8-9-mavzular
8-mavzu
BBB (bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim) texnologiyasi
Bilaman :
Korrusiya-shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishidan tashqari, o’zining kimligini, e’tiqodi, ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro’sini to’kadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro’ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo’yadi;
Bilishni xohlayman:
Bilib oldim:
Korrupsiya so’zi «sotish», «sotilish» degan ma’nolarni ham anglatar ekan;
Ommaviy axborot vositalarining erkin va dadil faoliyatisiz jamiyat hayotini demokratlashtirish, odamlarni mustaqil fikrlab yashashga undash, hozirgi kunda suv va havodek zarur bo’lgan jamoatchilik nazoratini izchil yo’lga qo’yish mumkin emas;
9-mavzu
Bilaman :
Insoniyat tarixida axborot to’plash va tarqatishning dastlabki og’zaki (voizlar, jarchilar, choparlar va boshqalar) va yozma (popiruslardagi, e’lon taxtalari va hakozolardagi) namunalari nomuntazam bo’lgan;
mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O`zbekistonRespublikasining Konstitusiyasida byelgilangan ommaviy axborot vositalari erkinligi va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishihar kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligiga, hamda o’zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega ekanligi haqidagi mye’yorlarni izchillik bilan va to’laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilmoqda;
Bilishni xohlayman:
Bilib oldim:
O'zbekistonda ommaviy aхborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar
“Ommaviy aхborot vositalari to'g'risida”(2007 yil 15 yanvarь)“Ommaviy aхborot vositalari to'g'risida”(2007 yil 15 yanvarь)
“Aхborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida”(1997 yil 24 aprelь)“Aхborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida”(1997 yil 24 aprelь)
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida”(1997 yil 24 aprelь)“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida”(1997 yil 24 aprelь)
“Aхborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida”(2002 yil 12 dekabr)“Aхborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida”(2002 yil 12 dekabr)
“Noshirlik faoliyati to'g'risida”(1996 yil 30 avgust)“Noshirlik faoliyati to'g'risida”(1996 yil 30 avgust)
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”(2006 yil 20 iyulь)“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”(2006 yil 20 iyulь)
“Reklama to'g'risida”(1998 yil 25 dekabrь)“Reklama to'g'risida”(1998 yil 25 dekabrь)
“Aхborotlashtirish to'g'risida”(1993 yil 7 may)“Aхborotlashtirish to'g'risida”(1993 yil 7 may)
“Telekommunikasiyalar to'g'risida”gi”(1999 yil 20 avgust)“Telekommunikasiyalar to'g'risida”gi”(1999 yil 20 avgust)
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida” (2014yil 6 may)
Yuqorida bilishni xohlayman bo’limlarini ochiq qoldirdim. Buning sababi bu bo’limda mavzuda tushunmay qolgan joylari kiritilishi kerak deb o’yladim va berilgan mavzularda menga tushunarsiz jihat yo’qdek tuyuldi.
9-mavzu
FSMU texnologiyasida ishlash
OAB chinakam to'rtinchi hokimiyat
Fikr: Ha bu fikrni to’g’ri deb hisoblayman va OAV larning to’rtinchi hokimiyat sifatida qaralishiga qo’shilaman
Sabab: Jamiyatda, yurtda bo’layotgan ishlarning barchasi ommaviy axborot vositalari yordamida doimiy ravishda e’lon qilinib borilmoqda. Insonlarning ommaviy axborot vositalariga bo’lgan ishonchi ortib boryapti.OAV larda jonli efirlar soni ortib bormoqda. Fuqarolarning televideniya va gazetalarga murojaatlari ham oldingi yillarga nisbatan ancha oshdi.
Misol: Hozirgi kunda butun jahon bo’ylab tarqalgan koronavirus ham mamlakatimizni chetlab o’tmasdan qolmadi. Ushbu pandemiya sababli mamalakatimiz bo’ylab karantin e’lon qilindi. Mamlakatda koronavirus bilan bog’liq barcha holatlar doimiy ravishda (soatlik) yangilab borilyapti. Telegram ijtimoiy tarmog’ida koronavirus yangiliklarini xalqqa yetkazish uchun @koronavirusinfouz rasmiy sahifasi ishga tushib, barcha yangiliklar yetkazilmoqda
Umumlashtirish:O’z fikrlarimdan kelib chiqqan holda shuni aytishim mumkinki, OAV larga erkinlik berish zarur hisoblanadi. Jurnalist va blogerlar uchun so’z erkinligini berish zarur. Chunki ular mamlakatdagi va mamlakatda bo’layotgan ishlarniva rivojlanishga to’sqinlik qilayotgan illatlarni ochib berishda ulkan hissa qo’sha olishadi de o’ylayman.
Izoh: BBB va FSMU texnologiyasida avval ishlamaganligim uchun xato va kamchliklari ko’p bo’lishi mumkin.Agar iloji bo’lsa xatolarini komentariyaga yozing, ustoz! Bular uchun uzr so’rayman va keyingi ishlarimda bunday xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |