O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiya elementlari:
FK1 Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;
FK2 Lingvistik kompetensiya:
o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi; unli va undosh tovushlarni ajrata bilish
mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning metodi: tushuntirish, musobaqa, mustaqil ishlash, savol-javob, suhbat, ta’limiy o’yinlar.
Darsning tipi: aralash.
Darsning ko‘rgazmasi: unli, undosh harflar yozilgan plakat, darslik, ko’rgazmali rasmlar, tarqatmalar.
Darsning shiori: “Puxta bilim va a’lo natija!”
Do'stlaringiz bilan baham: |