O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMmUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Kompyuterni tashkillashtirish fanidan
8-Amaliyot ishi
220-21- guruh
Bajardi:Hasamov Yaxyobek
Tekshirdi: Ahmedova Kamola
Toshkent -2023
5- variant.
Javoblar
1.KR580VM80A mikroprotsessorining buyruqlar tizimi yordamida assembler tilida dasturlar yozish,
ularning disk raskadrovka va soat, buyruq va end-to-end rejimlarida bajarilishini ko'rish,
buyruqlarni bajarish xususiyatlari va tartibini o'rganish,
MP-tizimning tashqi qurilmalari bilan ishlash ko'nikmalarini egallash,tashqi va ichki (registr) xotira va stek maydonini tashkil etish haqida g'oyalar olish;
2. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
Boshqaruv Qurilmasi–oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga
zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar
generatoridan oladi;
Arifmetik-Mantiqiy Qurilma – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun
mo’ljallangan (shaxsiy kompyuterning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun
arifmetik mantiqiy qurilmaga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
Mikroprotsessor Xotirasi – mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo’llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib
olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi arifmetik mantiqiy qurilma doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi;
Registrlar – uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo’lgan arifmetik mantiqiy qurilma uyalaridan farq qiladi); Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan
ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o’z ichiga mikroprotsessorning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |