Bu davrda yaratilgan badiiy asarlar tiliga xos lisoniy normalar nimalarda aks etadi?
Shuni ta’ kidlash lozimki, eski turkiy til davrida yetishib chiqqan o‘zbek xalqining yetuk ijodkorlari shakllanayotgan eski o‘zbek tilida yozish bilan birga o‘sha vaqtda o‘zbeklar so‘zlashgan tildan ma'lum darajada farq qilgan umumturkiy adabiy tilni ham rivojlantirishga hissa qo'sha olganlar. Bu adabiy tilning aniq bir adabiy yo'nalishiga, me'yorga kelishiga ahamiyat berganlar. Shuning uchun eski o‘zbek adabiy tihning shakllanishi va taraqqiy etishida eski turkiy adabiy tilning ta'siri va ahamiyati katta bo'ldi. Bu ta’sirni eski o‘zbek adabiy tilining hamma sohalarida aniq ko‘rish mumkin. Bu, avvalo, tilning lug‘ati uchun xos hodisadir. Eski turkiy adabiy til qadimgi turkiy adabiy tilning davomi bo‘lib, u uzoq davrlar voqea-hodisalarni, turli-tuman predmet, harakat va ularga xos belgi-xususiyat, mavhum tushunchalarni aniq, ravshan ifoda etuvchi katta so‘z boyligiga ega edi. Bu so‘zlarning asosiy ko‘pchiligi eski o'zbek adabiy tili, shuningdek, boshqa turkiy tillar uchun umumiy bir xilda tushunilar va qo‘llanar edi. Jumladan, qarindoshlikka, kiyim-kechak va ko‘pgina uy anjomlariga doir so‘z va atamalar, oziq-ovqat, ichimliklar, parranda va hayvonlar nomlari, jumladan, acha/eka/eza—opa (I t, 114-10; 116- 28); baldiz — boldiz, xotinining singlisi, qayinsingil (I t, 426-8), boldir og‘ul — o‘gay o‘g‘il (I t, 425-6); etik — etik, oyoq kiyimi (III t, 298-9), etukchi-etikdo‘z (II t, 54-10), bashmak-to‘pik — oyoq kiyimi (I t, 433-22, II t, 317-22); ash — osh-taom nomi (I t, 109-11), et — et, go‘sht (I t,70-22), bal — bol-asal (III t, 171-1); taqag‘u — tovuq (I t, 135-7), echku — echki (I t, 109-4), hars — qoplon (I t, 330-12), eshkak/eshyak — eshak (I t, 134-24, 37-13) kabi. Mahmud Koshg'ariy devonida turli sohalar bo‘yicha qo'llanilgan so‘z va atamalar ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan va eski o'zbek adabiy tilida ham aynan qabul etilgan. 0 ‘sha davrlarda yozilgan asarlarda artuq — ko‘p-oshuq, ezgu — yaxshi, achun/ajun — dunya, yav-yag‘bi — dushman kabi turkiy, turkiy-forsiy, turkiy-arabiy sinonimik qatorlar: ot tesa ag'iz kuymas, quruq qashuq ag'izqa yaramas, quruq suz qulaqqa yaqishmas; bir qarg'a birla qish kelmas; tag‘ tag'qa qavushmas, kishi kishige qavushur; ikki qochqar bashi bir ashichta (qozonga) pishmaz; qarg'a qaribisbin kim bilir, kishi alasin (olasini) kim topar (83) kabi maqol va hikmatlar shu kabi ixcham iboralar, badiiy-tasviriy ifoda vositalarining keng iste’molda bo'lganligi ham eski turkiy adabiy tilining lug‘at boyligi keng va sermazmun ekanligidan dalolat beradi. Bu kabi lug‘at boyligi eski o‘zbek adabiy tiliga aynan shu holda qabul etilgan. Ammo bu fikrdan eski turkiy tilning barcha lug‘at boyligi eski o‘zbek tiliga to‘liq ko'chgan (mos keladi), degan xulosa chiqmasligi kerak. Chunki eski o‘zbek adabiy tili umumturkiy adabiy til tarkibida shakllangan bo‘lsa-da, u astasekin o‘ziga xos (eski turkiy adabiy tildan farq qiladigan) leksik boyligiga ega bo‘la borgan. Eski turkiy tildagi ko‘plab so'zlar iste’moldan chiqqan, ba’zilari esa, chegaralangan holdagina qo‘llaniladigan bo‘lib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |