13-bob. Maziy (olat uchiga maniydan oldin keladigan nam) kelsa, tahorat joizmi?
Ali raziyallohu anhudan: «Shahvatim ko‘p odam edim, bu haqda Rasulullohdan so‘ra, deb bir kishiga
buyurdim. Rasulullohning qizlari menga xotin bo‘lgani uchun o‘zim so‘rayolmadim. Rasululloh:
«Oldingni yuvib, tahorat olgin!» — debdilar».
26-bob. Yuvuqsiz odam tahorat olib, keyin uxlaydi
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan so‘ng
uxlamoqchi bo‘lsalar, namozga tahorat olgandek tahorat olib, so‘ng yotardilar».
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Yuvuqsiz holda
uxlasak joizmi?»—deb so‘radilar. «Ha, agar tahorat olsa»,— dedilar Janob Rasululloh».
Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
kechalari bulg‘anib qolishini aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Olatingni yuvg‘il, tahorat olg‘il, keyin
uxlagil!»—dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |