik ta’siri, SO42- va Cl- ionlariga nisbatan kamdir.
39-rasm. Ishqorli oqova suvlarni tutun gazlari bilan neytrallovchi neytralizator
Neytrallash jarayoni aralashtirgichli reaktorlarda, tarelkali, plyonkali va changlatuvchi kolonnalarda o’tkazilishi mumkin.
Tutun gazlar ventilyator yordamida aralashtirgich vali atrofidagi yumaloq bo’shliqqa uzatiladi va aralashtirgich yordamida pufakcha va oqimlar ko’rinishida oqova suvlarda taqsimlanadi va reaktor ichiga tushadi. Suv va gazlardan orasidagi kontakt yuzasining kattaligiga asosan oqova suvning tez neytrallanishi yuz beradi.
Gazlarda SO2 ishtiroki ishqorli oqova suvlarning neytrallanishiga sabab bo’ladi.
Tarelkali kolonnalarda jarayonlarni olib borishda neytrallanish darajasi gazning tezligi oshishi bilan oshadi.
Neytrallanish uchun zarur bo’lgan kislotali gazning miqdori massa borish tenglamasi orqali aniqlanishi mumkin:
bu yerda, M – neytrallanish uchun zarur bo’ladigan kislotali gazlarning miqdori; x – tezlashtirish faktori; βj – suyuq fazadagi massa berish koeffisienti; F–fazalar kontakt yuzasi; ∆s– jarayonni xarakatlanuvchi kuchi.
Ishqorli oqova suvlarni tutun gazlar bilan neytralizasiyalash qator korxonalarida, jumladan asbest-sement ishlab chiqarish korxonasida qo’llanilgan. Bu korxonaning oqova suvlarining pH = 12-13 (80 mg-ekv/l). Suvning ishqorlanishi unda kalsiy gidroksidning doimiy ravishda ishqorlanib turishi bilan izoxlanadi. Neytralizasiyani tutun gazlarning SO2 si (5-6% SO2) bilan absorbentda olib boriladi.
Asbestsement korxonasi oqova suvlarini tutun gazlari bilan neytrallashning afzalligi to’yingan xolatdagi kalsiy karbonatning hosil bo’lish va qurilmaning ichki yuzasigi ajralishidir. Absorbentda karbonatli ajralishning oldini olish uchun neytralizasiya jarayonini sirkulyasiyali sxema bo’yicha o’tkazish zarur.
Oqova suv o’rtalashtirgichdan aralashtirgichga tushib, u yerda absorbentdan chiqayotgan suvning bir qismi bilan neytrallanishi kerak.
Aralashtirgichda quyidagi reaksiya ketadi:
OH- + HCO3 → H2O + CO32-; Ca2++ CO32- → CaCO3
Karbonat kalsiyning hosil bo’lgan cho’kmasi sirkulyasion idishda cho’kadi.
Oqova suvning boshlang’ich neytralizasiyasi aralashma absorbentga kiritilayotganida yakuniy neytralizasiyadan so’ng absorbentda karbonatli cho’kishni hosil qilmaydigan vodorod ko’rsatkichli aralashma olish uchun o’tkaziladi. Bunda absorbentda quyidagi reaksiya boradi:
2OH- + CO2 → H2O + CO32- , CO32- + CO2 + H2O → 2HCO3-
Sirkulyasiyalovchi va oqova suvlarning sarfiy hajmlari nisbati aralashma hosil bo’layotganida karbonatli ko’chishlarni hosil qilmasligi oqova suvning tarkibiga bog’liq va u 2.5 dan 4 gacha bo’ladi.
Neytralizasiyalash uchun katta oqimli yirik teshikli tarelkali absorbentlardan foydalaniladi. Masalan, tarelkalar yerkin oqim 30% dan ko’proq va yoriq razmerlari 20x30 mm.
Ishqoriy suvlarni tutun gazlari bilan neytrallash resurslarni ximoyalash texnologiyasi namunasi bo’lib, u suv ta’minotining oqovalarsiz sxemasini, kislotalarni qo’llashni taqiqlashni ta’minlaydi. Bunda oqova suvlarni tashlash bartaraf qilinadi, toza suv sarfi qisqaradi, issiqlik energiyasi tejaladi – suvni isitish uchun, shuningdek tutun gazlar CO2, SO2 va changlardan (kislotali komponentlardan) tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |