8-AMALIY ISH UZLUKSIZ SIGNALLARNI VAQT BO‘YICHA DISKRETLASH Nazariy qism. Analog signallarni raqamli signallarga almashtirish ko‘p hollarda bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bular qatoriga ularni uzatish, xotirada saqlash, ishlov berish kabi jarayonlar kiradi. Analog signallarni raqamliga almashtirish uni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash – kvantlangan sath qiymatlarini unga eng yaqin bo‘lgan sath qiymati bilan almashtirish va sath qiymatini belgilovchi raqamni elementar signallar orqali kodlash natijasida amalga oshiriladi.
Ammo ko‘p hollarda vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha kvantlangan signallarni raqamli signal deb atash qabul qilingan. Analog signalni raqamliga almashtirish – analog raqam almashtirish (ARA) qurilmasida amalga oshiriladi.𝑣(𝑢) funksiya orqali ifodalanadigan signal turlarini ko‘rib chiqamiz [2].Uzluksiz argument 𝑢 ning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan 𝑣(𝑢) uzluksiz signal deb ataladi. Bunda uzluksiz signal 𝑣(𝑢) ning argumenti 𝑢 uning boshlanishi 𝑢 = 0dan ushbu signalning davomiyligiga teng bo‘lgan vaqt 𝑈𝑡orasidagi hamma qiymatlarni qabul qiladi, ya’ni 𝑢 = (0, 𝑈𝑡) Uzluksiz signalni vaqt va sath bo‘yicha diskret signal 𝑣(𝑚∆𝑣; 𝑙∆𝑢) bilan almashtirib, uni kodlash asosida uzatishga asoslangan aloqa tizimi diskret yoki raqamli aloqa tizimi deb ataladi.Vaqt bo‘yicha diskretlash natijasida 𝑣(𝑢) signal ushbu signalning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari 𝑣(𝑙∆𝑢) bilan almashtiriladi, ya’ni 𝑣(𝑢) → 𝑣(𝑙∆𝑢) bo‘ladi. Vaqt bo‘yicha diskretlangan signalni uning 𝑙∆𝑢 vaqtlarda olingan oniy qiymatlari asosida qayta tiklash mumkin. Ushbu signalni qayta tiklash natijasida olingan signalni – tiklangan signal deb ataladi. Uni 𝜑(𝑢) bilan belgilaymiz. Vaqt bo‘yicha diskretlash oralig‘i shunday tanlanishi kerakki, tiklangan signal 𝜑(𝑢) birlamchi uzluksiz signal 𝑣(𝑢) dan talab etiladigan darajadan ko‘p farq qilmasligi kerak. Agar diskretlash oralig‘i ∆𝑢 kichik qilib tanlansa, davomiyligi 𝑈𝑑ga teng bo‘lgan signaldan olingan oniy qiymatlar soni ko‘p bo‘ladi, signalni qayta iklash aniqligi yuqori bo‘ladi. Aksincha, agar diskretlash oralig‘i ∆𝑢 katta qilib tanlansa, oniy qiymatlar soni kam bo‘ladi, natijada signalni qayta tiklash aniqligi ham kamayadi.
Diskretlash oralig‘i, yoki davomiyligi 𝑈𝑡 bo‘lgan signaldan ∆𝑢 vaqt oralig‘ida olingan qiymatlar sonining signalni qayta tiklashdagi aniqlikni ta’minlovchi soni 𝑁 =𝑈𝑠∆𝑢 – uning optimal soni hisoblanadi.
Ishdan maqsad:Ishda uzluksiz signallarni tajriba asosida diskretlash va qayta tiklash jarayonlarini o‘rganish maqsad qilib olingan.