Mavzu yuzasidan test
1. Aka-uka Grimmlarning qaysi ertak qahramonlari hammadan turtki yeydigan, qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining halol mehnatlari va odoblari bilan baxtiyor bo‘ladilar?
A. "Zolushka", "Qor qiz"
B. "Qor qiz", "Botir tikuvchi"
C. "Botir tikuvchi"
D. "Bremen musiqachilari"
2. Aka-uka Grimmlarning "Bolalar va oilaviy ertaklar" nomli kitobi nechi tomdan iborat?
A. 5 tom.
B. 3 tom.
C. 4 tom.
D. 2 tom.
3. "Botir tikuvchi" ertak qahramonining ismi nima?
A. Frans.
B. Gans.
C. Kay.
D. Petya.
4. Gans ish tikib o‘tirganda ko‘chada qanday murabbo sotilayotgan edi?
A. Olxo‘ri murabbosi
B. Olma murabbosi
C. Malina murabbosi
D. Apelsin murabbosi
5. Ertakda Gansning xonasida ko‘p edi deb nima aytilgan?
A. Chivin.
B. Chumoli.
C. Gazlama.
D. Pashsha.
6. Ertak qahramoni "Chiqqanda jahlim yomon, yettisin etgim gumdon!" deb nimaga yozib olgan edi?
A. Dastro‘molchaga.
B. Kamarga.
C. Ko‘ylagiga.
D. Qo‘liga.
Do'stlaringiz bilan baham: |