Munosabat belgisi umumiy va aniq mazmunga ega boʻlishi mumkin.
Umumiy munosabat belgilari:
Раҳбарлик учун инобатга олинсин
Ижро учун инобатга олинсин
Маълумот учун инобатга олинсин
|
Agar hujjatda matnda koʻrsatilmagan ilova boʻlsa, ularning nomi, har bir ilovadagi varaqlar soni va nusxalar soni koʻrsatilgan holda sanab oʻtilishi kerak.
Илова: 1. Янги ўқув йилига мактабларнинг тайёргарлиги тўғрисида маълумотнома – 8 варақда, 2 нусҳада
2. Мактаблар рўйҳати – 3 варақда, 2 нусҳада
|
Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzolanganda, ularning imzolari egallab turgan lavozimlariga muvofiq ustma-ust navbat bilan joylashtiriladi. Masalan:
Дорихона мудири (имзо) А.Аҳадова
Бухгалтер (имзо) С.Аллаева
|
“Rozilik belgisi”, yaʼni “viza”da shaxsiy imzo, uning yoyilmasi, sanasi, zarur holatlarda — rozilik bildirayotgan shaxsning lavozimi koʻyiladi. Masalan:
Ҳуқуқ маслаҳатчиси
(имзо) М.Боқиев
16.05.2015
|
“Омадфарм” МЧЖ
Директори (имзо) В. Аҳадов
|
Hujjatlarning zaruriy qismlarining joylashuvi va oʻlchamlari
Xujjat indeksi. Xujjat blankasida sananing yonida joʻnatiladigan xujjat raqami, yoki ichki xujjatlar (bayonnoma, buyruq) tartib raqami, yaʼni indeksi uchun joy ajratilgan. Bayonnomalar va buyruqlarning tartib raqamlari yanvardan dekabrgacha boʻlgan tartibda olib boriladi. Joʻnatma xujjatlar, asosan xatlar uchun indeks bir nechta qismdan tarkib topadi:
• xujjatni tuzgan tuzilmaviy boʻlinmaning indeksi;
• joʻnatilayotgan xujjatning nusxasi tikiladigan yigʻma jildning roʻyxat (nomenklatura) boʻyicha raqami;
• qayd etishda qoʻyilgan tartib raqami.
Masalan: 03-08/116,
Bu yerda: 03- tuzilmaviy boʻlinmaning indeksi;
08 – yigʻma jildning nomenklatura boʻyicha raqami;
116 – xujjatni qayd etish tartib raqami.
Xujjatning kelishilganligi – tuzilgan xujjat loyixasining, uning maqsadga muvofiqligi va oʻz vaqtida tuzilganligini dastlabki baholashdir. Kelishilganlik ham tashkilotning ichida ham tashkilotdan tashqarida oʻtkazilishi mumkin. Ichki kelishish viza bilan rasmiylashtiriladi, u mansabdor shaxsning imzosi va sanadan tarkib topadi. Vizalar xujjatning chap qismida yoki imzodan pastroqda joylashtiriladi. Xujjatning tashqi kelishilganligi maʼlumotnoma, kelishish bayonnomasi yoki koʻpincha “Kelishildi” grifi bilan rasmiylashtiriladi, undan keyin xujjatning kelishuvini oʻtkazgan mansabdor shaxsning nomi koʻrsatiladi.
Xujjatlarning tasdigʻi – xujjatlarni yuridik kuchga kiritish hamda xujjatlarning mazmuni uchun tashkilotning va mansabdor shaxsning javobgarligini ifodalash iborat. Xujjatlar tasdigʻining asosiy usullari – imzo, tasdiqlash ustxati, muxr qoʻyish.
Imzo – xujjatni imzolagan shaxs lavozimining nomi, uning shaxsiy imzosi va familiyasi, ismi-sharifidan tarkib topgan majburiy rekvizit. Odatda xujjatning birinchi nusxasi imzolanadi. Yuqori tashkilotlarga yoʻnaltiriladigan xujjatlar, barcha farmoyish xujjatlar va ichki xujjatlarning eng muhimlari tashkilotning ruhbarlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi. Tuzilmaviy boʻlinmalarning rahbarlari xujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida imzolaydilar. Axborot, maʼlumotnomaviy yoki tahliliy xususiyatga ega boʻlgan bildirish xatlari, maʼlumotnomalar va boshqa xujjatlar, agar hal qilinayotgan masalalar vakolatlari doirasidan chiqmasa, ijrochi tomonidan imzolanishi mumkin. Xujjatning mazmuni uchun bir nechta shaxs javobgar boʻlgan hollarda ikki yoki bir nechta imzo qoʻyiladi (moliyaviy hujjatlar, dalolatnomalar va boshqalar).
Tasdiqlash ustxati – imzolanganidan keyin xujjatni tasdiqlashning alohida usuli boʻlib, xujjatni tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning maʼlum doirasiga nisbatan amal qilishini taqozo etadi. Xujjatlar, xujjatda bayon qilingan masalalarni hal qilish vazifasi vakolatiga kiritilgan tegishli idoralar yoki mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Odatda, xujjatlarning quyidagi turlari tasdiqlanadi: tashkilotlarning ustavlari; nizomlar; hisobot va balanslar; tuzilmaviy va shtat jadvallari; biznes rejalar; ishlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomalari, alohida bayonnomalar va boshqalar.
Xujjatning tasdiqlanishi ikki usulda amalga oshiriladi: tasdiqlash grifini qoʻyish yoki farmoyish xujjatini (buyruq, qaror) chiqarish.
Muxr. Haqiqiyligi alohida tasdiqlanishini talab qiladigan xujjatlarning yuridik kuchini oshirish maqsadida ularga muxr qoʻyiladi. Muxrlar oddiy va gerbli boʻladi. Gerbli muxrning tamgʻasi mazmuni alohida tasdiqlanishini talab qiladigan xujjatlarning asl nusxasida qoʻyiladi, bularga pul olish bilan bogʻliq boʻlgan xujjatlar (cheklar, ishonchnomalar), shartnomalar; shaxsni, mehnat stajini, malakani tasdiqlovchi xujjatlar kiradi. Gerbli muxrni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va undan foydalanish tartibi maxsus qonun xujjatlari bilan belgilab beriladi.
Oddiy muxrlar turli: dumaloq, toʻrtburchak, uchburchak, kvadrat shaklida boʻlishi mumkin. Muxrning tamgʻasi shunday qoʻyilishi kerakki, bunda u xujjatdagi asl imzoning va lavozim nomining qismi ustiga tushirilishi lozim.
Xujjat blanki – doimiy rekvizitlarga ega boʻlgan axborot saqlovchi varaqa. Blanklardan foydalanish xujjatlar bilan ishlashni yengillashtiradi, boshqaruv mehnatining saviyasini oshiradi, xujjatdagi maʼlumotning yanada tezroq anglanishiga imkon yaratadi.
Tashkiliy-farmoyish xujjatlarining blankasida xujjat turi koʻrsatiladi (masalan, buyruq, dalolatnoma va h.). Xat blankida tashkilotning yoki tuzilmaviy boʻlinmaning nomidan soʻng tashkilotning manzili, telefon raqamlari, rekvizitlari koʻrsatiladi. Tashkilotda yaratiladigan barcha xujjatlar maʼmuriy-boshqaruv appratini ishini aks ettiradi.
Maʼlumki, xujjatlar xilma-xil va miqdoran juda koʻp boʻlib, ularning maqsadi, hajmi, shakli va bir qator sifatlari ham turlichadir. Bu xususiyat va sifatlarni xar taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal ish yuritishni tashkil etib boʻlmaydi.
Farmatsevtik tashkilotlar boshqaruvidagi jarayonlar turli-tuman
xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Boshqaruv jarayonining murakkabligi serkirraliliga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qogʻozlari, xujjatlar xam xilma-xil va mikdoran juda koʻp. Xujjatlarning maqsadi, yoʻnalishi, xajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari xam turlichadir. Ushbu hujjatlarni boshlangʻich tasniflash asosida umumiy maʼmuriy hujjatlari va buxgalteriya hujjatlariga boʻlish mumkin. Mazkur mavzu maʼlumotlari orkali bevosita boshqaruv hujjatlari va ularning
tasniflanishi koʻrib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |