Gruntning foydalaniladigan qatlamida tuzlarning o’rtacha miqdori, shыrlangandagi massasi bo’yicha % hisobida
|
Yo’l qurilishida quyidagilarni ko’tarishda ishlatilishi mumkinligi
|
хloridli va sulfat-хloridli
|
sulfatli, хlorid-sulfatli va sodali
|
Yo’l poyi
|
Bog’lovchilar bilan mustahkamlangan gruntdan asoslar
|
Kuchsiz sho’rlangan
|
0,3.. .1
(0,5…2)
|
0,3...0,5
(0,5-1)
| Yaroqli |
O’rtacha sho’rlangan
|
. .5
(2-5)
|
0,5...2
(1-3)
|
Yaroqli
|
Yaroqli, biroq cheklangan
|
Kuchli shыrlangan
|
5. . .8
(5. . .10)
|
2...5
(3. . .8)
|
Yaroqli, biroq
cheklangan
|
Yaroqsiz
|
Ortiqcha sho’rlangan
|
>8
(>10)
|
>5
(>8)
|
Maхsus tadbirlar bilan ularning salbiy хossalari neytrallashtiril-
ganidagina yaroqli
|
Yaroqsiz
|
Sho’rlangan gruntlar uchun ko’ndalang profillar keltirilgan. I…III toifali yo’llarda yon rezervlardan 2 m balandikkacha ko’tariladigan ko’tarmalar yonbag’irlarining tikligi 1:2 qilib belgilanadi. Balandlik katta bo’lganida 1:1,5 li yonbag’irlar, o’rtacha va kuchli sho’rlangan gruntlarda 1:2 li yonbag’irlar qabul qilinadi.
1-rasm. Sho’rhok gruntlardagi yo’l poyining ko’ndalang profillari:
a-bir tomonida rezerv joylashgan ko’tarma; b-rezervli va bo’ylama novli ko’t arma; v-bermali va chuqur-rezervli ko’tarma; 1-ajratilgan joy polosasi; 2-rezerv; 3-yo’l poyining yon tomonini mustahkamlash.
Shoʻrlanish
Shoʻrlanish, tuproq shoʻrlanishi — suvda eriydigan mineral tuzlarning tuproqsa toʻplanish jarayoni. Shoʻrlanish asosan, choʻl va chala choʻllardagi pasttekisliklar hamda yer osti suvlari oqib chiqmaydigan botiklarga xos Shoʻrlanish birlamchi va ikkilamchi boʻlishi mumkin. Birlamchi Shoʻrlanish — shoʻr (minerallashgan) sizot suvlarining bugʻlanishi, grunt hosil qiluvchi ona jinslar tarkibidagi tuzlarning erishi yoki suv havzalari atrofidagi tuzli toʻzonlarning shamol taʼsirida uchishi (eolomil), oʻsimliklar vositasida tuzlarning biologik toʻplanishi.
Ikkilamchi shoʻr tuproqda suv rejimining buzilishi, yaʼni notoʻgʻri sugʻorish natijasida birlamchi shahrida yuz bergan joylarda sodir
boʻladi. Ikkilamchi shahrining mavsumiy, dogʻli va yoppasiga yuz berishi mumkin boʻlgan xillari bor. Mavsumiy Sh. tuzning
tuproqda qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida toʻplanishi. Bu, asosan, yoz oylarida sugʻorish natijasida
sathi koʻtarilgan grunt suvlari bugʻlanishining kuchayishi tufayli yuzMavsumiy shahriga qarshi tuproqda kuzgiqishki shoʻr yuvish ishlari oʻtkaziladi. Dogʻli shoʻrlanish maydondagi yaxshi yuvilmay qolgan va grunt suvlari kuchli bugʻlanadigan joylarda sodir boʻladi.
Xlorid va sulfat kislota tuzlarining miqdori gruntda 0,1% boʻlgandayoq oʻsimlik zaharlana boshlaydi, 0,3%—0,5% ga yetganda nobud boʻladi.
Xlorid kislotaning barcha tuzlari:
osh tuzi (Na2CO3), magniy xlorid (MgC12) va kaltsiy xlorid (CaC12) oʻta zaharli. Xlorid kislota tuzlarining xavfli taʼsiri yana
shundaki, ular oʻsimlik toʻqimalari devorini yemiradi va natijada oʻsimlik organizmida kechayotgan butun fiziologik jarayonlar buziladi, oʻsimlik nobud boʻladi. Bu tuzlar tuproq eritmasining osmotik bosimini oshirib, fiziologik "quruqtik"ni vujudga keltiradi,
Shoʻrlangan gruntlar - tarkibida suvda oson eriydigan zararli tuzlar 0,1% yoki suvdagi quruq qoldiq miqdori 0,25% (0,3%) dan koʻp boʻlgan gruntlar kiradi. Shoʻrlangan gruntlar, asosan, quruq iqlimli mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Xitoy, AQSH, Oʻrta Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va boshqalar)da kata-katta maydonlarda, shuningdek, shoʻrlanmagan gruntlar orasida esa, kichikroq massivlarda dogʻ koʻrinishida tarqalgan.
Oʻrta Osiyo, Janubiy Qozogʻistondagi sugʻoriladigan maydonlarning yarmidan ortigʻi, oʻzlashtiriladigan yerlarning 75— 80%ga yaqini turli darajada shoʻrlangan.
Gruntlarning shoʻrlanganlik darajasi zararli tuzlarning umumiy miqdoriga koʻra (gips, miqdori olib tashlangan holda) belgilanadi. Shu belgiga asosan, Shoʻrlangan gruntlar kuchsiz (zararli tuzlar miqdori 0,1—0,2%), oʻrtacha (0,2—0,4%), kuchli (0,4—0,8%), juda kuchli shoʻrlangan (shoʻrxoklar; 0,8% dan koʻp) xillarga boʻlinadi.
Tabiiy shoʻrlangan tuproqlar kimyoviy tarkibi (shoʻrlanish turi)ga koʻra xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali, xloridsodali, sodali, sulfat yoki xloridgidrokarbonatli (ishqoriy r elementlari) shoʻrlangan yerlarga boʻlinadi.
Sho‘rlangan gruntlarda rezervli ko‘ndalang profillarsiz sizot suvlari 1m.dan ortiq chuqurlikda yotganda bo‘ladi. Rezervdan suvni chetlatish qiyin bo‘lganida ko‘tarma etagidan 1....2 m berm qoldiriladi.
I-III toifali yo‘llarda yon rezervlardan 2 m balandlikkacha bo‘lgan ko‘tarmalar yon bag‘irlari tikligi 1:2 bo‘ladi.
Balandlik katta bo‘lganida 1:1.5 li yon bag‘irlar, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan gruntlarda 1:2 li yonbag‘irlar loyihalanadi.
Shoʻrxoklar — yuqori qatlamida 1% dan koʻproq suvda oson eriydigan tuzlar (xlorid, sulfat, karbonat va boshqalar) koʻp boʻlgan tuproq tiplari guruhi. Shoʻrxok grunt Markaziy Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shim. Amerika, Kaspiyboʻyi pasttekisliklari, Shim. Krim va Oʻrta Osiyo choʻl zonasida va och tusli boʻz tuproqlar mintaqasida tarqalgan. Dasht, choʻl, chala choʻllarning terlaydigan suv rejimi va quruq iqlim sharoitida minerallashgan grunt suvlarining bugʻlanishi va tuproqlarning shoʻrlanishi natijasida shakllanadi. shahrida tibiiy holda faqat galofitlar (shoʻrsevar oʻsimliklar) oʻsadi.
Sh. 2 tipga ajratiladi: avtomorf Sh. — yuqori gorizontda tarkibida (0,5—1%) yengil eriydigan tuzlar (xloridlar, sulfatlar) boʻlgan shoʻrlangan ona jinsning yuqoriga chiqishi va g i d romorf Sh. — tuproqgrunt suvlari tarkibidagi (6—8% va undan yuqori) tuzlarning suv bilan birga kapillyarlar orqali yuqoriga koʻtarilib, toʻplanishi. Oson eruvchi tuzlar tarkibiga koʻra, shahrining xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali va sodali, kationlar tarkibiga bogʻliq holda natriyli, magniynatriyli, kaltsiynatriyli, magniyli va kaltsiyli xillari farqlanadi.
Birlamchi va ikkilamchi shoʻrlangan Sh. farqlanadi. Birlamchi shoʻrlangan Sh. tabiiy boʻlib, dengiz, koʻl qirgʻoqlari, daryo vohalari va quyilish joylari, shuningdek, shoʻrlangan jinslar chiqib qolgan yerlarda rivojlanadi, ikkilamchi shoʻrlangan Sh. esa notoʻgʻri sugʻorish natijasida paydo boʻladi. shahrini oʻzlashtirishda grunt suvlar sathi drenajlar yordamida pasaytiriladi va tuproqdagi tuzlar yuviladi
Shoʻr yerlar melioratsiyasi - tuproqning oʻsimlik ildizi tarqaladigan qatlamidan qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili va sifatini pasaytiruvchi suvda eriydigan ortiqcha zararli (zaharli) tuzlarni chiqarib tashlash jarayoni. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida Shoʻr yerlar melioratsiyasim. juda katta xoʻjalik ahamiyatiga ega, chunki qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan yerlarning qariyb 60—65% u yoki bu darajada shoʻrlangan (faqat Oʻzbekistonning oʻzida turli darajada shoʻrlangan yerlar maydoni 2,4 mln.ga dan (66,7%) ortiq). Shoʻr yerlar melioratsiyasim. gidrotexnik melioratsiya vaagrotexnika tadbirlari majmui orqali amalga oshiriladi.
Meliorativ tadbirlar majmui shoʻr yuvishda suvni juda kam sarflagan holda tuproqdagi oʻsimlik uchun zarur oziq moddalar va ularning rivojlanishi uchun qulay tuproq suvfizik xossalarini saqlashda eng yuqori samarani taʼminlashi kerak. Tuproqdan namning bugʻlanish miqdorini tartibga soluvchi samarali drenaj, ratsional sugʻorish rejimi vagrotexnikani qoʻllash qayta shoʻrlanish imkonini keskin pasaytiradi. Shoʻr yerlar melioratsiyasim.da sugʻoriladigan uchastkalar va yer massivlari boʻylab ihota oʻrmon mintaqalari tashkil etish, tuproqning shoʻrlanish darajasiga koʻra kapital va profilaktik shoʻr yuvishning optimal muddatlari hamda normalarini toʻgʻri belgilash muhim ahamiyatga ega.
Gidromorf va oraliq tipdagi tuproqlarda shoʻri yuvilgan yerlarning qayta shoʻrlanishini bartaraf etish uchun suv berish rejimini belgilashda tuz profili, aeratsiya zonasidagi tuproqgrunt tuzilishi, grunt suvlari rejimi, ularning chuqurligi va minerallashish darajasi hisobga olinadi. Shunga muvofiq gidromodul boʻyicha rayonlashtirish uslubi, sugorish usullari va suv berish texnikasi takomillashtiriladi. Shoʻrxok yoki shoʻrlanishga moyil tuproklarda kimyoviy melioratsiya (ohaklash, gipslash, kislota eritmalaridan foydalanish) bilan qoʻshib olib boriladigan maxsus shoʻr yuvish texnologiyasi koʻllanilad
Yer shoʻrini yuvish
Yer shoʻrini yuvish, shoʻr yuvish, shoʻrlangan tuproqlarni yuvish— tuproqdagi oʻsimlik uchun zararli tuzlarni eritib, tuproq-grunt Oʻzbekiston Respublikasi yer fondining toifalar boʻyicha taqsimoti (2001 y. 1 yanvar, ming ga)ning yuqori qatlamlaridan quyiga va soʻng shoʻri yuviladigan maydon tashqarisiga chiqarib yuborish; melioratsiya tadbirlaridan biri. Oʻzbekistoida shoʻr va shoʻrlanishga duchor boʻlgan yerlarni suv bilan yuvib oʻzlashtirishni birinchi marta A. Middendorf, keyinchalik V. V. Dokuchayev, M.M. Bushuyev, N. A. Dimo na-zariy asoslab berdilar.Shoʻri yuviladigan maydon yuzasiga berilgan suvda tuproq zarrachalaridagi tuz kristallari eriydi.
Hosil boʻlgan eritmani shimilishda davom etayotgan suv oʻz harakati bilan tuproqning pastki qatlamlariga olib tushadi va shunday qilib, tuproqning oʻsimlik ildizi tarqaladigan qismi zararli tuzlardan tozalanadi. Yer shoʻrini yuvish yu. kapital (yerlarni oʻzlashtirish davrida oʻtkaziladi) va eksplua-tatsion yoki profilaktik (joriy) turlarga boʻlinadi. Kapital shoʻr yuvishda aeratsiya zonasidagi tuproqgrunt qatlamini kerakli chuqurlikda (2,5—3,0 m) va grunt suvlarning 3–4 m dan kam boʻlmagan yuqori qatlamini shoʻrsizlantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Asosan qadimdan sugʻoriladigan zonalardagi juda shoʻrlangan partov (qoʻriq va boʻz uchastkalarni yoki yangi sugʻoriladigan maydonlardagi shu kabi shoʻrlangan) yerlarni oʻzlashtirishda qoʻllaniladi. Oʻzlashtirish suvi katta normalar bilan oʻtkaziladi (10—25 ming m³/ga). Kuchli shoʻrlangan, mexanik tarkibi ogʻir, vertikal suv ayirboshlashni qiyinlashtiradigan, qatlamli tuzilishga ega boʻlgan tuproqlarni oʻzlashtirish kuzqish yoki erta bahorda 2—3 mavsumga choʻzilishi mumkin.
Bir mavsumning oʻzida katta shoʻr yuvish normasi (5—10 ming m³/ga). 5—12 sutkalik oraliq bilan, ilgari taxminan 20 sm qalinlikda berilgan suv toʻliq shimilganidan keyin 2,5 — 3,0 ming m³/ga miqdorda boʻlib-boʻlib yoki egatlar boʻylab uzluksiz oqizib beriladi. Baʼ-zan Yer shoʻrini yuvish yu.da tuproqning filtratsiya xususiyatiga qarab bir-biridan 15–25 m uzoqlikda, chuq. 1,2—1,8 m boʻlgan zovur-suv quyigichlar ochiladi. Suv berish 1,5–2 m qalinlikdagi tuproq-grunt qatlami toʻla chuchuklanguniga qadar davom ettiriladi Kapital shoʻr yuvish turlaridan biri sholi ekib shoʻr yuvishdir. Umumiy 20—30 ming m³/ga normada kapital shoʻr yuvish tuproq-gruntning suv-fizik xossalariga va hududning drenaj qilinganligiga qarab 3—4 oy vaqt kerak boʻladi.
Ekspluatatsion yoki profilaktik (joriy) Yer shoʻrini yuvish yu. dalalar ekindan boʻshagan davrda amalga oshiriladi va tuproq-gruntning yuqori qatlamini mavsum davomida toʻplangan tuzlardan tozalash uchun oʻtkaziladi. Shunday shoʻr yuvishlarni bir necha yil davomida uzluksiz oʻtkazish natijasida tuproqni shoʻrsizlantirishta erishiladi. Bunday usul kapital shoʻr yuvishga nisbatan yerlarni q.x. oborotidan chiqarish, qoʻshimcha drenaj qilish va sugʻorish tarmogʻini kuchaytirish yoki qayta qurishni talab qilmaydi. Ayrim hollarda joriy shoʻr yuvishni tuproqda nam jamgʻarish uchun oʻtkaziladigan suv berish — yaxob ham bajaradi.
Su-gʻorma dehqonchilik zonalarida eksp-luatatsion shoʻr yuvish kuzqish faslida 3—4, ayrim yerlarda esa 6—8 ming m³/ga umumiy normada, 6—8 kun oralatib, 2—3 marta suv berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Atmosfera yogʻinlari koʻp (250 mm) yerlarda profilaktik shoʻr yuvishni kuzqish davrida oʻtkazish maqsadiga muvofiqdir. Yogʻinlar kam tushadigan mintaqalar (Xorazm, Qoraqalpogʻiston)da yerlarni kuzda (noyab.) 2—3 marta va albatta ekish oldidan qoʻshimcha (fev.—mart) yuvish tavsiya etiladi. Kam shoʻrlangan va mexanik tarkibi yengil tuproqlarda faqat ba-horgi yuvish bilan cheklanish mumkin. Bunday suv ayni vaqtda yaxob vazifasini ham bajaradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Qanday gruntlar sho`rlangan hisoblanadi?
2. Sho`rlangan gruntlarni yo`l poyida ishlatiladimi?
3. Sho’rlangan gruntlar uchun ko’ndalang profillar o`ziga xosligi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |