Hikmat odobi poklik va toʻgʻri yoʻlga yetaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va obroʻga yetkazadi. Har ikkisi ham ulugʻ fazilat boʻlib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
Odob rahbarni aql va axloq egasi boʻlishga, vijdonli, or-nomusli, sof koʻngilli, subutli boʻlishga daʻvat etadi.
Iymon arabcha soʻz boʻlib, lugʻaviy maʻnosi - ishonch. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:
eʻtiqodli, yaʻni oʻz fikr va qarashlariga mahqam, sobitqadamlik bilan ishonish va oʻzgalarni ham oʻzidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. Eʻtiqod jurʻatni, mardlikni, fidoyilikni taqozo qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |