8-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Dunyo aholisi irqiy tarkibi kartasini ishlash;
1-topshiriq. Turli adabiyotlardan foydalanib mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plang.
2-topshiriq. Dunyo aholisi irqiy tarkibi kartasini ishlang.
3-topshiriq. . Dunyo aholisi irqiy tarkibi kartasini tahlil qiling.
Amaliy mashg’ulotni bajarishda foydalaniladigan
adabiyotlar ro’yxati.
M.R.Bo’riyeva, Z.N.Tojieva, S.S.Zokirov “Axoli geografiyasi va demografiya asoslari” O’quv qo’llanma Toshkent “Tafakkur” 2011 y.
Tojieva Z.N., “Axoli geografiyasi” Darslik,-Toshkent: “Innovatsion –Ziyo” 2020.
Sh.Jumaxanov, A.Toshpo’latov “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” masalalar to’plami., Namangan 2019-yil
G’.D. Mo’minov “Axoli geografiyasi va demografiya asoslari” O’quv qo’llanma Qo’qon
http://www.demoscope.ru.
http://www.dmo.econ.msu.ru.
http://www.undp.org/popin/popin.html.
http://www. demography.narod.ru
http://stat.uz.
https://www.youtube.com/watch?v=UUMqC6ysNHc
1-topshiriq. Odamlar qadim-qadimdan jamoa-jamoa qon qardosh bo’lib yashab kelishgan. Ana shunday birliklarning eng muximi ularning irqiy va etnik birliklaridir. Irq bu odamlarning kelib chiqishi, govda tuzilishi va qiyofasi o’xshash bo’lgan tarixan tarkib topgan hududiy birligidir.
Irqlarning paydo bo’lishi va odamlar o’rtasidagi irqiy belgi hamda hususiyatlarning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bo’lib, keng tarqalgani ikkitadir:
“Polisentrizm” “Monosentrizm”
Antropologlarning bir qismi irqlar juda qadimdan vujudga kela boshlagan deb xisoblaydilar. Bu “polisentrizm” nazariyasidir. Ikkinchi guruhi omillari xozirgi zamon kishisi bir markazda vujudga kelgan, keyinchlik odamlar dunyosining turli qismlariga tarqalib ketgan. Bu “monosentrizm” nazariyasidir. Irqlar xalqlarning asosan tashki ko’rinishiga va undagi farqlarga qarab ajratiladi. Yer sharida uchta katta irq: yevropoid, mongoloid, va negroid hamda ko’plab aralash irqiy formalar ajratilgan. Uchta irq dunyoning barcha aholisini qamrab ola olamaydi . Ashiy katta irqlarga yaqin hududlarda, har turli irqiy belgilarga ega bo’lgan xalqlar qadimdan yashab kelishgan. Keyingi davrlarda irqlararo nikohlarning ko’payishsi natijasida turli irqlar o’rtasidagi aralash turlar ham ko’payib bormoqda.
Turli irqlar o’rtasidagi aralash irqlar 2 guruhga bo’linadi: “qadimgi aralash formalar, o’rta asr va yangi davr formalari”.
Endi asosiy katta irqlar va aralash irqlar formalarning geografik tarqalishi bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |