Buxoro amirligi davlat tizimida sud hokimiyati Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar



Download 23,33 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi23,33 Kb.
#928067
Bog'liq
Buxoro amirligi davlat tizimida sud hokimiyati Tarix fakulteti 3 (1)


Aim.uz

Buxoro amirligi davlat tizimida sud hokimiyati


Tarix fakulteti 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar:

Davlat hokimiyatining ajralmas qismi sanalgan sud hokimiyatini shakllantirish borasidagi tarixiy tajribamizni har tomonlama chuqur tahlil etish, shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotimizning barcha jihatlarini o’zida aks ettiradigan hamda jahon andozasidagi mustaqil sud hokimiyatini qaror toptirish har birimizning fuqarolik burchimizdir. .


Muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov o’z asarlarida “Respublikada demokratik huquqiy jamiyat asoslari faol ravishda vujudga keltirilmoqda. Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u Qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlashi lozim”1 deya siyosatda odil sudning o’rni benihoya kattaligini ko’rsatib bergan edi.
Sharq durdonasi hisoblangan Buxoroda mang’itlar hukmronligi 1756-1920-yillarni o’z ichiga olib, Buxoro amirligi davlatchilik tarixini o’rganishda davlat tizimida sudning o’rni benihoya kattadir.
Mang’itlar hukmronligi yillarida Buxoro hamon mutlaq monarxiya davlati bo’lib amirlik boshida amir yakka hukmron edi.
Buxoroamirligidavlatchiligitarixibilanshug’ullanganolimB.I.Iskandarovamirliksuditarixigaoidasoslivaxolisma’lumotlarnidastlabkimanbalargatayanganholdakeltiribo’tadi. Xususan, uamirlikdasudishlarishariatasosidaolibborilganligini, qozilarvaal’amlarruhoniylartarkibigakirganligini, ularamirtomonidantayinlanganligivaqozilikfaoliyatiqozikalontomonidanboshqarilganligihamdasudhokimiyatinimahalliyhokimiyatdanalohidaisholibborganliginie’tirofetadi.
O’rtaOsiyodagiboshqaxonliklarsingariBuxoroamirligidahamsudtizimibirxilko’rinishgaegaedi.Amirlikda sud tizimi davlatning ma’muriy apparati qo’lida bo’lsada, fiqh ilmi ulamolarining nazorati ostida edi.Jumladan, davlatda diniy amaldorlarning sud faoliyatini nazorat qilishi, o’z navbatida, ularning davlat boshqaruvidagi ahamiyatini muayyan darajada oshirib kelgan.Buxoroda qonunlar amirning manfaatlariga xizmat qilishga moslashtirilgan edi.
Amirlikda Shohmurod (1785-1800) sa’y-harakati bilan bilan moliya, sud, ma’muriy va harbiy islohotlar o’tkazildi. Ayniqsa uning sud islohoti mamlakatda hamda ma’muriy idoralarda ma’lum tartib o’rnatdi.Amir Shohmurod davrida “Qozi askar” lavozimi joriy qilingan bo’lib, Qozi askar bevosita qozilik mahkamasiga bo’ysunuvchi, harbiy xizmatchilar tomonidan xizmatda, jang davomida yoki boshqa yurishlarda sodir etilgan harbiy jinoyatlarni ko’rib hal etuvchi qozi sanalgan.Amir Shohmurod tomonidan o’tkazilgan sud-huquq islohotlari o’z navbatida mamlakatda sud ishlarini yuritishda nohaqliklarga chek qo’yilishiga, qozilar tomonidan muayyan darajada odillik, adolat va insonparvarlik bilan sud ishlarini amalaga oshirishga imkon yaratgan.Savdogarlar va hunarmandlarning mol-mulkiga feodallar tomonidan qilinadigan tajovuzga kafolatlar berdi.
Buxoro amirligi sud tizimida alohida ahamiyatga ega bo’lgan.Hamma sudlar tepasida oliy sudya-qozikalon turgan. Qozikalon amir tomonidan tayinlangan va u davlatdagi qolgan sudyalarning boshlig’i hisoblangan. Bu sudyalar ham amir tomonidan tayinlanar edi.Shuningdek, fiqh ilmi ulamolari qonun va shariat huquqiy normalari himoyachisi, qonunlar sharhlovchisi sifatida obro’-e’tibor topganlar. Sudyalar mol-mulk bitimi, meros bo’lish va boshqa hujjatlarga muhr bosib notarial ishlarni ham bajarganlar. Ular vaqf mulklari ustidan nazorat qilganlar va kambag’al va huquqsiz kishilarning ustidan hukm chiqarish huquqiga ega bo’lganlar. Bundan tashqari, ular mahalliy hokimlarning xatti-harakati to’g’isida amirga ma’lumot yetkazishlari shart bo’lgan.Va aksincha, sudyalarning xatti-harakatlarini kuzatib boorish uchun ayg’oqchilar qo’yilgan. Sudyalar amirdan ta’minot olmagan. Balki turli-tuman huquqiy ishlarni bajargani uchun olgan puli hisobiga yashagan. Bunday pul soliqlarining qancha bo’lishi sudlanuvchi tomonlarning kelishishi bilan, ko’pincha qozilarning o’zboshimchaligi bilan belgilangan.Odatda qozilarning hukmi qat’iy hisoblangan.Qozi o’zi hal qila olmagan ishlarini Buxoro shahrining ilohiyot bilimdonlari-shayxulislomlarga yuborishi mumkin edi.
Sudya o’lim jazosiga hukm qilish uchun amirdan ruxsat so’rashi kerak bo’lgan.Jinoiy ishlarni ko’rishda Buxoroning sudi boshqa musulmon mamalakatlarining sudidan qattiqqo’lligi bilan ajralib turgan. O’g’rilik vashunga o’xshash ishlarni qilgan kishilar minoradan uloqtirilgan. Ba’zi og’ir jazolari tufayli zindonga yoki kanaxonaga tashlash odati mavjud edi.
Sud qilish ishida amir tomonidan va qonunshunoslar ichidan saylangan muftilar muhim rol o’ynagan. Ularning vazifasi fatvo berishdan va rivoyatlar to’qishdan, ya’ni asoslangan huquqiy xulosalar chiqarishdan iborat edi.2
Sud tizimi mehnat taqsimotida qattiq tartib o’rnatilgan bo’lib, unga ko’ra qozilik idorasida faoliyat yurituvchi har bir mansabdor shaxs faqat o’ziga tegishli vakolatni amalga oshirgan. Davlatda sud sohasi muayyan bir tizimga amal qilishiga qaramasdan, O’rta asr G’arb mamlakatlari kabi sudlar diniy va dunyoviy sudlarga bo’linmagan edi. Buxoro amirligida sud tizimi Xiva va Qo’qon xonliklariga qaraganda muayyan darjada takomillashgan edi. Xususan, Xiva xonligida sud tizimi oddiy ko’rinishga ega bo’lib ko’pgina ishlar to’g’ridan-to’g’ri xon qabuliga kelib tushar, ma’lum bir ishni ko’rib hal qilish xon va uning yaqinlari ixtiyoriga bog’liq edi.
Buxoro amirligida qozilikka quyidagi asosiy talablar qo’yilgan: musulmon erkak kishi bo’lmoqligi, erkin, voyaga yetgan, oilali, jismoniy kamchiligi mavjud bo’lmagan, fiqh ilmini mukammal bilishi, hayotiy tajribaga ega bo’lgan, arab tilini biladigan hamda badnom fuqaro bo’lmasligi kabilar. Zarurat tug’ilganda qozi qozilik talablariga javob beradigan fuqarolardan bir yoki bir necha o’rinbosarlarni tayinlar edi.Ayollar qozilik lavozimiga tayinlanmagan.Sudlov masalalari Imomi A’zam huquq maktabi ta’limoti asosida olib boriladigan shariat ko’rsatmasiga binoan olib borilgan.Ayrim muammoli ishlarni ko’rib chiqishda mahalliy qozi yuqori turuvchi qozidan faqatgina maslahat olish maqsadida murojaat etgan.
Qozi muayyan bir ish bo’yicha jarima, qamoq va kaltaklash kabi jazolarni tayinlash huquqiga ega bo’lib, og’ir jinoyatlarni (odam o’ldirish, bosqinchilik, talonchilik) sodir etgan shaxslarga nisbatan o’lim jazosini hal qilish yoki avf etish masalasi bevosita amir tomonidan hal qilingan. O’lim jazosiga hukm etish haqidagi hukm qozi tomonidan tuzilsada, amir uni faqat tasdiqlagan yoki rad etgan.
Odatda qozilar sud majlislarini masjidlarda olib borsalarda, ko’p hollarda ularga o’z uylarida ishlarni ko’rib chiqib, tahlil qilish va muzokaralar olib borishga yo’l qo’yilgan. Qozilik sudlarida sud jarayonini tashkil etishning aniq bir shakli mavjud emas edi va shunga ko’ra ma’lum bir shaklda sud jarayonini o’tkazish talab qilinmagan. Sud ishlari fuqarolik yoki jinoiy ishlarga bo’linmagan.Barcha turdagi ishlar jabrlanuvchi murojaati bilan boshlangan.Ariza yoki da’vo davogarning maxsus ishonchli vakili tomonidan topshirilishi hamda sud jarayonida uning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin bo’lgan.Sud jarayonida barcha turdagi ishlar tortishuvlik tamoyili asosida amalga oshirilgan.Agar muayyan bir ish bo’yicha qozi jinoyat belgilarini aniqlagudek bo’lsa, ayblovchi jinoiy ayblarni taqdim etmaguncha jinoiy ishni qo’zg’atmagan.
Buxoro amirligida quyidagilar isbot qilishning asosiy shakllari hisoblangan: 1)aybini tan olish, 2)guvohning ko’rsatmalari 3)qasam ichish 4)yozma dalillar. Bir erkak kishining o’rniga ikki ayol guvoh bo’lishi talab qilingan.Javobgarda guvohning huquqiy layoqatsizligi motivini inobatga olib, uni rad etish huquqi mavjud bo’lgan.Agar sud jarayonida guvohlar o’rtasida, ayniqsa ularning ko’rsatmalarning mazmunida turli xil qarashlar yuzaga kelsa, ularning barchasi yolg’on guvohlik bergani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Agar sud jarayonida ishtirokchilar o’zga shaxs huquqini yoxud ma’lum holatlarni tan olmasalar uni isbotlash maqsadida qasam ichish qo’llanilgan.
Amirlikning yirik mutafakkirlaridan biri bo’lgan Ahmad Donish sud ishlari haqida shunday so’zlarni keltirib o’tgan: “Qalam ahllarining eng yuqori mansablari qozilik va raislikdir. Zamonga qaralsa, bu ikki o’rinda ham adolat bilan ish olib borish mumkin emasdir.Chunki har joyda qalam ahli mansablariga siyosiy mansabdorlar hukmrondirlar. Shariat ishlari shularning xohishlariga qarab yurgizilgach, zulm va xiyonatsiz bo’lish hech mumkin emasdir. Bunday mansablarga o’tirgan qalam ahli hukumat arboblariga, boylarga, chaqimchi va josuslarga xushomad qilmasalar, jon saqlay olmaydilar. Shariat hukmini yurgizishda, fatvo chiqarishda sultonning xotiriga qarab ish qilmaslikning iloji yo’qdir. Demak, qozi va raislar birinchi qadamlaridayoq shariatni buzadilar, yetimlar moliga xiyonat qiladilar. Bularning butun qilgan ishlari harom-xarijdan hech qachon xoli bo’lolmaydi.3

Buxoro amirligi sud tizimini tahlil qilish orqali uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin: birinchidan, amirlikda sud hokimiyati faoliyatiga mahalliy yoki boshqa idoralar aralasha olmagan; ikkinchidan, ishlar kollegiallik asosida ochiq ravishda ko’rib chiqilgan; uchinchidan, sudlovlilik va sudlovga taaluqlilik masalasi aniq qilib belgilangan; to’rtinchidan, amirlikda muayyan bir ishni ko’rib hal etishda fiqh ilmi ulamolari va muftiylar qaroriga tayanilgan; beshinchidan, hukm yoki qarordan norozi bo’lgan taraf kassatsiya tartibida qozilik mahkamasiga yoxud amirga murojaat etish huquqiga ega bo’lgan; oltinchidan, harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar alohida qozilar, ya’ni qozi askarlar tomonidan ko’rib chiqilgan.


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Buxoro amirligi davlat tizimida sud hokimiyati unchalik ko’p tadqiq qilinmagan bo’lib, kam o’rganilgan tadqiqotlar qatoriga kiradi. Qolaversa, 1991-yil 31-avgustda erishgan tom ma’nodagi mustaqilligimiz sharoitida amalga osha boshlagan olamshumul tarixiy o’zgarishlar, g’oyaviy hurfikrlik, siyosiy tazyiqlarning batamom barham topishi yurtimiz tarixini o‘rganish, uning sudlov ishlarini qay tarzda amalga oshirilganligini xolisona yoritish uchun katta imkoniyatlar yaratadi

1 Karimov I.O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.T.1 T.: “O’zbekiston”, 1996, 37-bet

2J.Barakayev, Y.Haydarov Buxoro tarixi (eng qadimgi davrlardan ulug’ oktabr inqilobigacha). T.: “O’qituvchi”, 1991, 98-bet

3A.Donish. Navodir ul vaqoye. T.: “Fan”, 1964, 361-bet

Download 23,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish