4b 3savol Zamonaviy mahsulotning muhim turlaridan biri bo‘lib hisoblangan zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini yaratish va qo‘llashning xususiyatlari va dinamikasini ko‘rib chiqish mumkin. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda qimmatbaho asbob-uskunalar va malakali xodimlardan maksimal foydalanishga mo‘ljallangan texnologik jarayonlar, boshqaruv sistemalari va axborot xizmatlarini yagona ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan mexanizm sifatida integrallashuv muammosi hal etilmoqda.
Qiyin axborot loyihalarini amalga oshirish, bir necha yuzlab kompyuterlar, turli xil asbobuskunalarni, lokal va taqsimlangan tizimlarni yaratishni, maxsus dasturli ta’minotni yaratishni talab qiladi. Xizmat ko‘rsatishning zamonaviy jarayoni insonning yakka tartibdagi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilish, xizmat ko‘rsatish jarayoninidiagnostika va modellashtirish kabi muhim bo‘lgan vazifalarga asoslanadi.Bugungi kunda servis tashkilotlarining raqobatbardoshliklari, buyurtmachilar ehtiyojlarini tahlil qilish, iste’molchilarning jinsi, yoshi va yakka tartibdagi xususiyatlarni, shuningdek xizmat ko‘rsatish jarayonidagi psixologik omillar, moda psixologiyasi vazifalari, reklamaning ta’siri psixologiyasi masalarni va boshqalarga asoslanadi. Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy xizmatlar), hamda mehnat jarayonining o‘zida iste’mol qilinadigan foydali mehnat samarasi sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi. Masalan tikuvchining xizmati shundan iboratki, u kostyum, shim va boshqa buyumlar tikadi. Uning faoliyati ushbu buyumlarda gavdalanadi (moddiy xizmat).
5b. 1savol Hamma joylarda mateiallar va xom-ashyoni sarflash me’yorlari mavjud. Materiallar va xom-ashyoni sarf me’yori bu uni ishlab chiqarishni aniq tashkiliy-texnik sharoitlarida belgilangan sifatdagi birlik mahsulotni (servis ishini) ishlab chiqarish uchun maksimal yo’l qo’yiladigan miqdoridir.Servis amaliyotida materiallarni iqtisod qilinishi, ularni me’yoridan ortiq sarflanishi kabi holatlari uchraydiki, ularni ikkalasi ham xizmat jarayonlarini me’yorida bajarilishi uchun noxush hisoblanadi. Materiallarni foydalanilishini nazorat qilish xizmat ko’rsatish samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi standartlardan chetlashishlarni aniqlash bilan bog’liq.Servis korxonasidagi ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida joriy va tezkor rejalashtirishni ahamiyati beqiyosdir. Bu holda gap ishchilar uchun mo’ljallangan smena-kunlik vazifalar rejasi, shuningdek barcha bo’linmalar yoki aniq brigadani kalendar, oylik, kvartal, yarim oylik rejalari haqida ketayapti. Ular buyurtmalarni mavjudligi, talab darajasi, ularni material va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar asosida tuziladi.Odatiy rejimdagi xizmat ko’rsatishni samaradorligi va sifati ham tezkor boshqarish obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Bu yo’nalishda mijozlar bilan u yoki bu ishlarni bajarish uchun talab qilinadigan vaqt hajmlarini nazorat qilish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, ishchi muhitni osoyishta saqlash, ular va personal o’rtasida yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni hal etish muhim hisoblanadi.Servisni asosiy ishlab chiqarish jarayonini har tomonlama faoliyat yuritishi material-texnik ta’minot xizmati (energetika, telefon xizmati, muxandislik-texnik ishlar, yordamchi materiallarni saqlash va berilishi, firmani qo’riqlash va boshqalar) tizimchasini samarali ishlarisiz amalga oshmaydi. Bu xizmatlarni mehmondorchilik, umumiy ovqatlanish, transport xizmatlari va boshqalar kabi ko’p funksiyali xizmat ko’rsatish turlaridagi ahamiyati juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |