8-amaliy mashg’ulot ta’lim mazmunini belgilash tamoyillari va mezonlari reja



Download 16,53 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi16,53 Kb.
#606913
Bog'liq
8-amaliy mashg'ulot (1)


8-amaliy mashg’ulot
TA’LIM MAZMUNINI BELGILASH TAMOYILLARI VA MEZONLARI
Reja:

  1. Ta’lim mazmunining barcha elementlarini uzluksiz ta’lim bosqichlarida jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanish talablariga mos bo‘lish tamoyili.

  2. Ta’lim mazmuni va tashkiliy jihatlarining yaxlitlik tamoyili.

  3. Ta’lim mazmunini strukturalashning yaxlitlik tamoyili.

  4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili.

  5. Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili.

  6. Ta’lim mazmunining ketma-ketlik tamoyili.

  7. Ta’lim mazmuning muntazamlilik tamoyili.

  8. Ta’lim mazmunining o‘quvchilarning yosh va bilish imkoniyatlariga moslik tamoyili.

«FSMU» METODI


«FSMU» metodi munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o‘tkazishda samarali hisoblanadi. Bu metod tinglovchi-larni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda tinglovchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Odatda, ushbu metod seminar mashg‘ulotlari yakunida va o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim yoki mavzu o‘rganib bo‘lingach qo‘llaniladi.
«FSMU» metodini qo‘llash qoidalari:
– o‘qituvchi tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;
– o‘qituvchi o‘quv mashg‘ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi;
– mashg‘ulot davomida har bir tinglovchiga o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi;
– har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizning bayoniga sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring; U – fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozni FSMUning to‘rt bosqichi bo‘yicha o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi.
– har bir tinglovchi o‘z qog‘ozlarini to‘latib bo‘lgach, o‘qituvchi ularni guruhlarga ajratish usullarining biridan foydalangan holda kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi;
– o‘qituvchi har bir kichik guruhga FSMU texnologiyasining to‘rt bosqichi yozilgan yangi qog‘ozlarni tarqatadi;
– o‘qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni umumlashtirgan holda to‘rt bosqich bo‘yicha guruh uchun tarqatilgan qog‘ozga yozishlarini taklif etadi;
– kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
– guruh a’zolari FSMUning to‘rt bosqichini har biri bo‘yicha fikrlarini umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
– fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin;
– kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladi-lar: guruhdan bir vaqil guruhning fikrini har bir bosqich bo‘yicha alohida o‘qiydi (izoh bermagan holda). Ayrim hollarda ba’zi bo‘limlarni izohlashi mumkin;
– o‘qituvchi bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi. Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:
«FSMU» METODI
(F) – fikringizni bayon eting;
(S) – fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating;
(M) – ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
(U) – fikringizni umumlashtiring.

F – fikr (nuqtai nazar)



S – sabab (fikrni qo‘llab- quvvatlash)

M – misol (dalil, fakt)



U – umumlashtirish (xulosa)

Download 16,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish