E.Eriksonning konsepsiyasi shaxs hayotiy yo‘lining epigenetik konsepsiyasi
deb nomlanadi
.
E.Eriksonning maqsadi — psixologik hayoti inqirozlarni bartaraf etish uchun
genetik imkoniyatlarni aniqlaydi.
Agar Z.Freyd o‗z ishlarini patologik
rivojlanish etiologiyasiga bag‗ishlagan bo‗lsa, unda E.Erikson asosiy e‘tiborni
psixoanalitik nazariyaga yangi yo‗nalish bergancha psixologik inqirozlarni
muvaffaqiyatli hal qilish shartlarini o‗rganishga jamladi.
Ma‘lumki, epigenetik tamoyil embrional rivojlanishni olganishda foydalaniladi.
Shu tamoyilga ko‗ra barcha o‗sayotgan narsa umumiy rejaga ega. Bu umumiy
rejadan kelib chiqqancha, alohida qismlar rivojlanadi. Shu bilan birgalikda,
ularning har biri imtiyozli rivojlanish uchun birmuncha yoqimli davrga ega. Barcha
qism rivojlanib, funksional yaxlitlikni shakllantirmaguncha shunday davom etadi.
Biologiyada epigenetik konsepsiyalar yangi shakl va tuzilmalarning yuzaga
kelishida tashqi omillarning rolini ta‘kidlaydi.
E.Erikson nuqtayi nazari bilan
bosqichlarning izchilligi - biologik yetilish natijasi, biroq rivojlanish mazmuni
inson mansub bo‘lgan jamiyat undan nimani kutishi bilan belgilanadi
.
E.Erikson bo‘yicha har qanday odam, u qanday madaniyatga mansub
bo’lmasin, bu barcha bosqichlarni o‘tashi mumkin, hammasi uning hayoti
qanday davomlilikka ega ekani bilan bogliq.
Amalga oshirilgan ishlarni
baholagancha E.Erikson uni davrlarga bo‘lishni shaxs nazariyasi sifatida ko‘rib
chiqib bo‘lmaydi. Uning fikriga ko‘ra bu faqat bunday nazariya yaratishga kalit,
xolos. Shaxs rivojlanishi bosqichlarining ketma-ketligini kolsatadi, biroq uning
shaxsiy so‗zlari bo‗yicha u tezlik va jadallikda variatsiya uchun bo‗shliq qoldiradi.
«Epigenetik diagramma bir-biriga bogliq bolgan bosqichlar tizimini sanab oladi va
garchi individual bosqichlar kam yoki ko‗p izchillik bilan tadqiq etilgan yoxud
kam yoki ko‗proq munosib tarzda nomlangan bo‗lsa-da, bizning diagrammamiz
tadqiqotchiga ularni o£rganish qachonki bosqichlarning bor tizimini yaxlit holda
inobatga olganda maqsadga erishtirishini aytib beradi... Diagramma uning barcha
bo‗sh kvadratlarini fikrlashga undaydi». Shunday qilib, E.Erikson so‗zlariga ko‗ra
«epigenez sxemasi metodologiya va frazeologiya qismlarini kelgusida o‗rganish
uchun ochiq qoldirgancha tafakkur va mulohaza qilishning global shaklini nazarda
tutadi». E.Erikson konsepsiyasining bayonini uning suyukli faylasufi
Kerkegorning: «Hayot teskari tartibda tushunilishi mumkin, biroq uni boshidan
yashash kerak», — degan so‗zlari bilan yakunlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |