"Sudlar to’g’risida" va 2001- yil 29- avgustda qabul qilingan "Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqida" gi qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. Muxtasar aytganda, O’zbekiston Respublikasida prezidentlik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |