8-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Suzish suv havzasi (ochiq va yopiq) maydoln o’lchamlari (4-soat)
Darsning maqsadi: Talabalarda zamonaviy suzish suv xavzalarining tuzilishi, o’lchamlari va jihozlanishi to’g’risida tushunchalar paydo qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Suzish suv xavzasiga tavsif beradi.
Suzish suv xavzasi o’lchamlarini aytib beradi.
Suzish suv xavzasi jihozlarini sanab ko’rsatadi.
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Suzish suv xavzasi chizmasi, sport o’yinlari bo’yicha darsliklar, qalam, chizg’ich.
Ishni bajarish tartibi:
4-TIP dagi suzish suv xavzasi bilan tanishish.
Yopma inshootning maqsadi yil davomida mashq va namoyish ishlarida unumli foydalanish. Buning uchun suv havzasi binolarining tomonlaridan darchalar ochish, ba’zi hollarda esa tomni to’liq ochish nazarda tutiladi.
Yopiq sport suv havzalarida joylashadigan asosiy xonalar guruhi:
- sportchilar va tomoshabinlar uchun kirish xonalari (ular umumiy yoki alohida bo’lishi mumkin), vestibyul, garderoblar, hojatxonalar;
- suzish uchun mo’ljallangan hovuzli zal;
- sportchilarga xizmat ko’rsatish xonalari - "quruq suzish" mashg’ulotlarini o’tkazish zali, kiyim almashtirish, dush, hojatxona va massaj xonalari, tibbiyot xonasi, anjomlar, isitkich-quritgich, ko’rsatma berish xonasi, uslubiy va boshqalar;
tomoshabinlarga xizmat ko’rsatish xonalari - kuluarlar, bufetlar, kiosklar, hojatxonalar;
-ma’muriy-xo’jalik xonalari - direktor xonasi, xo’jalik bo’limi, o’quv bo’limi, ro’yxat bo’limi, kassalar va boshqalar;
-yordamchi qo’shimcha xonalar - filtrlar, xlorator, dezinfektsiya, laboratoriya, ustaxona, omborxonalar va boshqalar.
Sport suv xavzalarini loyihalashda, suzish maqsadida poyabzalsiz, sport kiyimidagi sportchilarga alohida yo’laklar e’tiborda tutilishi zarur.
Sportchilarning hovuzli zalgacha harakatlanish ketma-ketligi: vestibyul va garderob, ro’yxat bo’limi, kiyim almashtirish, o’quv-mashg’ulot zali (quruq suzish), hovuzli zal, kiraverishidagi dush moslamalari, hovuzli zal. Zaldan chiqish ketma-ketligi teskari tartibda amalga oshadi.
Shahar qurilish sharoitlaridan kelib chiqqan holda suv havzalarining maqsadli belgilanishi, sig’imi va boshqalarga qarab qishki suv havzali binolar shaharning alohida qismida, stadion hududida, kompleksning (majmuaning) boshqa sport binolarida, shahar yoki tuman oromgohida joylashishi mumkin.
Suzish suv havzasi to’g’ri to’rtburchakli sun’iy yoki tabiiy suv havzalaridan tashkil etiladi. U erda mashg’ulot va musobaqalar o’tkazish uchun jihozlar va anjomlar bo’lishi kerak.
Suzish suv havzalari uzunligi 25 m yoki 50 m, eni esa 11 m, 16 m, 21 m va 25 m ga teng bo’lishi mumkin (40-rasm). Bitta suzish yo’lkaning eni 2,5 m bo’ladi. Enining o’lchamlariga qarab suzish suv havzalari 4, 5, 6 yoki 8 ta suzish yo’lkachali bo’ladi. Agar suzish suv havzasi uzunligi 33,3 m gacha bo’lsa, u holda bu erda suv polosi sport turi bo’yicha mashg’ulot o’tkazish mumkin.
Suzish suv havzasining minimal chuqurligi 1,2 m, chuqur qismi 1,8 m dan chuqur bo’lishi kerak emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |